Farididdin Attorning "Ilohiynoma"



Download 0,93 Mb.
bet1/9
Sana29.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#616096
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Farididdin Attorning Ilohiynoma


Mustaqil ish
Fan nomi: Tasavvuf va badiiy ijod

Mavzu: Farididdin Attorning “Ilohiynoma” asarida Ruh va sittai quvva (olti asos) talqini.


Bajardi: 9-1 UZBS-18 guruh talabasi
Bozorova Gulnoza
Tekshiradi: ____________________
____________________


2021-yil
Mavzu: Farididdin Attorning “Ilohiynoma” asarida Ruh va sittai quvva (olti asos) talqini.

Reja:


  1. Farididdin Attorning hayoti

  2. Farididdin Attorning asarlari

  3. Farididdin Attor dunyoqarashining asosiy yo‘nalishi

  4. Shayx San’on” qissasi va pir – muridlik mezoni

  5. Farididdin Attor va tariqat

  6. Farididdin Attorning ma’rifat va haqiqat haqida qarashlari

  7. Farididdin Attorning olam va inson haqidagi

qarashlari

  1. Farididdin Attor g‘oyalari va asarlarining keyingi

davrlardagi ta’siri

Xulosa
Foydalanilgan internet resursi

FARIDIDDIN ATTORNING HAYOTI

Attor Nishopurda butun ixlosi bilan har tomonlama ilm tahsil qiladi. Bu davrda butkul musulmon Sharqida tasavvuf ta’limoti ilg‘or g‘oya sifatida shiddatli to‘lqinga aylangandi. Jumladan, Attor yashagan hudud tasavvuf ta’limotining eng qizg‘in markazlari biri hisoblanardi. Madrasalardagi ta’lim-tarbiyaning muhim halqasini tasavvuf ta’limoti nazariyasi va falsafiy tamoyillari tashkil etardi. Shu bois, Attor yoshligidanoq tasavvuf ta’limoti ruhida tarbiyalangan hamda o‘zi ham bu ta’limotga o‘zgacha bir ma’naviy ishtiyoq bilan yondashgan. Bu haqda Attorning o‘zi shunday deb yozadi:

“Bolalik ayyomidan o‘shal toifag‘a (ya’ni tasavvuf ahlig‘a) muhabbatim shu qadar kuchli va jo‘shqin ediki, u toifaning chiroyli so‘zlari meni o‘ziga tortar, dilimda bu so‘zlardan shodliq jilvalanar edi, u so‘zlar qanchalik ulug‘vor, pardalangan bo‘lmasin, ularni tanib oladigan bo‘lgandim”.

Attor Nishopurdagi ilm tahsil qilish va o‘z-o‘zini tarbiyalash bosqichlarini ma’lum darajaga yetkazgandan keyin haj qilish uchun Makkai mukarrammaga safarga chiqadi. U haj ishlarini ado qilib bo‘lgandan keyin Misr, Shom (Suriya), Hindiston singari mamlakatlarda talay mashhur shayxlar bilan uchrashib, ularning suhbat va ta’limlaridan bahramand bo‘ladi. Ilgari olamdan o‘tgan avliyo-anbiyo hamda shayxul-mashoyixlarning muqaddas ziyoratgohlarini va ular yashagan maskanlarni ziyorat qiladi, ular haqidagi tarix va rivoyatlarni, hikoyat hamda o‘gitlarni ixlos bilan o‘rganadi. Ular haqida yozilgan asarlarni izlab topib mutolaa qiladi. Attor haqidagi izlanishlarda, Attorning ana shunday mashhur kishilar haqidagi mingga yaqin kitoblarni mutolaa qilganligi manbalarda aytilgan. Farididdin Attor “Tazkirat-ul-avliyo” asarida yozganidek: “Avliyolarga mehr-muhabbatimiz, ularning kamoli va jamoliga, shuningdek, ularning borliq ish-harakatlariga bo‘lgan hurmat-ehtiromlarimiz natijasidir. Ushbu sadoqat qalbimizga Olloh solgan muhabbatning nuri kabi porloqdir. U buyuk zotlarga bo‘lgan ta’zimimizni ifodalaydi. Olloh taoloning muborak nomlarini har zamon tildan tushirmaydigan aziz-avliyolar ma’rifatidan bahramand bo‘lgan, har qancha va har qanday holatda Ollohni unutmay, yod etgan kishilar uchun avliyolar hayoti namunadir”. Darvoqe, Attor aziz-avliyolarning ma’rifatidan chinakam ixlos ila bahramand bo‘lgan kishilarning biri edi.
Attor uzoq safardan yanada kamolot kasb etib keldi. Bu jarayonda u tariqat ta’limotining peshvosiga, ilohiy ma’rifat g‘oyasini jo‘shqin joziba bilan kuylaydigan yetuk shoirga aylanadi. Natijada o‘z maslagiga sobit va sodiq shoir bilan xalq orasida “Farididdin” – ya’ni dinning yagonasi, “Shayx” degan sharafli, faxrli nomlarga sazovor bo‘lib, Muhammad Farididdin ibn Ibrohim shayx Attor Nishopuriy degan nom bilan shuhrat qozonadi. Shu sababdan Attorning keyingi davrlardagi davomchilaridan bo‘lgan Mavlono Abdurahmon Jomiy: “Uning masnaviylari va g‘azallarida tavhid asrori, ruh zavqi bilan vujud haqiqati shu qadar ko‘p ifodalanganki, bu toifaning hech birining so‘zinda topilmaydur”, deb ta’riflasa, Alisher Navoiy “Mahbub-ul-qulub” (“Ko‘ngillarning sevgani”) nomli asarida uni: “Ilohiy ma’rifat xazinasining javohirlari bilan boyitgan va xalq ta’rifiga ehtiyoj sezmagan”, “she’r yozishdan maqsadi ilohiy sirlarni bayon qilish va cheksiz ma’rifat tarqatish” bo‘lgan sharafli zotlar qatorida tilga oladi. Davlatshoh Samarqandiy Attorni “Sulton – ul-orifin” (“Oriflar sultoni”) deb ataydi, hamda: “U shariat ham tariqatda yagona, ishq va talabgorlik, kuyish-o‘rtanishda zamonasining shamchirog‘i, ilmi urfon dengiziga cho‘mgan, haqiqat daryosiga sho‘ng‘ib javohirlarini tergan” deb yuksak baholaydi.
Attor “Mazhar-ul ajoyib” (“Mo‘jizaning ko‘rinishi”) nomli asarida to‘rtinchi xalifa Ali ibn Abutolibga bo‘lgan ixlosini ifodalaydi. Bu esa Ali shia mazhabiga ixlos qo‘yganligini ko‘rsatar edi. Shu bois, bu hol Nishopurdagi sunniylar mazhabiga mansub ulamolarning g‘azabini qo‘zg‘atadi. Natijada, Attor shia mazhabini targ‘ib etganligi, “yo‘ldan ozganligi” gunohi bilan ayblanib, dastlab o‘limga hukm etiladi. Keyin esa, jazo yengillashtirilib, mol-mulki musodara qilinadi, o‘zi shahardan badarg‘a qilinib, shahar atrofidagi tashlandiq joylarda ta’qib ostida yashashga majbur bo‘ladi. Bu paytlarda Attor anchagina keksayib, deyarli kuchdan qolgandi.
Bir kuni Attor turayotgan yerga uning ustozi Majdiddin Bag‘dodiyning yaqin do‘sti, “Sulton-ul-ulamo” (“Ulamolar sultoni”) deb shuhrat qozongan Mavlono Bahouddin Valad1 (1230 yili olamdan o‘tgan) uni yo‘qlab keladi. Bu uchrashuvni
Radiy Fish bunday bayon qiladi: “Egniga qorayib, rangi o‘chib ketgan kamzul, boshiga baland cho‘qqi kuloh kiygan, ojiz bir qariya tez-tez yurib, uning oldiga chiqdi. Uning yurishidan andesha emas, balki shiddat aks etib turardi. U go‘yo favqulodda bir muhim ish ustida turgandek, yoxud to‘satdan bir aziz mehmon kelib qolgandek holatda ko‘rinardi. Attor o‘sha yurishi bilan kelib, go‘yo ko‘rinmas bir to‘siqqa duch kelgandek mehmonga yaqin qolganda shartta to‘xtadi va asta egilib salom berdi. Ular uch marta bir-birlariga ta’zim bajo keltirishgandan so‘ng, so‘nay deb qolgan gulxanning ikki tomonida, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan toshlar ustiga o‘tirishdi. Boshiga sust malla rangli salla o‘ragan baland bo‘yli, sirli qiyofadagi ulamo darvishlarga xos libosda edi. Cho‘qqi kuloh kiygan, qaddi biroz bukilgan shoir lom­mim demay, mehmon bilan bir-biriga qarashgan ko‘yi uzoq tikilib o‘tirishdi”. Attorning diqqatini Sulton-ul-avliyoning 12 yoshli o‘g‘li ko‘proq o‘ziga jalb qiladi. U bu o‘g‘ilning ko‘zlaridan lovullab turgan o‘t uchqunlarining, porillab turgan aql- farosat nurlarining belgisini ko‘rgandek bo‘ladi hamda uning kelgusida buyuk inson bo‘lishligidan bashorat berib, “Asrornoma” (“Sirnoma”) degan asarini o‘sha o‘smir bolaga mamnuniyat bilan taqdim etadi. Bu bola keyinchalik Attorning maslakdoshi, davomchisi sifatida butun musulmon dunyosida ma’lum va mashhur bo‘lgan Mavlono Jaloliddin Rumiy edi. Jaloliddin Rumiy Attorni bilardi, Chunki u “Mantiq-ut-tayr”ni o‘qigandi.
Manbalarda ko‘rsatilishicha, Attorning o‘limi nihoyatda fojiali kechgan. Chingizxon boshchiligidagi qo‘shin Nishopurga bostirib kirib, butun shaharni talon-taroj qiladi. O‘lja ilinjida hech qayerni qoldirmay axtarib, yaraydigan narsalar borki hammasini tortib oladi, hatto qizg‘in jarayonda omon qolgan odamlarni ham qul qilib bo‘lishib oladi. Shular qatorida Attor ham bir mo‘g‘ul cherikiga asir tushadi. Mo‘g‘ul cheriki uni bog‘lab ko‘chada olib ketayotganda, Attorni tanigan bir odam uchrab qoladi, u mo‘g‘ul cherikiga:
– Qulingni menga sot, men senga ming dinor beraman, – deydi.
Mo‘g‘ul cheriki rozi bo‘lib turganda Attor:
– Sotma, bu narx juda kam, men ko‘p pulga yarayman – deydi. Mo‘g‘ul cheriki uni ming dinorga bermay sudrab yurishda davom etadi. Yo‘lda unga o‘z qavmidan bo‘lgan bir mo‘g‘ul uchraydi. U o‘z “o‘lja”sini unga sotmoqchi bo‘ladi. U jinsdoshini mazax qilgan holda:
– Mayli olaqolay, haqiga bir qop somon beraman, – deydi. Shunda Attor mo‘g‘ul cherikiga:
– Tezda rozi bo‘laver, men bundan ortig‘iga arzimayman. – deydi.
Bundan g‘azablangan mo‘g‘ul cheriki shu zahotiyoq Attorni qilich bilan chopib tashlaydi.

Radiy Fish Attorning nima uchun o‘lim yo‘lini tanlaganligi haqida: “Attor o‘z jonini qutqazishi mumkin edi, lekin endi unga hayotning hech qanday qizig‘i qolmagandi” deb yozadi.
Attor Nishopurga dafn etiladi, qabr boshiga oddiygina maqbara quriladi. Ammo oradan bir fursat o‘tgandan keyin Attorning maqbarasi xarobalashib ketadi. XV asrga kelganda Alisher Navoiy Attor maqbarasining xarobalashib ketganligini eshitib qabr boshiga bag‘oyat ko‘rkam, haybatli bir maqbara qurdiradi.
Attorning tavalludi va qismat haqidagi qarashlar afsuski hali ham yakuniga yetganicha yo‘q. Ko‘pgina manbalarda uning tug‘ilgan vaqti 1119 yili deb olingan. Ammo, “Mazhar-ul-ajoyib”ning bir nusxasida Attorning bu asarni 1188 yilda yozganligi va o‘sha vaqtlarda o‘zining 100 yoshdan oshganligini eslatib o‘tganligi ma’lum. Agar shunday bo‘lsa Attorning 1119 yili tavallud topganligi haqidagi qarashlar ham uzil-kesil o‘z isbotini topmagan. Attorning tavallud yilini 1136, 1145 yili deb qaraydiganlar ham uchraydi. Attorning vafot etgan yili haqidagi qarashlar ham bir-biriga uyg‘un kelmaydi. Bu haqdagi yil hisobini 1193 yili, 1221 yili deb qarovchilar ham bor. Jomiy va Davlatshoh Samarqandiy Attorni 114 yil umr ko‘rgan deb qayd etganligi ma’lum. Amir Alisher Navoiy hazratlari “Nasoyim-ul-muhabbat”da Attorni hijriy 627 (melodiy 1231 yil) yili vafot etgan va 104 yil yashagan deb yozadi.
Turkiyalik Mustafo Uslu o‘zining Attor haqidagi bir maqolasida u “Mazhar-ul-ajoyib” asarida uzoq vaqtdan beri hazrati Aliga ixlos qilganligini ta’kidlaydi. Attorning shia mazhabiga moyilligi keksayib qolganda boshiga balo bo‘lgan. Samarqandiy taxallusli, sunniy mazhabidagi bir muftiyning “Mazhar-ul-ajoiyb” kitobini yoqish haqida bergan fatvosi bilan bu asar kuydirilgan. Shu hodisa sababidan Attorning uyi talon-taroj qilingan, o‘zi Makkaga qochishga majbur bo‘lgan. Attor keyingi asari “Lison-ul-g‘ayb” (“G‘oyiblar tili”)ni Makkada yozgan,1 deb ko‘rsatadi. Mustafo Usluning bu qarashlari olmoniyalik sharqshunos Helmut Ritterning Attor haqidagi qarashlari bilan bir xil.
Ko‘rinib turibdiki, Attorning hayoti haqidagi qarashlar bir-biriga mos kelmaydi. Shuning uchun Attorning hayoti – faoliyati haqidagi masalada biror muhim xulosaga kelish qiyin. Attorni faqat taxminiy holda XII asrning boshlaridan XIII asrning dastlabki choraklarigacha bo‘lgan oraliqda yashab o‘tgan siymolardan biridir deb qarashga to‘g‘ri keladi.


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish