Farididdin Attorning "Ilohiynoma"


FARIDIDDIN ATTORNING OLAM VA INSON HAQIDAGI



Download 0,93 Mb.
bet7/9
Sana29.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#616096
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Farididdin Attorning Ilohiynoma

FARIDIDDIN ATTORNING OLAM VA INSON HAQIDAGI
QARASHLARI

Attorning asarlarida bu olam degan tushuncha deyarli doimo ko‘zga tashlanib turadi. Ammo, bu so‘zlar bilangina Attorning olam haqidagi qarashlariga baho berib bo‘lmaydi.
Attorning fikricha, bu olam, ya’ni moddiy, dunyo foniy, o‘tkinchidir, u olam, ya’ni ruhiy dunyo boqiy mangulikdir. Chunki ruhiy dunyo ilohiy zotning manbasi, javharidir. Moddiy dunyo ruhiy dunyoning po‘sti yoki qo‘riqchidir. Moddiy borliq surat, ruhiy borliq ma’nodir. Ammo, moddiy borliq yagona mavjud bo‘lib turadigan borliq bo‘lmasdan, balki ruhiy borliq, ilohiy zotning tajalliysidir. Suratning mavjud bo‘lishi ma’noning xosiyatidan bo‘lganidek, narsalar olami ham ilohiy olamning jilvasidir. Moddiy olam – olami sag‘ir, ya’ni, kichik olam, bo‘lib, ruhiy olam olami kabir, ya’ni poyonsizlik olamidir.
Moddiy olam ilohiy zotning ilohiy san’ati sifatida chuqur uyg‘unlikka ega. Ya’ni ular ko‘rinishda boshqa-boshqa narsalar bo‘lsa-da, mohiyatda bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki, hamma borliqda ilohiy zotning jilvasi bor. Shu bois Attor yozadi:
– Uning zoti bilan mavjud bo‘lgan olam shunday mustahkam ildizdoshlikka, o‘zaro bog‘lanishga egaki, suvdagi baliqdan falakdagi oygacha jamiki narsalar bir-biri bilan bevosita bog‘liq — aloqadordir.
Demak, ilohiy zotning qudratidan iborat bo‘lgan zamin va osmon, dengiz va quruqlik, olam va odam o‘rtasida uzviy muvozanat mavjuddir. Ana shu qudrat sababidan olam hamisha harakatlanib, taraqqiy qilib, o‘zgarib, yangilanib turadi. Attorning nazarida jamiki taraqqiyot, o‘zgarish va yangilanishlar bevosita ilohiy zot qudratining ko‘rinishlaridandir. Chunki olam ilohiy zot uchun bir ko‘zgudir. Shu bois Attor yozadi:
– Jahonning butun ashyolari – zarralari uning ko‘zgusidir. Qandayki narsa ko‘rsang, uning oyatlari kitobidan sahifalar deb bilgil.
Binobarin, olam ko‘zgu ekan, undagi jamiki mavjudodlarning hammasi ilohiy zotning “oyatlari kitobidan sahifalar”dir.
Attorning olam va ko‘zgu munosabatidan menimcha bunday ikki xil qatlamli mazmunni his etish mumkin:
1. Olam – ko‘zgu. Ilohiy zot ana shu ko‘zgu orqali o‘zini aks ettiradi. Demak, Attor ko‘zguda aks etish munosabati orqali birinchidan ilohiy zotning mutlaq borliq ekanligini dalillaydi.
2. Binobarin, olam ilohiy zotning san’atigina emas, balki ilohiy zotning mavjudligini namoyon qiladigan birlamchi bosh sharti hisoblanadi.

Bu nuqtani Attor “Mantiq-ut-tayr” dostonida bir ramziy-simvolik hikoyat orqali yanada aniq bayon qiladi. Attorning yozishicha, husn-jamolda tengsiz bir podshoh bo‘lib “olamning go‘zalligi, nazokati uning sirlaridan bir sahifa, zeboligi nafislikda uning diydoridan bir oyat kabi edi”. Bu podshohning nomi olamga tarqalib, hamma uning husniga maftun bo‘ladi. Ammo podshohning husni quyoshdek nurli bo‘lgani uchun, hechkim unga qarashga botinolmaydi. Attorning so‘zi bilan aytganda, kishilar uni “ko‘rmaslikka sabr-toqat qilolmas, ammo ko‘rishga ham chidab turolmas edilar”. Shuning uchun podshoh katta bir ko‘zgu yasatib shu ko‘zguga qaraydi. Ko‘zguda uning husni aks etib, undan nur atrofga taraladi. Kishilar ana shu nur orqali podshohning husnidan bahramand bo‘ladilar. Attor hikoyatni xulosalab, quyidagilarni yozdi:

– Ey inson, sening podshohing ham hilol oy qasridur, qasr esa quyosh nuridan ravshandur. O‘z podshohingni ko‘nglingda tanigin, shunday qilib arshni zarrada ko‘rgin. Bu bepoyon olam sahrosida vujudga kelgan harbir surat, har bir libos go‘zal semurg‘ning soyasidur. Ammo, garchi sen buni tasavvur etolmasang-da soya semurg‘dan mustasno emas. Soya bilan semurg‘ bir-biriga sirdosh hamda mahramdir, ular bir-birini intizor qiladi, izlaydi, shart qiladi. Agar bilsang sening vazifang soyadan kechib, semurg‘ga intilishdir. Agar semurg‘ga yetishsang, parda ichida oftobni ko‘rasan, shunda soya bilan semurg‘ birlashadi, sen o‘zingni ham quyosh ichida ko‘rasan.
Attorning g‘oyasiga asoslanganda, olamning birligi ruhdan iborat bo‘lib, borliq hodisalar ruhning in’ikosidir. Shunday ekan, olamni tushunish uchun ruhni tushinish kerak bo‘ladi. Ruh bir xil ilohiy qudrat, u olamning sirini ochadigan birdan bir ochqich, mavjudlikning mohiyati ana shu ochqichni izlash va topish kerak.
O‘tkinchilik bilan abadiylik o‘rtasidagi ziddiyatning maqsadi yanada abadiylikdir. Soya hamon nurga qo‘shilib ketadi. Koinotning negizi faqat bittadir, u ham bo‘lsa mutlaq ruhdir. Butkil borliq yana shu mutloq ruhning sifati yoki soyasi hisoblanadi. Demak, olam tashqi ko‘rinish jihatidan moddiylikning, mohiyat jihatidan ilohiylikning ramzi deb qaraladi. Shunday ekan, ilohiy zot, ya’ni xudo koinotdan mustasno holda mavjud bo‘lib turmasdan, balki koinot bilan birlikda mavjud bo‘lib turadi, u abadiy hamda poyonsizdir. Attor «Ilohiynoma” nomli asarida shu g‘oyani ilgari surgan holatda bunday deb yozadi:

– Dunyodagi borliq hodisalar, ashyolar, ko‘plik va ozlik, salbiy va ijobiylik, raddiya va tasdiqlar uning mavjudligini isbotlashga xizmat qiladi. Magar sinchiklab qarasang, mavjud ijobiy sifatlar uning o‘zidir. Butun borliqning vujudi (moddiyligi) uning ulug‘ligi soyasi, qudratining belgisi, ijodiyoti va san’atidir.
Bu yerda Attorning dunyoqarashi yanada ravshanlashadi. U jamiki olamni zoti pok, ilohiy zotning dalili deb qarab, moddiy borliqni ilohiy zotning sifatlarigina emas, balki o‘zi deb tushunadi. U har qanday mavjudlikda ilohiy zotning jilvasini ko‘radi. Uning nazarida koinotning javhari charaqlab turgan bir dasta nur, u nur qaerga tushsa shu yer jilolanadi. Go‘yo bir quyoshning porillashi bilan butkul koinot yorishib ketgandek bo‘ladi.
Attorning ko‘z qarashicha, olam yagona, betakror, cheksiz borliqdir. U azaliy va abadiy bo‘lgan ilohiy zotning yaratilishi bo‘lib, u tinimsiz harakatlanib turadi. Attorning olam haqidagi qarashi uning inson haqidagi qarashlari bilan chuqur kirishib ketadi.
Barcha tasavvuf ta’limotchilariga o‘xshash Attorning nazarida ham inson tashqi shakl jihatidan moddiy dunyoning bir tarkibiy qismi bo‘lsa-da, ammo uning qalbida ilohiy nur mavjud. Insonning vujudi bir turli qobiq yoki po‘stloqdan iboratdir. Uning mohiyati ruh bo‘lgani uchun u sharaflidir. Mana shu ma’noni ko‘zda tutib Attor insonga qarata nido qiladi:
– Sening gavharing, ya’ni ruhing farishtalarning sajdagohi ekanligini unutma. Boshingda xalifalik toji bor. Odam ato farzandisan, ya’ni Ollohning yerdagi noibisan. Jannatdan tushgansan, yana o‘sha gulshan, ya’ni jannat sari intilgin... odamiylik va ilohiylik sifatlaridan uzoqlashma, sening atlas to‘ning odamiylik sifatingdir.
Insonning moddiylik sifati uni mutloq ruhning bahridan ayrib turadigan bir pardadir. Ana shu parda sababidan inson g‘aflatga giriftor bo‘ladi, nadomat chekadi, hijron ilkida zaiflashadi, o‘zini ma’nosiz yo‘lini qorong‘i, qismatini xira his qiladi. Turli tashvish, iztiroblar unga orom bermaydi. Umidsizlik ichida o‘zini yorug‘likdan, haqiqatdan yiroq deb qarab esankiraydi. Bular modda bilan ruh o‘rtasidagi ziddiyatning inson tuyg‘usidagi ifodalari bo‘lib, bunda inson o‘zidagi moddiy malomatlarni bo‘ysundirib, ya’ni pardani yirtib, ruhiyat manziliga qadam tashlay olsa, shubhasizki, u shon-shuhrat taxtida ulug‘vorlik tojini kiyaoladi. Attor Insonning ana shu pallaga yetishini orzu qiladi hamda unga yeta olishiga ishonadi. Shundan, u keskin holda yozadi:

– Sening ichingda javhar – mutlaq ruhning siri bor, ammo bu yerda senga yo‘l ko‘rsatuvchi yo‘q. Oxiri yo‘qotgan narsang sening o‘zingdir, sen bu zohiriy sirlarning tuzog‘iga giriftor bo‘lgansan. Sen yaratguchining zoti va sifatlari javhariga egasan, lekin uning diydoridan uzoqsan. Sening javharing hammadan afzal, shu javhar sen uchun haqiqiy zotga olib boradigan rahbardir. Hayot, falak va yulduzlar sening ko‘zlaring nigohlaringdir, uying ichidasanu xayolingda eshikning sirtida turgandaysan, ham ko‘rinasan, ham yo‘qsan.
Attorning bu so‘zlari ajoyib chuqur falsafiy ma’no va mushohadalarga boy. Insonda “mutlaq ruhning siri bor”. Bu Attor uchun harqanday shubhadan mustasnodir. Biroq, inson, ya’ni, sen “uyning ichidasanu xayolingda eshikning sirtida turgandaysan”. U holda “eshikni ochib”, uyning ichiga kirish uchun nima qilish kerak? Javob faqat bitta, qalb eshigini ochish kerak. Xuddi shu nuqtani ko‘zda tutgan Attor shunday deydi:
“Ruh odamning ichki dunyosidir, shu bois inson o‘z ichiga safar qilishi kerak. Buning usuli ham bitta, ya’ni o‘zini bilish, asliy “men”ga qaytishdir. Insonning fojiasi o‘z mohiyatidan olislab ketganligidadir. Buni Attorning quyidagi qarashlaridan bilish mumkin:
– Chunki, sen o‘z-o‘zingdan ayrilgan, o‘z aslingdan begona bo‘lib, yo‘qolgansan. Sen o‘zingga ma’shuqsan, o‘zingga qayt, sahroda kezma, vatanga qayt. Ushbu vatan muhabbatidan iymon pok bo‘lg‘usidir, negaki, ma’shuqing pok joningning ichidadir. Odamlar o‘zgalarning qiyofasida o‘zlarini ko‘radi, lekin o‘zlarini o‘zlari tanishmaydi. Ilohiy tanish ham shunga o‘xshaydi. Tangri taoloni harkim avval o‘zidan izlasin, “o‘zini tanigan rabbini ham taniydi” degan hadisni esidan chiqarmasin. O‘zlikni tanish esa ma’rifatdir, ma’rifat yo‘li chin vafo, qalb ko‘zining ochilishidir.
Bu parchani ortiqcha sharhlashning albatta hojati bo‘lmasa kerak. Faqat yuqorida tilga olingan “qalb eshigi” degan so‘zni Attor bu yerda yanada obrazli va yorqin holatda “qalb ko‘zi” deb olgan xolos.

Attor yana insonning vujudini moddiy borliq, ya’ni surat, undagi ilohiy ruhni ma’no, ya’ni mohiyat deb qarab, haqiqiy mavjudlikni ruh bilan bog‘lab tushuntiradi. Odam insofdan qarasa ruhni birlamchi, vujud, ya’ni moddani ikkilamchi hisoblaydi. Demak, Attorning qarashicha, odamning vujudi – tashqi shakliga emas, qalbiga qarash kerak. Asosiy sub’ekt yana shu odam, ruh yoki ma’no odamning olamga bo‘lgan munosabatini o‘lchaydigan birdan bir omildir. Attor bunday deb yozadi:
– Nima uchun suratning dardiga mubtalosan, agar sen suratni tashlasang kulli-borliq ichidasan. Sen suratning hamrohligidan qutulsang, xudoning ma’nosidan xabardor bo‘lasan. Surat sening hech bir ishingga yaramaydi, xudo diydorini jonda ko‘rsatadi. Agar suratni sindirsang, shak-shubhasiz sen haqsan.
“Suratni sindirsang shak-shubhasiz sen haqsan”. Bu Attorning inson mohiyati haqidagi qarashlarining biridir. Tuxumni yorib chiqqandan keyin uning mohiyati namoyon bo‘ladi, ya’ni tuxumning bir xil shakl yoki surat ekanligi oydinlashadi. Demak, tuxumning ma’nosi isbotlanadi. Buni odamga taqqoslaganda, tan bir xil shakl, ana shu shaklning fiziologik, psixik asoratlaridan tozalab javharni, ya’ni jonni tanigandagina, odamning mohiyatini bilish mumkin. Attorning nazarida odam bilan ilohiy zotning munosabati ana shunday. Attor insonni yuksak darajadagi sharaf sohibi deb biladi. Insonda bunday ruhning alomati bo‘lganligi uchun, hatto uni mantiqiy yo‘sinda mutlaq ruh bilan bir o‘ringa qo‘yadi.
Bu esa Attordagi o‘z davriga – o‘rta asr Sharq islom muhitini yorib chaqishdek bir tushunchani hosil qiladi. Binobarin, bu Attor ideyasidagi yuksak shijoat va jasoratning mahsulidir deyish mumkin. Bunday ruh esa xudo, insonni xudoga barobar qo‘yish bu kufrdan darak beradi. Boyazid Bistomiy ana shu qarashi tufayli kofirlikda ayblanib, malomat dashtida sarson-sargardon bo‘ldi. Mansur Halloj ana shu qarash orqasida kofirlikda ayblanib, avval darra bilan jazolash, keyin esa jasadini o‘tda kuydirish usuli bilan o‘ldirildi. Attor bularni nihoyatda yaxshi bilardi. U holda yana shu “xavfli qarash”ni sharhlashdan maqsad nima edi?
Attorning nazarida bu qarash hargiz ham kufrdan darak bermasdi. Uni kufr deb qarash behudlik, yuzakilik, nodonlik, mutaassiblikdan boshqa narsa emas edi. Ilohiy ma’rifatni sezmagan, o‘zidagi zohiriy tushunchalardan qutulmagan, o‘z qalbiga quloq solmagan, suvni ko‘lmaklardan ichib, haqiqiy buloqni esdan chiqargan kishilar bu qarashning mag‘zini aslo chaqolmaydi, shuning uchun, uni yuzaki holda kufr deb tushunadi. Biroq, mayli Boyazid Bistomiy bo‘lsin, mayli Mansur Halloj bo‘lsin va mayli Attor bo‘lsin, insonni Xudoga tenglash shirkdir.
Lekin, Attorning qarashicha, insonning o‘z moddiy po‘stini bo‘ysundirib, ruh tomon yuzlanishi osonlikcha amalga oshadigan jarayon emas. Bu jarayonda turli vasvasa va mushkulotlar insonni ma’rifatdan go‘yo yuksak bir qal’a devoridek ayirib turadi. Uni abadiylik nisbatidan, ya’ni olam ne’matlari orqali mahrum qiladi, uni o‘tkinchi jilvalar orqalik g‘aflatga boshlaydi. Insondagi ijobiy va salbiy alomatlar o‘rtasida mana shu taxlitda to‘xtovsiz kurash bo‘lib turadi, bu kurashning natijasi insonning taqdiriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Attor bu kurashda insonni sharaf manziliga, ya’ni ijobiy xislatlarga undaydi. Attor o‘zining “Pandnoma” sida bunday deb yozgan:

Kambag‘allik garchi qattiq, ey javon,
Bo‘lmag‘ay hargiz jaholatdan yomon.

Attorning qarashicha, inson uchun moddiy jihatdagi yo‘qsillik hech gap emas, hammadan yomoni ma’naviy yo‘qsillikdir. Jaholat – nodonlik, razolat, zulm kabilar ma’naviy yo‘qsillikning muhim alomatlaridir. Hadislarda jaholat qiyomatning bir turli alomati qatorida tilga olingan.

Kimki ul uyqudadir o‘lgan erur,
Ahli g‘aflatg‘a bu ish bo‘lg‘on erur.
Kimki oning aqlu hushi bo‘lmasa,
Ul o‘luktur, sen tiriklardin dema.

Attorning nazarida, insonning jismoniy jihatdan bor yoki yo‘q bo‘lishi hargiz ham uning o‘lik, tirikligiga kafolat bo‘lmaydigan haqiqiy o‘limdir, uning ifodasi qalbidadir. Attor “Tazkiratul-avliyo”da yozadi:
Molik Dinor bunday deydi:
– Men Hasan Basriydan: “Bu dunyodagi eng og‘ir azob­uqubat nima?” deb so‘radim, u javob aylab:
– Qalb o‘limi, – dedi.
Men yana:
– Qalb o‘limi degani nedur? – deb so‘radim. U:
– O‘tkinchi dunyoga muhabbat, – deb javob ayladi.
– O‘tkinchi dunyoga muhabbat nimadan darak beradi? – degan savolga Hasan Basriy bir og‘iz so‘z bilan:
– Nafsdan, – deb javob bergan. Bu yerda Attorning insonga qarashidagi yana bir nuqta maydonga chiqadi.
 
“Ul erur bil odamiyning odami,
Yig‘sa avval nafsi bedin har dami”.

“Boqmag‘il lazzati nafsoniy sari,
Boqmag‘il ham olami foniy sari”.

“Nafsni zindong‘a solg‘on yaxshiroq,
Harna desa aksin olg‘on yaxshiroq”.

Bu kabi misollarni Attor asarlarida ko‘plab uchratish mumkin. Chunki Attor nafsni insondagi muhim dovon deb qaraydi. Nafs o‘zi nima? Lo‘nda qilib aytganda, insondagi hayvoniy xislatlarning bosh ko‘tarishidir. Inson nafs illatlaridan poklanmas ekan, o‘zidagi ilohiy ruhni his qilish sharofatidan mahrum bo‘ladi.
Attor ob’ektiv reallikka nisbatan munosib insoniy maishatlarni ham hargiz nazardan soqit etmaydi. Ammo halol va haromdan iborat nozik insoniy mezonni inson oldiga shart qiladi.

Kim haromdin botinin pok etmadi,
Ruhi, bil, o‘z manzilig‘a yetmadi.

Halollik inson uchun burch va fazilatdir. Harom bo‘lsa hayvoniy illatdir. Odam o‘zini kamol toptirish uchun, halollik sharofatini aziz tutib, haromdan doimo saqlanishi kerak.
Attor falsafiy qarashining tub negizi komil inson g‘oyasidan iboratdir. Inson ilohiy ma’rifatga nechog‘lik teran kirsa, uning qalbi shunchalik yorishadi va poklanadi. Poklanishning darajasi kamolotning darajasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Komil insonlik hargiz ham yetib bo‘lmaydigan quruq g‘oya emas. Hasan Basriy, Boyazid Bistomiy, imom Buxoriy, at-Termiziy, imom Muslim, Ahmad Hanbal kabilar komillik darajasiga yetgan insonlardir. Bunday odamlar harbir davrda maydonga keladi. Shu davrning ma’rifatini namoyon qiladi, shu davrning sadosini jaranglatadi.
Attor inson qalbini bir tiniq shishaga, pokligini uning jilosiga o‘xshatadi. U poklikka alohida urg‘u beradi.

Har bir musulmonki bo‘lsa botamiz,
To‘rtni to‘rtdan pok tutsun ul aziz.
Dilni sen avval hasaddin pok qil,
O‘zni so‘ngra sohibi idrok qil.
Pok qilg‘il kizbu g‘iybatdin zabon,
O‘tmasun desang imonimg‘a ziyon.
Pok agar bo‘lsa ziyodin dil, amal,
Yetmag‘ay hargiz imoningg‘a xalal.
Yetmasa qorning‘a bir zarra harom,
Mardi imondor bo‘lg‘aysan tamom.
Kim haromdin botinin pok etmadi,
Ruhi, bil, o‘z manzilig‘a yetmadi.
Kimni kirdori riyodin pok emas,
Buriyodek surati bir nafsu bas.

Attor bu parchada to‘rt narsani to‘rt narsadan, ya’ni dilni hasaddan, tilni g‘iybatdan, dilni ikkiyuzlamachilikdan, nafsni haromdan pok tutish zarurligini ta’kidlaydi. Chunki, Attorning qarashicha, hasad, g‘iybat, ikkiyuzlamachilik, harom kabi illatlar inson ruhini xiralashtiradigan, bulg‘aydigan, insonning e’tiqodini sustlashtirib, ma’rifatdan yiroqlashtiradigan, hayvoniy istaklarga yo‘l ochadigan illatlardir.
Attor “Ilohiynoma”da o‘zining sadoqati va pokligi bilan shohlik taxtiga yetgan bir ayol haqidagi ta’sirli, alangali ajoyib bir hikoyatni misol qilib keltiradi. Ayol deyarli har bir qadamda shahvat va hirsni qo‘zg‘agan azob-uqubatlarga duchor bo‘ladi. Maqsadiga yetolmagan kishilar har xil pas, buzuq vositalar orqali ayolga zulm qiladi. Ammo ayol o‘lim xavfi oldida ham o‘zining pokligini oldingi o‘ringa qo‘yadi. Natijada u axiri murod-maqsadiga yetadi.
Attor hikoyada personaj tili orqali bunday deydi:

– To‘g‘ri, dunyoda hech bir jonzot shahvatdan xoli emas, bu sirni bilmagan odam jismoniy jihatdan mayib, nuqsonlikdir. Unday kishi sog‘lom emas. Ammo, shahvat haddidan oshsa hirs, ifloslik kelib chiqadi, keyin uni to‘xtatib bo‘lmaydi. Shahvat shavqi kuchaysa oradan muhabbat ko‘tariladi. Holbuki, insonning mohiyati muhabbatdir. Biroq, muhabbat ham chegaralanib turishi kerak, agar chegaradan chiqib ketsa, joning muhabbatning ko‘zi oldida ojiz, arzimas bo‘lib qoladi.
Attor insonga nisbatan me’yorida bo‘lgan shahvatni sog‘lomlikning ifodasi deb biladi. Chunki u hikoyada yana: “Agar erlar bilan ayollar qo‘shilmasa odamzotning nasli qanday davom qiladi? Olamning tuzilishi, qonuniyati buzilmaydimi? Chunki, bu ilohiy hikmatning tartib tadbiridir, mulk va mamlakat, dunyo ishlari shu asosga qurilgan. Barcha jonzotlar qo‘shilib, ko‘payib, naslini davom ettiradi.
Doimiy rivojlanish shundan kelib chiqadi. Odamzod ming-ming yillardan oshib qanchadan qancha riyozat rivojlanishni o‘tkazib, hozirgi holga kelgan”. Attor inson mohiyati muhabbat ekanligini, muhabbat olamning tuzilishi, insoniyat tadrijiy taraqqiyotining asosi ekanligini ta’kidlaydi. Biroq muhabbat haddidan oshsa hirsga, nafsning quliga aylanib, poklikka ta’sir yetkazishini, muhabbatni nuqul shahvatdan iborat deb tushunmaslikni uqtiradi.

Attor insoniy muhabbatni qadrlaydi, insoniy muhabbat yo‘lidagi jasoratni madh etadi. Chunki insoniy muhabbatni “ilohiy hikmatning tartib tadbiri” deb qaraydi. Insoniy mehr, shafqat va qadr-qimmatni kuylash Attorga xos fazilat bo‘lib, uning asarlaridagi muhim g‘oyaviy mazmunlarning biri hisoblanadi. U bu nuqtani o‘z asarlarida har xil tafsilot – hikoyatlar orqali obrazli, ta’sirli holda yoritib beradi. Jumladan, “Mantiq-ut-tayr” dostonidagi non vositasi bilan o‘limdan qutulib qolgan bir asir haqidagi hikoyatdan buni yaqqol ko‘rish mumkin. Hikoyatda bayon qilinishicha, bir bahodir jangda raqibini yengadi hamda uni o‘ldirish maqsadida xanjar olgani uyiga kirib ketadi. Xuddi shu orada bohodirning xotini asirga non beradi. Bahodir qaytib kelib asirning qo‘lida non turganligini ko‘rib, “Bu nonni senga kim berdi?” deb so‘raydi. Asir “Ayoling berdi” deb javob beradi. Buni eshitgan bahodir “seni o‘ldirish endi menga harom bo‘ldi. Chunki, bizning nonimizni yegan har qanday kishiga biz tig‘ ko‘tarolmaymiz” deb asirni ozod qilib yuboradi.


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish