Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini



Download 130,44 Kb.
bet7/35
Sana02.07.2022
Hajmi130,44 Kb.
#729193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
shartnoma sharx

haqiqiy emas.
1. Ommaviy shartnoma eng ko‘p tarqalgan shartnoma turi hisob
lanadi. Mazkur moddada bunday shartnomalarning faqat tahminiy
ro‘yxati – chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda
yo‘lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta’minlash, tibbiy
xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k. keltirilgan. Tashkilot
majburiyatidagi faoliyat xususiyatlariga mos keladigan har qanday
tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha
xatti-harakati ommaviy shartnoma ob’ekti bo‘lishi mumkin.
Agar bunday majburiyat belgilangan bo‘lmasa (masalan, tashkilot
xodimlariga xizmat ko‘rsatish uchun tashkil etilgan oshxona),
shartnomani ommaviy shartnomalar jumlasiga kiritilmaydi.
2. Ommaviy shartnomaning majburiy tarafi sifatida tashkilot,
ya’ni yuridik shaxs ko‘rsatilgan. Ammo FKning 24-moddasiga ko‘ra
jismoniy shaxs – xususiy tadbirkor ham bunday shartnomaning
tarafi bo‘lishi mumkin. Bu holda shuni e’tibordan qochirmaslik
kerakki, qonunchilikda yakka tartibdagi xususiy tadbirokorlarga
ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish taqiqlangan (masalan,
avtomobil trasportida yo‘lovchilarni tashish, umumiy ovqatlanish
sohasida xizmat ko‘rsatish) yoki ishning xususiyatiga ko‘ra yakka
tartibdagi tadbirkor amalga oshirish imkoniyatidan mahrum
(masalan, aloqa va energiya ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatish)
75626-bob. Shartnoma tushunchasi va shartlari
bo‘lishi mumkin, chunki u o‘z faoliyatini mustaqil amalga oshiradi
va ishchilarni yollash huquqiga ega emas.
3. O‘zi bilan ommaviy shartnoma tuzilishini talab etishi
mumkin bo‘lgan shaxs sifatida jismoniy shaxs ham, yuridik shaxs
ham chiqishi mumkin. Bunda ularning hammasi tashkilot oldida
ommaviy shartnoma tuzish masalasida, agar qonun hujjatlarida
boshqacha tartib ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, teng mavqega ega bo‘ladilar.
4. Ommaviy shartnomaning muhim xususiyatlaridan biri shuki,
unda tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek, ommaviy
shartnomaning boshqa shartlari hamma iste’molchilar uchun bir xil
qilib belgilanadi. Aks holda shartnomaning shartlari haqiqiy
emas deb hisoblanadi. Shu bilan birga qonun hujjatlarida
iste’molchilarning ayrim toifalari uchun imtiyozlar berilishiga
yo‘l qo‘yiladigan hollar ko‘zda tutilishi mumkin. Xususan bunday
shaxslar qatoriga davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar, nogi
ronlar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, pensiya oluvchilarning
ayrim toifalarini kiritish mumkin.
E’tibordan qochirmaslik kerakki, yuqorida zikr etilgan
holatlarda gap iste’molchilarning ayrim toifalariga beriladigan
imtiyozlar borasida yuritilyapti. Shu munosabat bilan qonun huj
jatlari ular uchun ommaviy shartnoma shartlarining yomonlashuviga
yo‘l qo‘ymaydi.
Agar tashkilot iste’molchiga tegishli tovarlarni, ishlarni,
xizmatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘la turib, u iste’
molchiga tegishli ommaviy shartnoma tuzishni rad etishga haqli
emas. Tashkilot asossiz ravishda ommaviy shartnoma tuzishdan bosh
tortsa, ikkinchi taraf shartnoma tuzishga majbur etishni va shu
munosabat bilan o‘ziga yetkazilgan zararni qoplash da’vosi bilan
sudga murojaat etishga haqli (qar. FK 377-m.).
5. Tovarlar sotilishi, ishlarning bajarilishi va xizmatlar
ko‘rsatilishini tartibga solish maqsadida, shu jumladan, iste’
molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun Hukumat tomonidan
tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ular
ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarish chog‘ida taraflar uchun
majburiy bo‘lib hisoblanadi. Mana shunday hujjatlar qatoriga,
jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Aholiga maishiy xizmat
ko‘rsatish» Qoidalari (Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 12
oktyabrdagi 399-sonli Qarori bilan tasdiqlangan), «O‘zbekiston
Respublikasida iste’molchilariga gaz yetkazib berish» Qoidalari
(Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 10 yanvarda 8-sonli Qarori
757III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
bilan tasdiqlangan), «O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo»
Qoidalari, «O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish
mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish» Qoida
lari (Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-sonli
Qarori bilan tasdiqlangan), «Elektr energiyasidan foydalanish»
Qoidalari, «Issiqlik energiyasidan foydalanish» Qoidalari
(Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 27 yanvardagi 32-sonli Qarori
bilan tasdiqlangan) ko‘rsatilishi mumkin. Bu turdagi qoidalar
tegishli ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarish chog‘ida
taraflar uchun majburiy hisoblanadi, ularga rioya etmaslik esa
shartnomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Ommaviy shartnomalarning turli ko‘rinishlari FKning 425,
558, 656, 714, 759, 897, 902, 914-moddalarida nazarda tutilgan.

Download 130,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish