357-modda. Shartnomaning amal qilishi
Shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar
uchun majburiy bo‘lib qoladi.
Taraflar o‘zlari tuzgan shartnomaning shartlarini ularning
shartnoma tuzishidan oldin vujudga kelgan munosabatlariga nisbatan
qo‘llaniladi deb belgilab qo‘yishga haqlidirlar.
Qonunda yoki shartnomada shartnomaning amal qilish muddati
tugashi taraflarning shartnoma bo‘yicha majburiyatlari bekor
bo‘lishiga olib keladi, deb belgilanishi mumkin.
Bunday shart yozib qo‘yilmagan shartnoma taraflar majburiyatni
bajarishining shartnomada belgilab qo‘yilgan oxirgi muddatigacha
amal qiladi, deb hisoblanadi.
Shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarni uni
buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
75426-bob. Shartnoma tushunchasi va shartlari
Mazkur modda muhim amaliy ahamiyatga ega, zero shartnomaning
kuchga kirish, ya’ni fuqarolik huquqlari va majburiyatlarining
taraflar uchun vujudga kelish paytini aniqlashtirib beradi.
Shartnoma imzolangan paytidan kuchga kiradi va taraflar uchun
majburiy ahamiyat kasb etadi, demakki, bajarilishi shart bo‘ladi.
Umumiy qoidaga ko‘ra, shartnoma orqaga qaytish kuchiga ega emas.
Faqat taraflar o‘zlari tuzgan shartnomaning shartlari bu shartnoma
tuzilguncha davrdagi taraflarning munosabatlariga nisbatan
tadbiq etilishini kelishib olishlari mumkin. Shartnomada u
orqaga qaytish kuchiga ega ekanligi to‘g‘risida aniq belgilangan
bo‘lmasa, bu boradagi har qanday talablarga shartnoma orqaga qaytish
kuchiga ega emas, degan talqin bilan javob beriladi. Ravshanki,
shartnomaviy munosabatlar qonun hujjatlariga, tuzilgan
shartnomaga yoki uning mohiyatiga zid bo‘lishi mumkin emas. Aks
holda, tuzilgan shartnomaning shartlarini taraflarning o‘tmishdagi
munosabatlariga tadbiq etib bo‘lmaydi.
FKning 357-moddasi mazmunidan shartnomaning amal qilish
muddatining tugaganligi o‘z-o‘zidan majburiyatning bekor bo‘li
shini anglatmaydi. Masalan, qarz shartnomasining amal qilish
muddati tugaganligi qarzdorning kreditor oldidagi olgan pul
summasini qaytarib berish bo‘yicha majburiyatining tugaganligini
bildirmaydi. Shu bilan birga, qonunda yoki shartnomada shart
nomaning amal qilish muddatining tugashi bilan sharnoma bo‘yicha
majburiyatning ham tugashi belgilab qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Xususan, FKning 298-moddasiga muvofiq kafolat shartnomasida
ko‘rsatilgan amal qilish muddati tugashi bilan kafillik muddati
ham tamom bo‘ladi.
Shartnomaning amal qilish muddati tugashi taraflarning
shartnoma bo‘yicha majburiyatlarining bekor bo‘lishiga olib kelma
gani sababli, taraflar majburiyatni buzganlik uchun shartnomaning
amal qilish muddati tugaganidan keyin ham javobgarlikdan ozod
bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |