Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini



Download 130,44 Kb.
bet1/35
Sana02.07.2022
Hajmi130,44 Kb.
#729193
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
shartnoma sharx


Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini
vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi
shartnoma deyiladi.
Shartnomalarga ushbu Kodeksning 9-bobida nazarda tutilgan ikki
va ko‘p taraflama bitimlar to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.
Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarga, agar ushbu bobning
qoidalarida va ushbu Kodeksda shartnomalarning ayrim turlari
to‘g‘risida bayon etilgan qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo‘lmasa, majburiyatlar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar (ushbu
Kodeksning 234–352-moddalari) qo‘llaniladi.
Ikkitadan ortiq taraflar tuzadigan shartnomalarga, bunday
shartnomalarning ko‘ptaraflamalik xususiyatiga zid bo‘lmasa, shartno
ma to‘g‘risidagi umumiy qoidalar qo‘llaniladi.
1. FK fuqarolik qonunchiligining asosiy taomillari qatoriga
quyidagi qoidalarni kiritadi: «Fuqarolar (jismoniy shaxslar)
va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga, o‘z erklariga
muvofiq ega bo‘ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini
ko‘zlab amalga oshiradilar. Ular shartnoma asosida o‘z huquq va
burchlarini belgilashda va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan
har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar...» (FK
1-m.). «Majburiyat huquqi» nomli III bo‘limning ikkinchi kichik
745III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
bo‘limi shartnomalar to‘g‘risidagi umumiy qoidalarga bag‘ishlangan.
uchinchi kichik bo‘lim esa muayyan turdagi shartnomalar (oldi-sotdi,
ayirboshlash, hadya, renta, mulk ijarasi, pudrat, tashish, qarz,
kredit, sug‘urta va h.k.) bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga
soladi. Bundan tashqari qonunchilik qonunda bevosita ko‘zda
tutilmagan, ammo unga zid bo‘lmagan shartnomalar tuzilishini ham
nazarda tutadi.
2. Shartnoma tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning huquqiy asosi hisoblanadi. Tadbirkorlik
faoliyati sohasida tuzilayotgan sharnomalar xo‘jalik shartnomalari
deb ataladi. Ho‘jalik shartnomalarining muhim ahamiyatini
hisobga olib O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risi
da»gi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, unda xo‘jalik shartnomasi
tuzishning, bajarishning, o‘zgartirishning va bekor qilishning
huquqiy asoslari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlari
va majburiyatlari, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyat organ
larining hamda shartnomaviy munosabatlar ustidan davlat bosh
qaruvini amalga oshiruvchi davlat organlarining vakolatlari
belgilab qo‘yilgan.
FKning 353-moddasi shartnoma tushunchasiga ta’rif beradi.
Shartnoma to‘g‘risida mazkur moddada ko‘zda tutilgan ta’rifdan
kelib chiqadigan bo‘lsak, shartnomaning quyidagi xususiyatlarini
ajratib ko‘rsatish mumkin:
– huquqiy munosabat sifatida: u ishtirokchilarning fuqarolik
huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi, o‘zgartiradi yoki bekor
qiladi;
– majburiyatlarni keltirib chiqaruvchi yuridik fakt sifatida:
bitimning tuzilishi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni vujudga
keltiradi;
– ishtirokchilarning xohish-irodasi bilan majburiyatning yuzaga
kelishini qayd etuvchi hujjat sifatida: bitim yozma shaklda tuzi
lishi mumkin.
3. Shartnoma bitim ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi
(ikki taraflama yoki ko‘p taraflama bitim). Shu munosabat bilan
shartnomalarga nisbatan ikki- va ko‘p taraflama bitim qoidalari,
xususan, bitimlarning shakli, haqiqiy emas deb topish shartlari,
ularni haqiqiy emas deb topilishining asoslari va oqibatlari
kabi qoidalar tadbiq etiladi (qar. FKning 9-moddasiga sharh).
Shartnoma tuzish uchun ikkita yoki ko‘p taraflarning kelishilgan
xohish-irodasi ifoda topmoqligi shart. Ayni chog‘da, bir taraflama
74626-bob. Shartnoma tushunchasi va shartlari
bitimni (ya’ni shartnoma hisoblanmaydigan bitimni) tuzish uchun
bir tarafning xohish-irodasi ifoda topishi zarur va yetarli bo‘lib
hisoblanadi.
Shuningdek «shartnoma» va «majburiyat» tushunchalari ham
o‘xshash ma’noga ega emas, holbuki, majburiyatlar asosan shartnoma
lardan kelib chiqadi. Majburiyatlar shartnomalardan tashqari zarar
yetkazish, asossiz boyishdan, bir taraflama bitimlardan va h.k. ham
kelib chiqishi mumkin. (qar. FKning 8-moddasiga sharh). Shartnomada
taraflar soni ikkitadan kam emas, majburiyatlarda esa faqat
ikkita – kreditor va qarzdordan (holbuki, muayyan majburiyatda
ulardan har birida bir necha shaxs ishtirok etishi mumkin) iborat.
Nihoyat, qonunning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatishicha (sharhlanayotgan
moddaning 3-qismi), shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarga
nisbatan hamisha ham majburiyatlar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar
qo‘llanilavermaydi. Masalan, FKning 322-moddasiga muvofiq,
qarzdor tomonidan o‘z qarzini boshqa shaxsga o‘tkazilishiga faqat
kreditorning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Bu majburiyat
to‘g‘risidagi umumiy qoidalardan biri. Shu bilan bir qartorda,
FKning 492-moddasi mol-mulk majmui sifatida korxonani
kreditorning roziligisiz sotishga ruxsat etadi. Xususan, korxona
sotib oluvchiga topshirilgandan keyin qabul qilib olingan korxona
tarkibiga kiritilgan va sotib oluvchiga kreditorning roziligini
olmasdan o‘tkazilgan qarzlar yuzasidan sotuvchi va sotib oluvchiga
solidar javobgarlikka ega bo‘ladilar.
4. Yuqorida aytib o‘tilganidek, shartnomada taraflar soni
ikkita va undan ortiq bo‘lishi shart. Biroq shartnoma to‘g‘risidagi
umumiy qoidalar ikki taraflama va ko‘p taraflama shartnomalarga
nisbatan bir xilda tadbiq etilmaydi. Masalan, agar ko‘rsatib
o‘tilgan qoidalar shartnomaning ko‘p taraflamalik xususiyatiga zid
kelsa, ular mazkur shartnomaga nisbatan qo‘llanilmaydi. Misol
uchun, oddiy shirkat to‘g‘risidagi shartnomaga nisbatan majburiy
tartibda shartnoma tuzish (qar. FK, 377-m.), shartnomaning og‘zaki
shakli, shartnomani kim oshdi savdosida tuzish kabi qoidalarni
tadbiq etish mumkin emas.

Download 130,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish