Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini


-modda. Shartnomaning tuzilish payti



Download 130,44 Kb.
bet14/35
Sana02.07.2022
Hajmi130,44 Kb.
#729193
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
shartnoma sharx

365-modda. Shartnomaning tuzilish payti
Oferta yo‘llagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma
tuzilgan hisoblanadi.
Agar qonunga muvofiq shartnoma tuzish uchun mol-mulkni
topshirish ham zarur bo‘lsa, shartnoma tegishli mol-mulk topshirilgan
paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi (ushbu Kodeksning 185-moddasi).
1. Bundan avvalgi moddada (3-qism) gap shartnomani tuzishning
asosiy qoidalari haqida ketgan bo‘lsa, sharhlanayotgan moddada
shartnoma tuzilgan deb hisoblanadigan payt sifatida oferta
yo‘llagan shaxs tomonidan uning aksepti olingan payt qayd
etilmoqda.
Ko‘pgina masalalarning hal etilishi shartnoma tuzilgan paytga
bog‘liq, zero uning oqibatlari ana shu paytdan boshlab namoyon bo‘la
boshlaydi. Xuddi ana shu paytda taklif va uning qabul etilganligi
nihoyasiga yetadi.
Davomiyligiga ko‘ra akseptni olish taomili har xil muddatda
bo‘lishi mumkin. Ba’zan u ancha uzoq vaqt cho‘zilishi (masalan, agar
oferta boshqa mintaqada yashovchi shaxsga pochta orqali yo‘llangan va
undan javob olinishini bir necha kun kutishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa),
ba’zan esa juda qisqa vaqt davom etishi mumkin (masalan, sotuvchi
bozordagi tovarni muayyan shartlar asosida sotilishini shaxsan
taklif etadi, xaridor esa shu zahoti uni xarid qilish istagini
bildiradi). Elektron tijoratda shartnoma tuzish chog‘ida akseptdan
iborat bo‘lgan elektron hujjatni olingan payt deb elektron
hujjatning axborot tizimi orqali elektron hujjatini oluvchi
ko‘rsatgan elektron manzilga kelib tushgan payt e’tirof etiladi.
Taraflar yagona hujjatni tuzgan chog‘da (qar. FKning 366-moddasiga
sharh) shartnoma uning tuzilgan va imzolangan joyida va paytida
tuzilgan deb hisoblanadi.
2. Shu tariqa, umumiy qoidaga ko‘ra, oferta yo‘llagan shaxs
tomonidan uning aksepti olingan paytda shartnoma tuzilgan deb
hisoblanadi. Biroq qonunda shartnomani tuzish uchun mol-mulkni
topshirish zarurligi belgilab qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Xususan,
FKning 185-moddasiga ko‘ra, shartnoma asosida mol-mulk oluvchida
76827-bob. Shartnoma tuzish
mulk huquqi, qoidaga ko‘ra, ashyo topshirilgan paytdan boshlab
vujudga keladi. Bunday holatlarda oferta yo‘llagan shaxsning
aksept olgan paytdan emas, tegishli mol-mulk topshirilgan paytdan
shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi. Xuddi shu kabi, FKning
732-moddasiga binoan qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan
paytdan tuzilgan deb hisoblanadi.

Download 130,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish