362-modda. Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnoma
Taraflar qarzdor ijroni kreditorga emas, balki shartnomada
ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmagan, qarzdordan majburiyatni o‘z foy
dasiga bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘lgan uchinchi shaxsga
bajarishi majbur deb belgilab qo‘ygan shartnoma uchinchi shaxs
foydasiga tuzilgan shartnoma deyiladi.
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda
tutilgan bo‘lmasa, uchinchi shaxs shartnoma bo‘yicha o‘z huquqidan
foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar
o‘zlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor
qilishlari yoki o‘zgartirishlari mumkin emas.
Qarzdor kreditorga qarshi qo‘yishi mumkin bo‘lgan e’tirozlarini
shartnomada uchinchi shaxsning talablariga qarshi qo‘yishga haqli.
Uchinchi shaxs shartnoma bo‘yicha o‘ziga berilgan huquqdan
foydalanishdan voz kechgan taqdirda, basharti qonun hujjatlari va
shartnomaga zid bo‘lmasa, kreditor bu huquqdan foydalanishi mumkin.
1. Shartnoma bo‘yicha huquqlar va majburiyatlar umumiy qoidaga
ko‘ra bevosita shartnoma taraflari uchun vujudga keladi. Shu
bilan birga, taraflar shartnomada qarzdorning majburiyatini
kreditorga emas, balki uchinchi shaxsga ijro etilishini belgilab
qo‘yishlari mumkin. Bu holda sharhlanayotgan moddada uchinchi
shaxsni shartnomada aniq ko‘rsatish shart ekanligi belgilanmagan.
Ko‘rsatilgan shaxs majburiyatni o‘z foydasiga bajarilishini talab
etish huquqiga ega ekanligining ko‘rsatilishi shartnomaning
zaruriy alomati bo‘lishi zarur. Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan
shartnoma xuddi shu jihati bilan taraflar uchinchi shaxs tomonidan
qarzdorga mustaqil ravishda talab qo‘yishi ko‘zda tutilmaydigan
uchinchi shaxs foydasiga voz kechilgan shartnomadan ajralib turadi.
2. Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomaga misol tariqa
sida yukni (bagajni) tashish shartnomasini, sug‘urta shartnomasini
ko‘rsatib o‘tish mumkin. Xususan, FKning 711-moddasiga ko‘ra, yuk
tashish shartnomasi bo‘yicha yuk tashuvchi yuk jo‘natuvchi tomonidan
o‘ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib
berish va uni olishga vakolat berilgan shaxsga (oluvchiga) topshirish,
yuk jo‘natuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni
to‘lash majburiyatini oladi. FKning 915-moddasiga binoan, mulkiy
sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sug‘urtalovchi) shartnomada
763III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga shartnomada nazarda
tutilgan voqea (sug‘urta hodisasi) sodir bo‘lganda boshqa tarafga
(sug‘urta qildiruvchiga) yoki shartnoma qaysi shaxsning foydasiga
tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga (naf oluvchiga) bu hodisa oqibatida
sug‘urtalangan mulkka yetkazilgan zararni yoxud sug‘urtalanuvchining
boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog‘liq zararni shartnomada
belgilangan summa (sug‘urta puli) doirasida to‘lash (sug‘urta tovoni
to‘lash) majburiyatini oladi.
3. Sharhlanayotgan moddada shartnoma bo‘yicha uchinchi shaxsning
huquqlari vujudga kelishi uchun uchinchi shaxs tomonidan xohish-
iroda bildirilish zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatma mavjud emas.
Ayni chog‘da, uchinchi shaxs qarzdorga o‘z foydasiga belgilangan
foydadan foydalanish istagini bildirsa, shartnoma tuzayotgan
taraflar uning roziligisiz shartnomani bekor qilish yoki
o‘zgartirish huquqidan mahrum bo‘ladilar. Mazkur me’yor dispozitiv
xususiyatga ega, ya’ni faqat qonun hujjatlarida va shartnomada
boshqa qoida ko‘zda tutilmagan holda tadbiq etiladi. Masalan,
FKning 945-moddasida sug‘urtalovchi shartnomada ko‘rsatilgan naf
oluvchini, uning roziligini olmay almashtirish huquqi ko‘zda
tutilgan.
Qarzdorning uchinchi shaxsning talabiga nisbatan e’tirozi, xusu
san, bajarish mumkin bo‘lmaganligi va buning uchun qarzdor javob
bermasligi bilan bog‘liq bo‘lishi, shartnomaning shartlaridan,
masalan uning shartlari bajarilmayotganidan kelib chiqishi mumkin.
Agar uchinchi shaxs o‘ziga shartnomada berilgan huquqdan voz
kechsa, bu huquq kreditorga o‘tadi, bu qoidadan ana shunday o‘tkazish
qonun bilan yoki shartnomada taqiqlangan holatlar istisno etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |