Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini



Download 130,44 Kb.
bet10/35
Sana02.07.2022
Hajmi130,44 Kb.
#729193
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Bog'liq
shartnoma sharx

361-modda. Dastlabki shartnoma
Dastlabki shartnoma bo‘yicha taraflar kelgusida mol-mulk
berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish haqida dastlabki
shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida shartnoma tuzish
(asosiy shartnoma) majburiyatini oladilar.
Dastlabki shartnoma asosiy shartnoma uchun belgilangan shaklda,
bordi-yu, asosiy shartnomaning shakli aniqlanmagan bo‘lsa, yozma
shaklda tuziladi. Dastlabki shartnomaning shakli to‘g‘risidagi
qoidalarga rioya qilmaslik uning haqiqiy sanalmasligiga sabab
bo‘ladi.
Dastlabki shartnomada asosiy shartnomaning narsasini, shuning
dek boshqa muhim shartlarini belgilab qo‘yish imkonini beradigan
shartlar bo‘lishi kerak.
Dastlabki shartnomada taraflar qancha muddatda asosiy shart
nomani tuzish majburiyatini olishi ko‘rsatiladi. Agar dastlabki
shartnomada bunday muddat belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, asosiy
shartnoma dastlabki shartnoma tuzilgan paytdan boshlab bir yil
ichida tuzilishi shart.
Dastlabki shartnomani tuzgan taraf asosiy shartnomani tuzishdan
bosh tortgan taqdirda ushbu Kodeks 377-moddasining oltinchi va
yettinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.
Agar taraflar asosiy shartnomani tuzishlari lozim bo‘lgan
muddatning oxirigacha u tuzilmasa yoki taraflarning birontasi
ham ikkinchi tarafga ana shunday shartnoma tuzish haqida taklif
yubormasa, dastlabki shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar
bekor bo‘ladi.
1. Dastlabki shartnomaning narsasi kelgusida asosiy deb
ataluvchi boshqa shartnomani tuzishdan iboratdir. Binobarin,
asosiy shartnoma tuzilishi bilan dastlabki shartnomadan ko‘zda
tutilgan maqsadga erishiladi. O‘z navbatida, mazkur asosiy
761III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
shartnomaning narsasi mol-mulk berish, ishlar bajarish yoki
xizmatlar ko‘rsatishdan iborat, ya’ni u muayyan iqtisodiy natijaga
erishishga yo‘naltirilgandir.
2. Dastlabki shartnomaga qo‘yiladigan bosh talablardan biri
sifatida qonunda shartnomaning shakli ajratib ko‘rsatiladi, ya’ni
uning shakli kelgusida tuziladigan shartnomaning shaklida bo‘lishi
zarur. Masalan, asosiy shartnomaning narsasi agar ko‘char mulkni
boshqa shaxsga renta to‘lash asosida o‘tkazilishidan iborat bo‘lsa,
dastlabki shartnoma ham FKning 513-moddasi talabiga muvofiq,
notarial tasdiqlangan bo‘lishi shart. Agar asosiy shartnomaning
shakli belgilangan bo‘lmasa, har qanday holatda ham dastlabki
shartnoma yozma shaklda tuzilishi shart.
3. Sharhlanayotgan moddada, shuningdek, dastlabki shartnoma
qanday shartlardan tarkib topishi zarurligi ham belgilab
qo‘yilgan. Bu asosiy shartnomaning narsasini, shuningdek, boshqa
muhim shartlarini belgilab qo‘yish imkonini beradigan shartlar,
ya’ni ularsiz asosiy shartnoma tuzilgan deb hisoblanishi mumkin
bo‘lmagan shartlardir (qar. FKning 364-moddasiga sharh).
Dastlabki shartnomaga taraflarning ixtiyoriga muvofiq asosiy
shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni belgilash va
bajarishga oid boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Shu tariqa
dastlabki shartnoma asosiy shartnoma bilan chambarchas bog‘liqdir.
Umumiy qoidaga ko‘ra, dastlabki shartnomada taraflar asosiy
shartnomani tuzish muddatini ko‘rsatib qo‘yadilar. Agar u yoki
bu sabablarga ko‘ra bu ishni bajarmagan bo‘lsalar, dastlabki
shartnoma tuzilganidan keyin bir yil ichida asosiy shartnoma
tuzilishi shart. Bu holda, agar ko‘rsatilgan muddatlar tugaguncha
asosiy shartnoma tuzilmaydigan bo‘lsa yoki taraflardan birontasi
ikkinchi tarafga ana shunday shartnomani tuzish to‘g‘risida taklif
yubormasa, dastlabki shartnomada ko‘zda tutilgan majburiyatlar
bekor bo‘ladi. Shunga e’tibor qilish kerakki, agar ko‘rsatilgan
muddatlar ichida taraf tegishli taklifni yuborishga ulgursa-yu,
ammo asosiy shartnomani tuzish taomili cho‘zilib ketsa va natijada
ko‘rsatilgan muddat o‘tkazib yuborilsa, dastlabki shartnoma toki
asosiy shartnoma tuzilguncha kuchda qolaveradi.
Dastlabki shartnoma shartnomaviy aloqalarning mustahkamla
nishiga ko‘maklashadi, u kelgusida asosiy shartnomani tuzishning
muhim kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Taraflardan biri asosiy
shartnomani tuzishdan asossiz ravishda bo‘yin tovlasa, boshqa taraf
sud tartibida bo‘yin tovlayotgan tarafni majburiy tarzda shartnoma
76226-bob. Shartnoma tushunchasi va shartlari
tuzish va o‘ziga asossiz bo‘yin tovlash natijasida yetkazilgan zararni
qoplashni talab etishga haqlidir.

Download 130,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish