Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini



Download 130,44 Kb.
bet9/35
Sana02.07.2022
Hajmi130,44 Kb.
#729193
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
shartnoma sharx

360-modda. Qo‘shilish shartnomasi
Shartlarini taraflardan biri formulyarlar yoki boshqa standart
shakllarda ta’riflagan hamda ikkinchi taraf faqat taklif qilingan
shartnomaga butunlay qo‘shilish yo‘li bilan qabul qilishi mumkin
bo‘lgan shartnoma qo‘shilish shartnomasi deyiladi.
Agar qo‘shilish shartnomasi garchi qonun hujjatlariga zid
bo‘lmasa-da, biroq qo‘shiluvchi tarafni odatda ana shunday turdagi
shartnomalar asosida beriladigan huquqlardan mahrum etsa, ikkinchi
tarafning majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarligini istisno
etsa yoki cheklasa yoxud unda qo‘shilgan taraf uchun ochiqdan-ochiq og‘ir
bo‘lgan, bu tarafda shartnoma shartlarini belgilashda qatnashish
imkoniyati bo‘lganida u o‘zining manfaatlarini ko‘zlab qabul
qilmaydigan shartlar yozib qo‘yilgan bo‘lsa, shartnomaga qo‘shilgan
taraf shartnomani bekor qilishni yoki o‘zgartirishni talab qilishga
haqli.
Ushbu moddaning 2-qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud
bo‘lganida o‘z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati
bilan shartnomaga qo‘shilgan taraf qanday shartlar asosida shartnoma
tuzayotganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, shartnomaga
qo‘shilgan tarafning shartnomani bekor qilish yoki o‘zgartirish haqi
da qo‘ygan talabi qondirilmaydi.
759III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
1. Qo‘shilish shartnomasining sharti hamisha shartnoma tuzishni
taklif etayotgan shartnomaning bitta tarafidan avvaldan belgilab
qo‘yiladi. Bu shartlar formulyarlar yoki boshqa standart shakllarda
ta’riflagan bo‘lib, taklif etayotgan taraf qanday shartlar asosida
shartnoma tuzmoqchi ekanligini aniq va bir ma’noda ifodalab
berishi shart. Tipovoy va namunaviy shartnomalardan farqli
o‘laroq, bunday formulyarlar, boshqa standart shakllar davlat
organlari tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi.
Qo‘shilish shartnomalari turli sohalarda keng tarqalgan.
Bunday shartnomalarga misol tariqasida kommunal xizmatlardan
foydalanish, aloqa, mehmonxonalar, transport xizmatlaridan
foydalanish bitimlarini ko‘rsatish mumkin.
2. Qo‘shilish shartnomasining shartlari ikkinchi tarafdan yo
to‘lig‘icha qabul qilinishi, yoki to‘lig‘icha rad etilishi mumkin, ya’ni
unga nisbatan kelishmovchilik (e’tiroz) bayonnomasini tuzish yoxud
e’tirozlarni boshqa shaklda izhor etib taqdim qilish mumkin emas.
Taklif etilgan shartnomaga qo‘shilish shartnomaning formulyarlar,
boshqa standart shakllarda bayon etilgan barcha shartlarining
qabul etilganligini bildiradi. Shartnomaga qo‘shilganlik
uning shartlariga rozi bo‘lgan taraf taklif etilgan shartnomani,
formulyarni, boshqa standart shaklni imzolashi orqali bajargan
konklyudent xatti-harakati (ya’ni tarafning huquqiy munosabatga
kirishish to‘g‘risidagi xohish-irodasini og‘zaki yoki yozma shaklda
ifodalab emas, balki ana shunday maqsad mavjudligi to‘g‘risida
xulosa chiqarish mumkin bo‘lgan xatti-harakatlari bilan ifoda
etish) orqali ifoda topadi.
3. Mazkur moddada qo‘shilayotgan tarafning kimligiga bog‘liq
ravishda shartnomani bekor qilish yoki o‘zgartirishni talab
etishning turli imkoniyatlari belgilangan.
Agar bunday taraf jismoniy shaxs bo‘lsa yoki o‘zining tadbir
korlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda
shartnoma tuzayotgan yuridik shaxs bo‘lsa, ular shartnomaning
bekor qilinishini yoki o‘zgartirilishni quyidagi hollarda: agar
qo‘shiluvchi tarafni odatda ana shunday turdagi shartnomalar
asosida beriladigan huquqlardan mahrum etsa; ikkinchi tarafning
majburiyatlarni buzganlik uchun formulyarni yoki boshqa standart
shaklni tuzgan taraf javobgarligini istisno etsa yoki cheklasa
(qar. FKning 332-moddasiga sharh); shartnomada qo‘shilgan taraf
uchun ochiqdan-ochiq og‘ir bo‘lgan boshqa shartlar mavjud bo‘lsa talab
etishlari mumkin.
76026-bob. Shartnoma tushunchasi va shartlari
Agar qo‘shilayotgan taraf jismoniy yoki yuridik shaxs bo‘lib,
o‘zining tadbikorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq
ravishda shartnoma tuzayotgan bo‘lsa, ularning huquqlari birmuncha
cheklangan. Ular shartnomani bekor qilishni yoki o‘zgartirishni
shartnoma qanday shartlar asosida tuzilayotganligini bilmagan
yoki bilishi lozim bo‘lmagan ekaligini isbotlagan taqdirda talab
etishlari mumkin.
Ta’kidlash joizki, har qanday holda ham, har bir qo‘shilgan
taraf agar shartnomaning shartlari qonunchilikka zid bo‘lsa shart
nomaning ayrim shartlarini yoki qo‘shilish shartnomasini butunlay
haqiqiy emas deb e’tirof etilishini talab qilishga haqlidir.

Download 130,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish