Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini



Download 130,44 Kb.
bet19/35
Sana02.07.2022
Hajmi130,44 Kb.
#729193
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Bog'liq
shartnoma sharx

370-modda. Aksept
Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi
javobi aksept hisoblanadi.
Aksept to‘liq va pisandasiz bo‘lishi kerak.
Agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish
bo‘yicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha ma’no kelib chiqmasa,
sukut saqlash aksept bo‘lmaydi.
Ofertani akseptlash uchun belgilangan muddatda olgan shaxsning
unda ko‘rsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan
harakatlari (tovarlarni jo‘natish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar
bajarish, tegishli summani to‘lash va h.k.), agar qonun hujjatlarida
yoki ofertada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoki ko‘rsatilmagan
bo‘lsa, aksept hisoblanadi.
1. Aksept ofertaning shartlariga rozilik ifodasi bo‘lib,
og‘zaki yoki yozma shaklda izhor etiladi. Bunda akseptning shartlari
ofertadagi shartlar bilan to‘la mos kelishi shart. Shartnomaviy
majburiyat yuzaga kelishi uchun aksept ofertani yuborgan shaxsga
bildirilishi shart.
Qonunda aksept to‘liq va pisandasiz bo‘lishi shartligi belgilab
qo‘yilgan.
Akseptning to‘liq bo‘lishining ma’nosi shuki, ofertani olgan
shaxs uni yoki to‘laligicha qabul qilishi, yoki xuddi shu kabi to‘lig‘icha
rad etishi mumkin. Boshqacha aytganda, ofertaning bir qismini
qabul qilib, boshqa qismidan bosh tortish mumkin emas.
Akseptning pisandasiz bo‘lishining ma’nosi shuki, oferta
qanday ko‘rinishda tuzilgan bo‘lsa, o‘sha holicha, hech qanday muqo
bil takliflar kiritilmasdan qabul qilinadi. Boshqacha ayt
ganda, ofertani muayyan pisandalar, undagi u yoki bu shartlarga
qo‘shimchalar, o‘zgartishlar bilan qabul qilinmaydi. Aks holda bu
akseptni rad etish va o‘z navbatida yangi ofertani taklif etish
bo‘lib qoladi (qar.FKning 375-moddasiga sharh).
Umumiy qoidaga ko‘ra, aksept shakli oferta shakliga bog‘liq,
ya’ni oferta yozma shaklda yo‘llangan bo‘lsa, aksept ham yozma shakl
da bo‘lishi shart. Biroq ayrim holatlarda aksept tuzilgan deb
hisoblanishi uchun ofertani olgan shaxsning sukut qilishi yetarli
775III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
bo‘ladi. Bunday holatlar qonunda ko‘zda tutilgan bo‘lishi, ish
muomalasi odatlaridan kelib chiqishi yoki taraflarning avvalgi
ish munosabatlaridan kelib chiqishi mumkin. Xususan, bank
amaliyotida mijozlar odatda o‘z jamg‘armalariga belgilangan foiz
miqdorining oshirilishiga sukut bilan rozi bo‘ladilar. Avvalgi
ish munosabatlariga, masalan, tovarga buyurtmalarni yetkazib
beruvchi hech qanday akseptsiz tovarni jo‘natib yuborish holatini
ko‘rsatishi mumkin.
2. Akseptning yana bir shakli oferta olgan shaxs tomonidan,
agar qonunda boshqa qoida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa yoki ofertaning
o‘zida ko‘rsatilgan bo‘lmasa, konklyudent harakatlarning amalga
oshirilishi hisoblanadi. Biroq bunday harakatlar aksept uchun
o‘rnatilgan muddat ichida bajarilishi shart. Masalan, buyurtmachi
ofertada ko‘rsatilgan shartlar asosida xizmatlar uchun oldindan
to‘lovni amalga oshiradi yoki ofertada ko‘zda tutilgan muayyan
ishlarni bajaradi. Konklyudent harakatlar yozma shakldagi, xuddi
shu kabi og‘zaki shakldagi ofertalarga javoban amalga oshirilishi
mumkin. Bu holda FKning 366-moddasiga muvofiq, bunday
harakatlarni bajarish chog‘ida shartnomaning yozma shakliga rioya
etilgan deb hisoblanadi.

Download 130,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish