nomidan harakat qiladi.
Ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda ko‘rsatilgan hollarda ashyoni
yoki mulkiy huquqni sotish to‘g‘risidagi shartnomalar faqat kim oshdi
savdosi o‘tkazish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
Kim oshdi savdosi auksion yoki tanlov shaklida o‘tkaziladi.
Kim oshdi savdosining shakli, agar qonunda boshqacha tartib
belgilangan bo‘lmasa, sotiladigan ashyoning mulkdori yoki sotiladigan
mulkiy huquqning egasi tomonidan belgilanadi.
Faqat bitta ishtirokchi qatnashgan auksion va tanlov o‘tkazil
magan hisoblanadi.
78427-bob. Shartnoma tuzish
Ushbu Kodeksning 380 va 381-moddalarida nazarda tutilgan qoida
lar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo‘lmasa, sud qarorini ijro etish tartibida o‘tkaziladigan kim oshdi
savdosiga nisbatan ham qo‘llaniladi.
1. Shartnoma tuzishning usullaridan biri kim oshdi savdosini
o‘tkazishdir. Kim oshdi savdolariga ashyolar, shu jumladan mulkiy
huquqlar kabi fuqarolik huquqlarining ob’ektlari qo‘yilishi
mumkin (FK 81-moddaga bo‘lgan sharhlarga qarang). Qoidaga ko‘ra,
bunday usul bilan har qanday shartnoma tuzilishi mumkin. Kim
oshdi savdosini o‘tkazish yo‘li bilan shartnoma tuzishning yagona
cheklanishi shartnoma mohiyati bo‘lishi mumkin. Masalan, hadya
shartnomasi, garov shartnomasi kabi shartnomalarni kim oshdi
savdosini o‘tkazish yo‘li bilan tuzish, bu shartnomalarning mohiya
tiga zid bo‘lar edi.
Agar ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egasi shartnomaning
bitta tomoni bo‘lsa, unda boshqa tomoni kim oshdi savdosi g‘oli
bidir. Kim oshdi savdosining g‘olibi bilan shartnoma tuzish
ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egalarining manfaatlariga
eng ko‘p darajada javob beradi.
2. Ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egasining o‘zi kim oshdi
savdosini tashkil qilishi yoki uni ixtisoslashgan tashkilotga
topshirishi mumkin. Ixtisoslashgan tashkilot tijorat tashkiloti
bo‘lib, uning asosiy faoliyat turi kim oshdi savdolarini tashkil
qilish bo‘lishi shart. Shuni ta’kidlash lozimki, faoliyatning
ushbu turi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2001 yil 12 maydagi 222‑sonli qarori bilan tasdiqlangan,
litsenziyalar talab qilinadigan «Faoliyat turlarining ro‘yxati»ga
kiritilmagan. Shu bilan birga, ixtisoslashgan tashkilot turi
qonunda belgilangan bo‘lishi mumkin. Jumladan, avtomototransport
vositalari va ko‘chmas mulkni, shu jumladan yer uchastkasi, qurilishi
tugallanmagan ob’ektlar, ko‘chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga
olish huquqi, yer uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlar, aqliy
faoliyat natijalariga va individuallashtirish vositalariga bo‘l
gan mulkiy huquqlarni sotish bo‘yicha sud hujjatlari va boshqa
organlar hujjatlarini ijro etishda mulkni sotish maxsus
ajratilgan savdo maydonchalarida birjalar tomonidan amalga
oshiriladi (O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va bosh
qa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘rida»gi Qonunning
56-moddasi).
785III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
Ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egasi, kim oshdi savdosi
o‘tkazilishini ixtisoslashgan tashkilotga topshirilishi holatida u
bilan topshiriq shartnomasi yoki vositachilik shartnomasini tuzadi.
3. Sharhlanayotgan modda savdoning ikkita shaklini, ya’ni auk
sion va tanlovni nazarda tutadi. Auksionda sotilayotgan mol-
mulk uchun eng yuqori bahoni taklif etgan shaxs g‘olib chiqqan deb
e’tirof etiladi. Tanlovda esa ashyo yoki mulkiy huquqni sotib
olishning eng yaxshi shartlarini taklif qilgan shaxs g‘olib deb tan
olinadi. Masalan, davlat aktivlarini sotishda, birinchi navbatda,
yangi ish joylarini tashkil qilishni, xususiylashtiriladigan
korxonalarning samarali foyda keltiruvchi faoliyatini, ulardagi
ishlab chiqarish hajmlarining o‘sishini ta’minlaydigan shartlar
belgilanadi. Qonunchilikda, shuningek, «tanlov» tushunchasiga
o‘xshash bo‘lgan «tender» tushunchasi ham qo‘llaniladi.
Kim oshdi savdosini o‘tkazish yo‘li bilan shartnoma tuzish
masalasi ashyoning mulkdori yoki mulkiy huquq egasining o‘zi
tomonidan hal qilinadi. Jumladan, davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirishning shakllaridan biri bo‘lgan davlat mulkini
nodavlat yuridik shaxslarga va jismoniy shaxslarga tanlov bo‘yicha
auksionda sotish (O‘zbekiston Respublikasi «Davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi» Qonunning 6-moddasi).
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2000 yil 21 noyabrdagi «Tender savdolarini tashkil qilishni
takomillashtirish bo‘yicha chora‑tadbirlar to‘g‘risida»gi 456‑sonli
qaroriga muvofiq, davlat byudjeti, byudjetdan tashqari
maqsadli jamg‘armalar, hamda xalqaro va chet ellik moliyaviy
institutlari tomonidan, hukumat kafolati ostida beriladigan
xorijiy grantlar va kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan
bitta kontrakt bo‘yicha chet ellik va mamlakatimiz xom ashyosi,
materiallar, butlovchi ashyolar va asbob‑uskunalarni 100 ming
AQSh dollariga teng miqdordan ortiq sotib olish tender
asoslarida amalga oshiriladi. Xom ashyo, materiallar, butlovchi
ashyolar va asbob-uskunalar xarid qilishga yo‘naltiriladigan
davlat byudjeti, davlat byudjetida jamlanadigan byudjetdan
tashqari maqsadli jamg‘armalar mablag‘laridan, hukumat kafolati
ostida beriladigan xorijiy kreditlar va xorijiy grantlardan
foydalanish samaradorligini oshirish hamda xarid qilinadigan
xom ashyo, materiallar, butlovchi ashyolar va asbob-uskunalar
sifatini oshirish tenderlar o‘tkazishning maqsadi hisoblanadi.
Tovarlar, ishlar va xizmatlarning barcha turlarini sotib olishda
78627-bob. Shartnoma tuzish
byudjet mablag‘larini oluvchilar ko‘rsatilgan qoidalarga amal
qilishlari kerak. Shu bilan birga, Fuqarolik kodeksida yoki
boshqa qonunda belgilangan bo‘lsa, shartnomalar tuzilganda kim
oshdi savdolarini o‘tkazish majburiydir. Xususan, tugatilayotgan
yuridik shaxsning mol‑mulkini sotish kim oshdi savdolarida amalga
oshiriladi (FK 55-moddasi). Umumiy mulk huquqida qarzdorning
ulushiga undiruvni qaratish mazkur ulushni kim oshdi savdolarida
sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi (FK 227-moddasi). Garovdagi
mol-mulkni sotish kim oshdi savdolarida sotish orqali amalga
oshiriladi (FK 281-moddasi). Tabiiy monopoliyalar sub’ektlari
narxlarini (tariflari) yoki ularning so‘nggi darajalarini tasdiq
lashda hisobga olinadigan tanlov asosida asosiy vositalar
sotilishini amalga oshirishga majburlar (O‘zbekiston Respublikasi
«Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi Qonunning 15-moddasi).
4. Umumiy qoidaga ko‘ra, kim oshdi savdosining shakli (auksion
yoki tanlov) sotiladigan ashyoning mulkdori yoki sotiladigan
mulkiy huquqning egasi tomonidan belgilanadi. Agar qonunda
kim oshdi savdosining shakli bevosita belgilangan bo‘lsa, ular
xuddi shu shaklda o‘tkaziladi. Masalan, mahsulot taqsimotiga oid
bitim bo‘yicha ishlarni bajarishning asosiy shartlaridan biri,
kelishuv bo‘yicha ishlarni yuritish uchun texnika, asbob‑uskunalar
va texnologiyalarni faqat tanlov asosida sotib olishdir (texnika
va asbob‑uskunalarni tezkor sotib olishni talab qiluvchi texnogen
falokatlar va fors‑major vaziyatlar bundan mustasno). (O‘zbekiston
Respublikasi «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘rida»gi
Qonunning 12-moddasi). Ustav jamg‘armasida davlat ulushi ellik
foizdan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida auditorlik tekshi
ruvlarini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash tanlov
asosida amalga oshiriladi (O‘zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘rida»gi
Qonunining 111-moddasi). Shunday qilib, ko‘rsatilgan hollarda kim
oshdi savdosining shakli tanlov qonunlar bilan belgilangan.
5. Kim oshdi savdolarining ma’nosidan kelib chiqqan holda,
agar ularda faqat bitta ishtirokchi qatnashsa, kim oshdi savdosi
o‘tkazilmagan hisoblanadi. Bunday hollarda takroriy kim oshdi
savdosi boshlang‘ich sotish narxini kamaytirish yoki kim oshdi
savdosi boshqa shartlarini o‘zgartirish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2009 yil 29 yanvarda 27‑sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat
aktivlarini birjadan tashqari savdolarda, shu jumladan inves
787788
III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
titsion majburiyatlar bilan sotish tartibi to‘g‘rida»gi Nizom,
davlat aktivlarini sotish bo‘yicha kim oshdi savdolarining
o‘tkazilmagan deb topilgan hollarda bir necha marta takroriy kim
oshdi savdolarining o‘tkazilishini nazarda tutadi. Auksion yoki
tanlov (tender) o‘tkazilmaganligi to‘rt marotaba e’lon qilinganidan
keyin davlat aktivi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
usullar bilan sotiladi.
6. FKning keyingi 380 va 381-moddalari kim oshdi savdolarini
tashkil qilish va o‘tkazish masalalarini tartibga soladi hamda
savdolarni o‘tkazish qoidalarining buzilish oqibatlarini belgi
laydi. Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo‘lsa, ushbu moddalarning qoidalari sud qarorini bajarish
tartibida o‘tkaziladigan kim oshdi savdolariga nisbatan ham
qo‘llaniladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2006 yil 31 avgustdagi PQ –458‑sonli qarori bilan «Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda
avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish tartibi
to‘g‘rida»gi Nizom tasdiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |