hujjatlarida boshqa muddatlar belgilangan bo‘lmasa yoki taraflar ularni kelishib olgan bo‘lmasalar, qo‘llaniladi. Agar ushbu Kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq shartnoma tuzishi majburiy bo‘lgan taraf uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi taraf uni shartnoma tuzishga majbur qilish talabi bilan sudga murojaat qilishga haqli. 781III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
Shartnoma tuzishdan asossiz bo‘yin tovlayotgan taraf shu tufayli yetkazilgan zararlarni boshqa tarafga to‘lashi kerak. 1. Umumiy qoidaga ko‘ra, shartnoma tuzishga majburlashga yo‘l
qo‘yilmaydi. Bu umumiy qoidadan quyidagi holatlar istisno
etiladi: shartnomani tuzish majburiyati Fuqarolik kodeksida yoki
boshqa qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa yoxud majburiyat olingan
bo‘lsa. Mana shunday istisnolar to‘g‘risida FKning 354-moddasiga
sharhlarda yoritilgan.
Sharhlanayotgan moddada shartnoma tuzish majburiy hisoblangan
ikkita holatni – oferta yo‘llangan tomonning shartnoma tuzishga
majbur hisoblangan va oferent uchun shartnoma tuzish majburiy
hisoblangan holat ko‘rib chiqilgan.
Shartnoma tuzish oferta (shartnoma loyihasi) yo‘llangan
tomon uchun majburiy bo‘lgan holatda, bu taraf o‘ttiz kun ichida
boshqa tarafga tegishli xabarnomani yuborishi shart. U quyidagi
ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Aksept to‘g‘risidagi xabarnoma. Oferent uni olgan paytdan
boshlab shartnoma tuzilgan hisoblanadi (qar. FKning 365-moddasiga
sharh).
Akseptdan bosh tortish to‘g‘risidagi xabarnoma. Bu oferta
yo‘llangan taraf shartnoma tuzishdan bosh tortishini bildiradi,
bu o‘z navbatida oferentga shartnomani majburiy tuzish masalasida
sudga murojaat qilish huquqini beradi.
Aksept orqali ofertada taklif etilgan shartlardan boshqacha
shartlar asosida tuzish talabini qo‘yish. Biroq bunday xabarnoma
FKning 375-moddasida keltirilgan qoidadan farqli o‘laroq, aksept
tuzilganligini bildiradi. Bu holda shartnomaning imzolangan
loyihasi bilan birga oferentga kelishmovchiliklar bayonnomasi ham
qo‘shib yuboriladi.
2. E’tibordan chetda qoldirmaslik lozimki, aksept uchun muddat
(30 kun) Fuqarolik kodeksida, ya’ni qonun bilan o‘rnatilgan va bu
muddat ofertani olingan kundan boshlab hisoblanadi. Bundan
tashqari, shartnomaning taklif etilayotgan shartlarini ko‘rib
chiqish va javob yozish ofertani olgan shaxsning huquqi emas, balki
majburiyatidir.
Oferent tomonidan olingan oferta boshqa shartlar asosida
akseptlangani to‘g‘risidagi xabarnoma oferentga vujudga kelgan
kelishmovchiliklarni sud muhokamasiga taqdim etish huquqini
beradi. Bu holda u sudga ana shunday xabarnomani olganidan
keyin o‘ttiz kun ichida murojaat etishga haqlidir. Xabarnomani
78227-bob. Shartnoma tuzish
olgani to‘g‘risida dalil sifatida kvitansiyalar, pochta jo‘natmasi
topshirilgani to‘g‘risidagi xabarnoma, olinganini tasdiqlovchi
telegramma va h.k. xizmat qilishi mumkin. Oferent, shuningdek,
oferta yo‘llangan shaxsdan biror-bir xabarnoma olmasa ham, aksept
uchun berilgan muddat davomida, ya’ni o‘ttiz kun ichida sudga
murojaat etishga haqlidir (qar. sharhlanayotgan moddaning 1-qismi).
Bunday holda oferent o‘z huquqidan aksept muddati o‘tganidan
keyin o‘ttiz kun ichida foydalanishi mumkin.
3. Shartnomani tuzish ofertani (shartnoma loyihasini) yo‘llagan
taraf uchun majburiy bo‘lgan holatda, boshqa tomon bunga javoban
shartnoma loyihasiga kelishmovchilik bayonnomasini jo‘natishi
mumkin. Kelishmovchilik bayonnomasi o‘ttiz kun ichida yuborilishi
shart. Bunday holatda oferent kelishmovchilik bayonnomasi olganidan
keyin o‘ttiz kun ichida qanday qarorga kelganligi to‘g‘risida
xabardor etishi shart. Bunda ikki xil yo‘l tutish mumkin.
Birinchisi – shartnomani kelishmovchilik bayonnomasi asosida
qabul qilish. Bu holatda shartnoma barcha kelib chiqadigan
oqibatlari bilan tuzilgan hisoblanadi.
Ikkinchisi – kelishmovchilik bayonnomasini rad etish. Bunda
shartnoma tuzilgan bo‘lib hisoblanmaydi. Agar kelishmovchilik
bayonnomasini jo‘natgan taraf oferentdan yuqorida aytib o‘tilgan
muddatda hech qanday xabarnoma olmagan taqdirda ham, xuddi
shunday oqibat vujudga keladi. Bunday holatlarda kelishmovchilik
bayonnomasini jo‘natgan taraf vujudga kelgan nizoni sud
muhokamasiga taqdim etishga haqlidir.
Shunga e’tibor berish lozimki, majburiy tartibda shartnoma
tuzish taomiliga oid muddatlar dispozitiv xususiyatga ega. Qonun
hujjatlari bilan boshqacha muddatlar ham o‘rnatilishi yoki
taraflarning kelishuvi bilan (masalan, ofertada yoki unga berilgan
javobda) belgilanishi mumkin.
Agar shartnoma tuzishi majburiy bo‘lgan taraf uni tuzishdan
bo‘yin tovlasa, u boshqa tarafning da’vosi asosida sud qarori bilan
shartnomani tuzishga majbur qilinishi mumkin. Bo‘yin tovlagan
tarafga boshqa salbiy oqibatlar ham kelib chiqadi. U boshqa tarafga
bo‘yin tovlash tufayli yetkazilgan zararni qoplab berishi zarur.
FKning 14-moddasiga muvofiq, agar qonun yoki shartnomada zararni
kamroq miqdorda to‘lash nazarda tutilmagan bo‘lsa, huquqi buzilgan
shaxs o‘ziga yetkazilgan zararning to‘la qoplanishini talab qilishi
mumkin (qar. FKning 15 va 324-moddalariga sharh).
783III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI