356-modda. Baho
Shartnomani bajarganlik uchun taraflarning kelishuvi bilan
belgilangan bahoda haq to‘lanadi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda tegishli vakolatga ega bo‘lgan
davlat organlari belgilaydigan yoki tartibga soladigan baholar
(tariflar, rassenkalar, stavkalar va h.k.) qo‘llaniladi.
Shartnoma tuzilganidan keyin bahoni o‘zgartirishga qonun
hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda va shartlarda
yo‘l qo‘yiladi.
Haq to‘lashni nazarda tutadigan shartnomada baho nazarda tutil
magan va shartnoma shartlari bo‘yicha belgilanishi mumkin bo‘lmagan
hollarda shartnomani bajarganlik uchun o‘xshash vaziyatlarda odatda
shunday tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan baho bo‘yicha
haq to‘lanishi kerak.
1. Baho haq evaziga tuziladigan (evazli) shartnomaning muhim
shartlaridan hisoblanadi. Shartnomaning boshqa shartlari kabi,
baho ham taraflarning erkin xohish-irodasiga asoslangan keli
shuviga binoan belgilanadi.
Faqat qonunda nazarda tutilgan holatlardagina vakolatli
davlat organlari tariflarni, narxlarni, ustamalarni va sh.k
tartibga solib turadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining
«Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat
to‘g‘risida»gi Qonuni asosida Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 31
martdagi 165-sonli Qarori qabul qilingan bo‘lib, unda «Narxlar
(tariflar)ni shakllantirish va ularning qo‘llanilishini nazorat
qilish tartibi» tasdiqlangan. Mazkur Tartibda narxlarni davlat
tomonidan tartibga solishning quyidagi usullari ko‘zda tutilgan:
– monopolist korxonalarning mahsulotlari, tovarlari va
xizmatlariga narxlar (tariflar), ustamalar yoki rentabellikning
cheklangan darajalarini deklaratsiya qilish. Deklaratsiya qilish
natijalariga ko‘ra moliya organlari deklaratsiya qilingan cheklangan
narxni (tarifni) ro‘yxatdan o‘tkazadilar;
– O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga ko‘ra belgi
langan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar joriy etish;
va joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek, davlat
boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya
753III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan yoki cheklangan narxlar
(tariflar) va ustamalar belgilash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102-sonli
«Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, davlat ko‘chmas
mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam
stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomo
nidan taqdim etilgan hamda Moliya vazirligi va Iqtisodiyot
vazirligi bilan kelishilgan ijaraning eng kam stavkalarini
hisoblab chiqish asosida tegishli koeffitsientlar belgilangan
holda har yili 31 dekabrgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
tomonidan tasdiqlanadi.
2. Umumiy qoidaga ko‘ra, shartnoma tuzilganidan keyin baho
o‘zgarishsiz qoladi. Faqat qonun hujjatlarida va shartnomada
nazarda tutilgan hollarda va shartlar asosida bahoni shartnoma
tuzilganidan keyin o‘zgartirish mumkin. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida»gi Qonunining 13-moddasiga muvofiq, nuqsonli tovar
sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib
o‘tilmagan bo‘lsa, xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda
kamaytirishni talab etishga haqlidir.
O‘xshash tovarlar, ishlar yoki xizmatlar bahosini belgilash
uchun qiyosiy vaziyatlar har bir holatda alohida aniqlanadi. Ular,
xususan, tovarning navi, rusumi, modeli, iste’mol xususiyatlariga
va h.k. bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |