Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini


-modda. Shartnoma tuzish erkinligi



Download 130,44 Kb.
bet2/35
Sana02.07.2022
Hajmi130,44 Kb.
#729193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
shartnoma sharx

354-modda. Shartnoma tuzish erkinligi
Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar.
Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, shartnoma
tuzish burchi ushbu Kodeksda, boshqa qonunda yoki olingan majburiyatda
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
747III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnomani
ham tuzishlari mumkin.
Taraflar turli shartnomalarning elementlarini o‘z ichiga
oladigan shartnoma (aralash shartnoma) tuzishlari mumkin. Aralash
shartnoma bo‘yicha taraflarning munosabatlariga, agar taraflarning
kelishuvidan yoki aralash shartnomaning mohiyatidan boshqacha tartib
anglashilmasa, elementlari aralash shartnomada bo‘lgan shartnomalar
to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.
Shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi,
tegishli shartning mazmuni qonun hujjatlarida ko‘rsatib qo‘yilgan
hollar bundan mustasno.
Shartnomaning sharti taraflar kelishuvida boshqacha tartib
belgilab qo‘yilmaganligi tufayli qo‘llaniladigan norma (dispozitiv
norma)da nazarda tutilgan hollarda taraflar o‘zaro kelishib, uning
qo‘llanishini bekor qilishlari yoki unda nazarda tutilganidan
boshqacha shartni belgilashlari mumkin. Bunday kelishuv bo‘lmaganda
shartnomaning sharti dispozitiv norma bilan belgilanadi.
Agar shartnoma shartlari taraflar yoki dispozitiv norma bilan
belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, tegishli shartlar taraflar o‘rtasidagi
munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ish muomalasi
odatlari bilan belgilanadi.
1. Shartnoma tuzish erkinligi, aytish mumkinki, shartnomaning
asosiy mohiyatini tashkil etadi. Shartnoma tuzish erkinligining
har qanday buzilishi fuqarolik qonunchiligining asosiy
taomillariga zid keladi.
Shartnoma tuzish erkinligi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida
alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy faoliyat sub’ektlari qonun
bilan taqiqlanmagan har qanday turdagi faoliyat bilan shug‘ul
lanishlari mumkin. Bularning hammasi turli xil shartnomalar
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Shartnoma tuzish erkinligi bu fuqarolar va yuridik shaxslar
ning o‘z fuqarolik huquqlarini o‘zlarining xohish-irodalariga
va manfaatlariga muvofiq vujudga keltirish va amalga oshirish
imkoniyatidir.
Shartnoma tuzish erkinligi quyidagi qoidalarda o‘z ifodasini
topadi.
2. Fuqarolar va yuridik shaxslar har qanday turdagi shartno
maviy munosabatlarga kirishish yoki kirishmaslik huquqiga
egadirlar. Bunda ular o‘zlari uchun hamkor sheriklarni mustaqil
tanlaydilar. Masalan, fuqarolar yoki tashkilotlar oldi-sotdi,
pudrat, ijara va b. shartnomasini tuzish yoki tuzmaslik masalasini
o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda o‘zlari hal etadi. Xuddi shu
74826-bob. Shartnoma tushunchasi va shartlari
kabi, ular shartnomani kim bilan – fuqaro bilanmi yoki yuridik
shaxs bilan, davlat korxonasi bilanmi yoki xususiy korxona bilan,
aksiyadorlik jamiyati bilanmi yoki unitar koxona bilan, yirik
korxona bilanmi yoki kichik korxona bilan, kiyim sotuvchi tashkilot
bilanmi yoki oziq-ovqat mahsulotlari sotuvchi tashkilot bilan,
bevosita ishlab chiqaruvchi bilanmi yoki vositachi bilan va h.k.
tuzish masalasini ham o‘z ixtiyorlariga binoan hal etadilar.
Qoidaga ko‘ra, qonun shartnoma tuzishga majbur qilishni
taqiqlaydi. Faqat, FK va qonunda (qonun osti hujjatida emas)
to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan, shuningdek, taraflar ixtiyoriy
ravishda tegishli majburiyat qabul qilgan holatlarda, shaxs o‘zi
bilan shartnoma tuzishni talab qilishi mumkin. Masalan, FKning
358-moddasi tashkilotning iste’molchiga tegishli tovarlarni
berish, xizmatlar ko‘rsatish, uning uchun tegishli ishlarni baja
rish imkoniyati bo‘la turib, ommaviy shartnoma (chakana savdo,
umumiy foydalanishdagi transportda yo‘lovchi tashish, aloqa
xizmati, energiya bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona
xizmati va sh.k.) tuzishdan bosh tortishiga yo‘l qo‘ymaydi. FKning
459-moddasiga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib
berish to‘g‘risidagi buyurtma tanlov bo‘yicha joylashtirilsa, tanlov
g‘olibi deb e’lon qilingan mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi)
bilan davlat kontraktini tuzish davlat buyurtmachisi uchun
majburiy hisoblanadi. Shu kabi, agar kim oshdi savdosiga faqat
shartnoma huquqi qo‘yilgan bo‘lsa, taraflar kim oshdi savdosi tamom
bo‘lganidan hamda bayonnoma rasmiylashtirilganidan keyin bunday
shartnomani tuzishlari shart (FK, 380-m.). Taraflar ixtiyoriy
suratda tuzadigan dastlabki shartnoma asosida taraflarning qay
biri bo‘lmasin, asosiy shartnomani tuzishdan bosh tortgan taqdirda,
ikkinchi taraf sud tartibida ana shu shartnomani tuzishni talab
etishga haqli (qar. FKning 361-moddasiga sharh).
3. FKda shartnoma to‘g‘risidagi umumiy qoidalar bilan
birga, shartnomalarning muayyan turlari to‘g‘risidagi me’yorlar
ham mavjud bo‘lib, ular alohida boblarda keltirilgan. Bundan
tashqari shartnomalarning ayrim turlari bo‘yicha (masalan garov,
sug‘urta) maxsus «Garov to‘g‘risida»gi, «Ipoteka to‘g‘risida»gi,
«Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunlar ham qabul qilingan.
Bozor iqtisodiyotining, tadbirkorlikning rivojlanishi, xorijiy
investitsiyalarning ortib borishi, tashqi iqtisodiy faoliyatning
faollashtirilishi amalda yangi turdagi shartnomalarni (lizing,
franshizing) keng joriy etilishiga olib keldi.
749III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
Taraflar turli shartnomalarning elementlarini o‘z ichiga
oladigan aralash shartnoma deb ataluvchi shartnoma tuzishlari ham
mumkin. Aralash shartnoma o‘z ichiga olgan elementlardan tashkil
topuvchi shartnomalar to‘g‘risidagi qoidalar bilan tartibga
solinadi. Masalan, agar aralash shartnoma bo‘yicha taraflardan biri
ijaraga binoni topshirish majburiyatini olsa, ikkinchi taraf
esa muayyan ishni bajarishni zimmasiga olsa, bunday shartnomaga
nisbatan ijara shartnomasi va pudrat shartnomasiga oid qoidalar
tadbiq etiladi. Biroq bu dispozitiv me’yor bo‘lib hisoblanadi,
ya’ni taraflarning bitimidan yoki aralash shartnoma mohiyatidan
boshqacha qoida kelib chiqmaganligi sababli qo‘llanadi. Masalan,
oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotuvchi xaridorga sotuvdagi
tovar to‘g‘risida zarur va ishonchli axborotni taqdim etishi shart.
Mazkur shartnomada axborot xizmati ko‘rsatish to‘g‘risidagi
shartnoma elementlari bo‘lsa-da, faqat oldi-sotdi shartnomasi
to‘g‘risidagi qoidaning o‘zi qo‘llangani maqsadga muvofiq. Bu talab
shartnomaning mohiyatidan kelib chiqadi.
4. Umumiy qoida tariqasida shartnomaning shartlari
taraflarning ixtiyoriga ko‘ra belgilanadi, bu esa fuqarolik qonun
chiligining asosiy taomillaridan kelib chiqadi. Shartnomaning
rioya etilishi majburiy bo‘lgan shartlari faqat qonun
hujjatlarida ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin, ya’ni bunday shartlar
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining normativ
huquqiy hujjatlari, Hukumat Qarorlari va boshqa me’yoriy-
huquqiy hujjatlar bilan nazarda tutilishi mumkin. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq,
oldi-sotdi shartnomalarining ayrim turlari uchun qoidalar, shu
ningdek, ayrim turdagi tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotish
qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari
bilan tasdiqlanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan qonun normasi asosida
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-sonli
«O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini va
O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini
ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi
Qarori qabul qilingan.
Ko‘p holatlarda qonunchilikda dispozitiv deb nomlanuvchi
me’yorlar belgilab qo‘yiladiki, ular taraflarning kelishuvi
orqali boshqa qoida o‘rnatilmagani sababidan qo‘llaniladi.
Bunday hollarda taraflar o‘z kelishuvlari orqali dispozitiv
75026-bob. Shartnoma tushunchasi va shartlari
me’yorlarning qo‘llanishini istisno etishlar yoki o‘z ixtiyorlari
bilan har qanday boshqa shartni joriy etishlari mumkin. Masalan,
taraflar shartnomada talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga
yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatilishi mumkin, bunda taraflar o‘z
kelishuvlari bilan FKning 333-moddasi qoidalarini va unga
bog‘liq boshqa normalar qoidalarini istisno etadi. Yoinki, ijara
shartnomasida taraflar ijarachi tomonidan ijaraga olingan mol-
mulkdan foydalanish natijasida olingan mahsulot, hosil va
boshqa daromadlar ijaraga beruvchining mulki bo‘lib hisoblanishi
to‘g‘risida kelishgan bo‘lsa, bu holda taraflar ixtiyoriga ko‘ra,
FKning 536-moddasi qoidasiga ko‘ra, daromad ijarachining
foydasiga emas, balki ijaraga beruvchining foydasiga o‘tadi.
5. FKning 6-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatining
biror-bir sohasida vujudga kelgan va keng qo‘llaniladigan, qonun
hujjatlarida nazarda tutilmagan xulq-atvor qoidasi, biror-
bir hujjatda yozilganligi yoki yozilmaganligidan qat’iy nazar,
ish muomalasi odati deb hisoblanadi. Shu munosabat bilan ish
muomalasi odatlari shartnomadan kelib chiqadigan taraflarning
munosabatlarini tartibga solishda muhim o‘rin tutadi. Agar
taraflar u yoki bu sabablarga ko‘ra shartnomada qandaydir shartlarni
ko‘zda tutmagan bo‘lsa va bu borada tegishli dispozitiv me’yorlar
ham mavjud bo‘lmasa, ular taraflarga o‘zlari tuzgan shartnomani
muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi. Ish muomalasi
odatlari taraflar o‘rtasida nizolarning vujudga kelishining ham
oldini oladi, mazkur shartnomadan kelib chiqadigan nizolarni
ijobiy hal etishga ko‘mak beradi.

Download 130,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish