359-modda. Shartnomaning namunaviy shartlari
Shartnomada uning ayrim shartlari tegishli turdagi shartnomalar
uchun ishlab chiqilgan namunaviy shartlar bilan belgilanishi nazarda
tutilishi mumkin.
Shartnomada namunaviy shartlarga havola qilinmagan hollarda
bunday namunaviy shartlar taraflarning munosabatlariga ish
muomalasi odatlari sifatida qo‘llaniladi.
Namunaviy shartlar namunaviy shartnoma yoki ushbu shartlarni o‘z
ichiga oluvchi boshqa hujjat shaklida ifodalanishi mumkin.
1. Mazkur modda FK 354-moddasining xususiy ko‘rinishi bo‘lib,
shartnomaning shartlarini taraflarning ixtiyoriga ko‘ra belgi
lanishiga oiddir. Taraflar uchun shartnomaning majburiy bo‘lgan
shartlaridan farqli o‘laroq (qar. FKning 358-moddasiga sharh),
namunaviy shartlar tavsiya xususiyatiga ega bo‘lib, shartnomani
tuzish chog‘ida taraflar uchun yo‘l ko‘rsatuvchi qo‘llanma xizmatini
o‘taydi.
2. Namunaviy shartnomalar, xuddi boshqacha shakldagi namunaviy
shartlar kabi, odatda me’yoriy-huquqiy hujjatlar tarkibida
bo‘ladi, ya’ni ular davlat organlari (hukumat, vazirliklar, davlat
qo‘mitalari, boshqa muassasalar, zarur hollarda xo‘jalik boshqaruv
organlari bilan kelishgan holda) tomonidan belgilanadi.
Binobarin, bu kabi namunaviy shartlar albatta e’lon qilinishi
shart. Masalan, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida Yagona
buyurtmachi xizmati tomonidan xizmat ko‘rsatish uchun mol-mulkni
«pudratchi» (uy-joy fondini saqlash va uni ta’mirlash bo‘yicha
xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlash) tashkilotlariga berish to‘g‘risida
75826-bob. Shartnoma tushunchasi va shartlari
namunaviy shartnoma (2000 yil 24 yanvardagi 22-sonli Qaror),
«Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan ko‘p kvartirali
uydagi turar joyga mo‘ljallanmagan bino mulkdori o‘rtasida»gi
Namunaviy shartnoma (2006 yil 30 maydagi 100-sonli Qaror),
«Ipoteka krediti berish to‘g‘risida»gi Namunaviy shartnoma (2009
yil 25 maydagi 148-sonli Qaror), shuningdek, Davlat Bojxona
qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi
bojxona organlari tomonidan garovdan foydalanish to‘g‘risida»gi
Nizomda (1999 yil 28 iyun ro‘yx. №757) «Garov to‘g‘risida»gi shart
nomaning namuna shakli ko‘zda tutilgan.
3. Ta’kidlash joizki, namunaviy shartlar faqat taraflar
uning qo‘llanilishini shartnomada ko‘zda tutgan, ya’ni ularga
havola etuvchi tegishli izoh berilgan hollarda tadbiq etiladi.
Shartnomada ana shunday havola izohi mavjud bo‘lmasa, namunaviy
shartlar faqat ish muomalasining odatlari sifatida qo‘llanadi.
Tabbiyki, namunaviy shartlar ish muomalasi odatlari sifatida
qo‘llanishiga shartnomaning shartlari imperativ me’yor bilan ham,
shartnoma taraflari kelishuvi bilan ham, dispozitiv me’yor bilan
ham aniqlanmagani sabab bo‘ladi, ushbu namunaviy shartlar esa,
FKning 6-moddasi talablariga muvofiq kelishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |