385-modda. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilishning
oqibatlari
Shartnoma o‘zgartirilganida taraflarning majburiyatlari o‘zgar
tirilgan holda saqlanib qoladi.
Shartnoma bekor qilinganida taraflarning majburiyatlari bekor
bo‘ladi.
Shartnoma o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan taqdirda, agar
kelishuvdan yoki shartnomani o‘zgartirish xususiyatidan boshqacha
tartib anglashilmasa, taraflar shartnomani o‘zgartirish yoki bekor
qilishga kelishgan paytdan boshlab, shartnoma sud tartibida o‘zgar
tirilgan yoki bekor qilinganida esa – sudning shartnomani o‘zgar
801III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
tirish yoki bekor qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirgan
paytdan boshlab majburiyatlar o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan
hisoblanadi.
Agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib
belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, taraflar shartnoma o‘zgartirilguncha yoki
bekor qilinguncha majburiyat bo‘yicha o‘zlari bajargan narsalarni
qaytarib berishni talab qilishga haqli emaslar.
Agar shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilishga taraflardan
birining shartnomani jiddiy buzishi asos bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi
taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish tufayli yetkazilgan
zararni to‘lashni talab qilishga haqli.
1. Shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish holatlari bo‘yicha,
sharhlanayotgan modda ular uchun turli oqibatlarni belgilaydi. Agar
shartnomani o‘zgartirishda undan kelib chiqadigan majburiyat amal
qilishni o‘zgartirilgan ko‘rinishda davom etsa, unda shartnomani
bekor qilishda taraflarning majburiyatlari to‘liq bekor bo‘ladi.
Shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish asoslariga qarab,
shartnomaning o‘zgartirish yoki bekor qilish oqibatlari boshla
nishining turli muddatlari belgilangan.
Masalan, umumiy qoidaga ko‘ra taraflarning kelishuvi mavjud
ligida (FK 382-moddaning 1-qismi), bunday kelishuv tuzilgan
paytdan boshlab majburiyatlar o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan
hisoblanadi. Shu bilan birga, tomonlar kelishuvida, kelishuv
tuzilgan paytdan emas, balki aniq vaqt o‘tgandan keyin (masalan
30 kundan keyin) shartnoma o‘zgartirilgani yoki bekor qilingani
nazarda tutilishi mumkin. Bunda shartnoma majburiyatlari ham
o‘zgartirilgan deb hisoblanishi mumkin emas, agar o‘zgartirishlar
xususiyatidan bunday mazmun bevosita kelib chiqmasa. Masalan,
bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilgan bino va inshootlar
ijara shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlari, shartnomani
o‘zgartirish to‘g‘risidagi kelishuvni tuzish paytidan qat’iy nazar,
shu o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish paytidan boshlab
kuchga kiradi.
2. Shartnoma sud qarori bilan o‘zgartirilganda yoki bekor
qilinganda (FK 382-moddasi 2-qismi), sud qarori kuchga kirgan
paytidan boshlab, shartnoma majburiyatlari o‘zgartirilgan yoki bekor
qilingan deb hisoblanadi.
Sharhlanayotgan modda shartnomani bajarishdan bir tomonlama
bosh tortishda shartnoma majburiyatlarini o‘zgartirish yoki bekor
qilinishining kuchga kirish muddatini belgilamaydi. Shu bilan
birga, FK 382-moddasi 4-qismiga muvofiq, shartnomani to‘liq
80228-bob. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish
yoki qisman bajarishdan bir tomonlama bosh tortish hollarida,
qachonki bunday bosh tortish qonun yoki tomonlarning kelishuvi
bilan yo‘l qo‘yilganda, shartnoma tegishli ravishda o‘zgartirilgan
yoki bekor qilingan deb hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda,
hamda sharhlanayotgan moddaning 1, 2-qismi qoidalariga muvofiq,
shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortish, shuningdek,
shartnoma majburiyatlarini o‘zgartirish yoki bekor qilinishining
kuchga kirish payti, birinchi navbatda, bunday bosh tortishga yo‘l
qo‘yadigan qonun yoki tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadi.
Agar shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish qonun yoki
tomonlarning kelishuvi bilan yoki ish muomalasi bilan belgilangan
bo‘lmasa, unda shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortish
payti shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortadigan
taraf tomonidan belgilanadi. Odatda, bunday muddat maqsadga
muvofiq oqilona bo‘lishi talab etiladi.
3. Qoidaga ko‘ra, shartnoma o‘zgartirilgan yoki bekor qilingandan
keyin tomonlar ular tomonidan majburiyat bo‘yicha bajarilganni
qaytarib berishni talab qilishga haqli emaslar. Lekin qonun
yoki tomonlar kelishuvi bilan bu qoidadan chetga chiqish mumkin.
Xususan, «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi
Qonunning 18-moddasiga muvofiq iste’molchi maqbul sifatli
nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran o‘n kun
ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni
shunday tovarga almashtirib olishga, bunday tovar sotuvda bo‘lmasa,
pulini qaytarib olishga haqli. Yoxud, FK 413-moddasiga ko‘ra,
agar sotuvchi oqilona muddatda sotib oluvchining tovarni butlash
to‘g‘risidagi talabini bajarmasa, sotib oluvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra
oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga va tovar uchun
to‘langan pul summasini qaytarib berishni talab qilishga haqli.
Taraflardan birining shartnomani jiddiy ravishda buzishi
natijasida (FKning 382-moddasi sharhiga qarang), ikkinchi taraf
odatda shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilinishini talab
qilishga majbur, buning oqibatida u zarar ko‘radi, shuningdek,
foydani qo‘ldan boy beradi. Bunday hollarda, zarar keltirilgan
tomon shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilinishi bilan bir
vaqtda zararlar qoplanishini talab qilishga haqlidir.
803
Do'stlaringiz bilan baham: |