Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini


-bob. ShARTNOMANI O‘ZGARTIRISh VA BEKOR QILISh



Download 130,44 Kb.
bet31/35
Sana02.07.2022
Hajmi130,44 Kb.
#729193
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
shartnoma sharx

28-bob. ShARTNOMANI O‘ZGARTIRISh VA BEKOR QILISh
382-modda. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish
asoslari
Agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha
tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga
muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan
faqat quyidagi hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi
mumkin:
1) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;
2) ushbu Kodeks, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan
o‘zga hollarda.
Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u
shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada
mahrum bo‘ladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish
hisoblanadi.
Bir taraf shartnomani bajarishdan to‘la yoki qisman bosh tortib,
qonun yohud taraflarning kelishuvida bunga yo‘l qo‘yilsa, shartnoma
tegishlicha bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan hisoblanadi.
Shartnomani o‘zgartirish deb, uning shartlariga o‘zgartirishlar,
qo‘shimchalar va tuzatishlar kiritish hisoblanadi. Bekor qilish
muddatidan oldin, ya’ni shartnoma amal qilishining belgilangan
muddatdan oldin tugashidir.
Mazkur modda shartnomaviy munosabatlarning barqarorligini
ta’minlashga qaratilgan hamda shartnoma o‘zgartirish va bekor
qilishning quyidagi asoslarini o‘rnatadi.
1. Tomonlarning kelishuvi bo‘yicha. Umumiy qoida bo‘yicha
shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish tomonlarning kelishuvi
bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunday kelishuv – xuddi
shartnoma singari, chunki fuqarolik huquqlar va majburiyatlarni
o‘zgartirish yoki bekor qilishga yo‘nalgan bo‘lib, shunga muvofiq
ravishda, unga nisbatan shartnoma to‘g‘risidagi barcha talablar joriy
79428-bob. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish
etiladi (FKning 353-moddasiga bo‘lgan sharhlarga qarang). Shuning
uchun shartnoma bunday tarzda o‘zgartirilishi va bekor qilinishi
yuqori darajada tomonlarning manfaatlariga javob beradi. Biroq
qonun yoki shartnomaning o‘zi bilan ushbu usulning qo‘llanilishi
cheklangan bo‘lishi mumkin. Masalan, FK 362-moddasiga muvofiq,
uchinchi shaxs tomonidan qarzdorga shartnoma bo‘yicha o‘zining uchinchi
shaxs foydasiga bo‘lgan huquqdan foydalanishi istagi haqida xabar
bergan paytdan boshlab, uchinchi shaxsning roziligisiz tomonlar
o‘zlari tomondan tuzilgan shartnomani bekor qilishlari yoki
o‘zgartirishlari mumkin emas.
Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish jarayoni boshqa shaxs
larning qonun bilan himoyalanadigan huquqlari va manfaatlarini
buzishi mumkin emasligini hisobga olgan holda, shartnomani
o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuv, uchinchi
shaxsning da’vosi bo‘yicha, agar u uning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini buzsa yoxud qonunga zid bo‘lsa, sud tomonidan haqiqiy
emas deb tan olinishi mumkin.
2. Tomonlardan birining talabiga ko‘ra sud tartibida. Shartno
maning bunday tarzda o‘zgartirish va bekor qilish, faqat boshqa
tomonning shartnomani jiddiy ravishda buzgan hollarda va qonun
yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda amalga oshi
rilishi mumkin.
Shartnomani jiddiy ravishda buzish tushunchasi iqtisodiy
mezonni qo‘llashga, ya’ni ham haqiqiy zarar, ham qo‘ldan boy berilgan
foyda shaklida bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararning vujudga kelishiga
asoslangan. Shartnomani jiddiy ravishda buzishning belgisi bo‘lib,
shuningdek, faqat muayyan vaziyatdan kelib chiqqan holda aniqlanishi
mumkin bo‘lgan zararning hajmi, darajasi ham hisoblanadi. Har
qanday holatda ham shartnoma buzilishining jiddiyligi sud
tomonidan aniqlanadi. Shu bilan birga, shartnomaning buzilishi
jiddiy deb e’tirof etilishi muayyan oqibatlarga sabab bo‘lishi
mumkin. Jumladan, FK 455-moddasi bunday vaziyatlarga, tegishli
darajada sifatli bo‘lmagan, sotib oluvchi uchun maqbul muddatda
bartaraf qilib bo‘lmaydigan kamchiliklarga ega bo‘lgan tovarlarni
yetkazib berish; tovarlarni yetkazib berish muddatlarini bir necha
bor buzish; sotib oluvchining tovarlar haqini to‘lash muddatlarini
bir necha bor buzishi; tovarlarni bir necha bor olib ketmaslik
holatlarni kiritadi.
FK bir qator moddalarida shartnomani tomonlardan birinining
talabiga ko‘ra o‘zgartirish va bekor qilish imkoniyati bo‘lgan holat
795III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
lar nazarda tutiladi. Masalan, agar shartnomada boshqacha qoida
nazarda tutilmagan bo‘lsa yoki uning mohiyatidan o‘zgacha holat
kelib chiqmagan bo‘lsa, tomonlar shartnomani tuzishda asos qilib
olgan vaziyatlarning jiddiy o‘zgarishi, uning o‘zgartirilishi yoki
bekor qilinishi uchun asos bo‘lib hisoblanadi (383-modda). Chakana
oldi‑sotdi shartnomasi bo‘yicha tegishli sifatga ega bo‘lmagan tovar
sotilganda xaridor, agar shartnomani tuzishda uning kamchiliklari
haqida oldindan kelishilmagan bo‘lsa, o‘z tanloviga ko‘ra xarid
narxini muvofiq tarzda kamaytirish yoki keltirilgan zararlarni
qoplagan holda shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqlidir
(434-moddasi). Kontraktatsiya shartnomasiga binoan, agar mahsulot
ishlab chiqaruvchining o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi oqiba
tida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartno
masida nazarda tutilgan miqdorda va assortimentda yetkazib
berish imkoniyati yo‘qligi haqida oldindan ma’lum bo‘lib qolsa,
tayyorlovchi shartnomani bekor qilish yoki o‘zgartirish va zararlarni
qoplanishini talab qilishga haqlidir (466-moddasi). Ijaraga
beruvchi tomonidan kapital (tubdan) ta’mirlashni amalga oshirish
bo‘yicha majburiyatlarning buzilishi, ijarachiga o‘z tanlovi bo‘yicha
ijara haqini tegishli ravishda kamaytirish yoki shartnomani
muddatidan oldin bekor qilishni va zararlarni qoplashni talab
qilish huquqini beradi (547-moddasi). Uy‑joy binosining ijarasi
to‘g‘risidagi shartnoma, shartnoma tomonlaridan birining talabiga
binoan, bino doimiy yashash uchun yaroqsiz holatga kelishi hamda
uning halokatli (avariya) holatida bo‘lgan hollarda sud tartibida
bekor qilinishi mumkin (615-moddasi).
Shartnomada tomonlar qanday hollarda va qaysi asoslarga ko‘ra
tomonlardan biri shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilishni talab
qilish huquqiga ega bo‘lishini nazarda tutishlari lozim.
3. Shartnomani ijro etishni bir tomonlama rad qilish. Bunday
rad qilishga faqat qonun yoki tomonlarning kelishuvi bo‘yicha ruxsat
etilgan bo‘lsa yo‘l qo‘yiladi.
Masalan, FK 455-moddasiga muvofiq mahsulot yetkazib berish
shartnomasini ijro etishni bir tomonlama rad qilish, tomonlardan
birining shartnomani jiddiy buzgan hollarda ruxsat beriladi.
FK 476-moddasiga muvofiq elektr ta’minoti bo‘yicha shartnomaga
ko‘ra, maishiy iste’mol uchun elektr quvvatidan foydalanadigan
abonent – fuqaro elektr quvvati bilan ta’minlovchi tashkilotni
xabardor qilish va foydalanilgan quvvat uchun haq to‘lash sharti
bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqlidir. FK 731-
79628-bob. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish
moddasiga muvofiq, mijoz yoki ekspeditor transport ekspeditsiyasi
shartnomasini, boshqa tomonni o‘n kun oldin ogohlantirgan holda,
bajarishdan voz kechishga haqlidir.
Shartnomani bajarishdan bosh tortish to‘liq yoki qisman bo‘lishi
mumkin. Shartnomani bajarishdan to‘liq bosh tortish shartnomani
bekor qilish hisoblanadi, qisman bosh tortish esa shartnomani
o‘zgartirish hisoblanadi. Shartnomaning ba’zi bir turlari, aslini
olganda, qisman bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l
qo‘ymaydi. Masalan, bank hisobvarag‘i shartnomasi bo‘yicha mijoz
uni bir tomonlama tartibda bajarishdan qisman emas, balki faqat
to‘liq bosh tortishi mumkin (FK 788-moddasi).
Qonun yoki shartnomaga muvofiq amalga oshirilgan shartnomani
bajarishdan bir tomonlama bosh tortishda, sudga shartnomani
o‘zgartirish yoki bekor qilish da’vosi bilan murojaat qilish talab
etilmaydi.

Download 130,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish