Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini


vaziyatning o‘zgarishi xavfiga manfaatdor taraf uchrashi kerakligi



Download 130,44 Kb.
bet33/35
Sana02.07.2022
Hajmi130,44 Kb.
#729193
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
shartnoma sharx

vaziyatning o‘zgarishi xavfiga manfaatdor taraf uchrashi kerakligi
anglashilmasa.
Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi oqibatida shartnoma bekor qilin
ganida sud har qanday taraf talabi bilan shartnomani bekor qilish
oqibatlarini aniqlashda taraflarning ushbu shartnomani bajarish
bilan bog‘liq harajatlarini ular o‘rtasida adolatli taqsimlash
zarurligiga asoslanadi.
Vaziyatning jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomaning
o‘zgartirilishiga shartnomani bekor qilish ijtimoiy manfaatlarga
zid bo‘lgan yoki taraflarga shartnomani sud tomonidan o‘zgartirilgan
shartlar asosida bajarish uchun talab qilinadigan harajatlardan
ancha ortiq zarar keltiradigan favqulodda hollarda sud qarori bilan
yo‘l qo‘yiladi.
1. Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqa
rolik huquqlariga o‘z erklariga muvofiq ega bo‘ladilar va bu
huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiradilar. Bu huquq
fuqarolik qonunchiligining asosiy negizlaridan biridir (FK 1-
moddasi).
Shartnoma tuzishda taraflar uchun asos bo‘lgan vaziyatning
jiddiy o‘zgarishi bitta yoki barcha tomonlar manfaatlarining
buzilishiga olib keladi, chunki shartnoma majburiyatlarining
bajarilishi iqtisodiy jihatdan qiyin bo‘ladi. Shundan kelib
chiqqan holda, sharhlanayotgan modda umumiy qoidani o‘rnatadi, unga
ko‘ra belgilangan vaziyatlarning jiddiy o‘zgarishi shartnomani
o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
2. Vaziyatlar jiddiy o‘zgarishining bir qator belgilarini
ajratish mumkin. Bu vaziyatlar taraflarning nazoratidan chetda
bo‘lishi darkor va agar tomonlar bu o‘zgarish to‘g‘risida oldindan
bilganlarida (shartnomani tuzish paytida), shartnoma umuman
tuzilmagan bo‘lar edi yoki sezilarli ravishda farq qiluvchi boshqa
shartlarda tuzilgan bo‘lar edi, deb farq qilinadi. Masalan, agar
tomonlar lizing oluvchi uchun transport vositasini chet elda sotib
olinishini nazarda tutuvchi lizing shartnomasini tuzish paytida,
transport vositasini sotib olish vaqtida uning narxi ikki baravar
oshishini bilganlarida, ular lizing shartnomasini tuzmagan bo‘lar
edilar yoki uni boshqa shartlar bilan tuzgan bo‘lar edilar. Ushbu
holda, lizing beruvchi tomonidan transport vositasini chet elda
sotib olinishi lizing oluvchining manfaatlarini buzgan bo‘lar
79828-bob. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish
edi, chunki lizing to‘lovlari keskin oshgan bo‘lar edi. Vaziyatning
jiddiy o‘zgarishini tomonlar oldindan bilmasdan oqilona harakat
qilishlari, o‘z manfaatlarining yo‘lida o‘zidan talab qilinadigan
darajada ehtiyotkorlik va jonkuyarlik qilishlari zarur shart bo‘lib,
hisoblanadi. Bu holda tomonlarning insofliligi va oqilonaligi
nazarda tutiladi (FK 9-moddasi).
Shuni hisobga olish lozimki, yuqorida ko‘rsatilgan holatlar
dispozitiv me’yorlardir, ya’ni shartnomada vaziyatning jiddiy
o‘zgarishi tufayli uning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi
mumkin emasligi nazarda tutiladi yoki uning mohiyatidan kelib
chiqishi mumkin.
3. Jiddiy o‘zgargan vaziyatga bog‘liq ravishda shartnomani
o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun, avvalo tomonlarning o‘zi
jiddiy o‘zgargan vaziyatga shartnomani muvofiqlashtirish yoki
uni bekor qilish haqida kelishuvga erishish bo‘yicha choralarni
ko‘rishlari zarur. Agar taraflar bu haqda kelisha olmagan bo‘lsalar
shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish masalasi sud tomonidan
hal qilinadi.
Shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘lib,
quyidagi to‘rtta shartlarning bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lishi
xizmat qiladi (ya’ni ularning hech bo‘lmaganda bittasi bo‘lmasa,
shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish imkoni yo‘q bo‘ladi):
1) shartnomani tuzish paytida taraflar vaziyatda bunday
o‘zgarish yuz bermaydi, degan fikrga asoslanganliklarini shubha
siz aniqlash lozim. Buning uchun ko‘pgina hollarda taraflar
vaziyatlarning jiddiy o‘zgarishi bo‘lmaydi, deb o‘ylab, aniq nimaga
asoslanganlarini tahlil qilish talab qilinadi.
2) vaziyatning jiddiy o‘zgarishini keltirib chiqargan sabab
larni, ular paydo bo‘lganidan keyin manfaatdor taraf shartno
maning xususiyatiga va muomala shartlariga ko‘ra o‘zidan talab
qilinadigan darajada insoflilik va ehtiyotkorlik qilgan bo‘li
shiga qaramay, bu sabablarni yenga olmasligini, bartaraf eta
olmasligini aniqlash zarur. Bunda shartnoma xususiyati va muomala
shartlari hisobga olinadi.
3) shuni ta’kidlash kerakki, shartnomani uning shartlarini
o‘zgartirmasdan bajarish taraflar mulkiy manfaatlarining
shartnomaga mos keladigan nisbatini buzsa va manfaatdor tarafga
zarar yetkazsa, natijada ular shartnoma tuzishda umid qilishga haqli
bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘ladilar. Masalan, bir
necha yil davomida ijara haqi miqdorini o‘zgartirmasdan saqlash,
799III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
narxlar miqyosining o‘zgarishi tufayli ijaraga beruvchining mulkiy
manfaatlarini buzadi.
4) ish muomalasi odatlaridan yoki shartnomaning mohiyatidan,
shartnomani tuzishda tomonlar asoslangan vaziyatning jiddiy
o‘zgarishidan kelib chiqadigan mulkiy yo‘qotish xavfi sudga
murojaat qilgan manfaatdor tarafning tavakkal qilish burchi
dan kelib chiqmasligi shart. Masalan, umumiy qoidaga ko‘ra,
materiallar tasodifiy nobud bo‘lish yoki tasodifiy shikastlanish
xavfi pudradchi tomonidan pudrat shartnomasiga asosan ishlarni
topshirish muddati boshlanmagunicha, materiallarni yetkazgan
taraf zimmasida bo‘ladi, bu muddat o‘tgandan keyin esa bu muddatni
kechiktirgan taraf (FK 633-moddasi) zimmasiga yuklanadi.
Sud tomonidan vaziyatning jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan
masalani ko‘rib chiqishda, odatda, shartnomaning bekor bo‘lishiga yo‘l
qo‘yiladi. Sud tomonidan shartnomaning o‘zgartirilishi favqulotda
holatlarda bo‘lishi mumkin, ya’ni shartnomaning bekor qilinishi
ijtimoiy manfaatlarga zid bo‘lgan yoki taraflarga o‘zgartirilgan
shartlarda shartnomaning bajarilishi uchun zarur bo‘lgan harajat
lardan sezilarli oshadigan zararni keltirgan hollarda.
Sharhlanayotgan modda bo‘yicha shartnomani bekor qilishda
faqat bir taraf zimmasiga zararlarni qoplash yuklatilishi nazar
da tutilmaydi. Sud faqat shartnomani bajarish bilan bog‘liq
xarajatlarni ular o‘rtasida adolatli taqsimlash haqidagi masala
larni hal qiladi.

Download 130,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish