Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini



Download 130,44 Kb.
bet15/35
Sana02.07.2022
Hajmi130,44 Kb.
#729193
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
shartnoma sharx

366-modda. Shartnomaning shakli
Agar qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun ma’lum bir shakl
belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, shartnoma bitimlar tuzish uchun nazarda
tutilgan har qanday shaklda tuzilishi mumkin.
Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart
bo‘lgan shartnoma notarial tasdiqlangan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan
paytdan e’tiboran, notarial tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi
zarur bo‘lganda esa – shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan
e’tiboran shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan
bo‘lsalar, garchi qonunda bu turdagi shartnomalar uchun bunday
shakl talab qilingan bo‘lmasa-da, shartnoma belgilangan shaklga
keltirilganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.
Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li
bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa
yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda
aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar
almashish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
Agar shartnoma tuzish haqidagi yozma taklif ushbu Kodeks
370-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan tartibda olingan
bo‘lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
1. Shartnomaning shakli juda muhim yuridik va amaliy aha
miyatga ega, qonunda belgilangan shaklga rioya etilmasligi shart
nomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqarishi mumkin.
FKning 102-moddasida ko‘rsatilishicha, shartnoma bitim turla
ridan biri hisoblanadi. Shu sababli sharhlanayotgan modda shartnoma
shakli masalasida e’tiborni bitim tuzishga oid shakllarga qaratadi
(qar. FKning 105, 106, 107, 108, 110, 111-moddalariga sharh). Shu bilan
birga, agar qonun tomonidan shartnomalarning ayrim turlari uchun
muayyan shakl belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, shartnoma aynan o‘sha shaklda
tuzilishi zarur. Masalan, kredit shartnomasi (FK 745-m.), sug‘urta
shartnomasi (FK 927-m.) uchun yozma shakl o‘rnatilgan. Ko‘char mulkni
renta to‘loviga asosan boshqa shaxsga o‘tkazilishini ko‘zda tutuvchi
renta shartnomasi notarial tasdiqdan o‘tkazilishi shart (FK 513-m.).
769III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
Korxona ijarasiga oid shartnoma notarial tasdiqlanishi va davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim (FK 580-m.).
FKning 112-moddasiga muvofiq bitimning notarial shakliga yoki
uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning
haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Shu munosabat bilan,
notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim
bo‘lgan shartnomalar borasida qonun ularning tuzilgan paytini
tegishli ravishda notarial tasdiqlangan yoki davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan payt bilan bog‘laydi. Agar shartnoma ham notarial
tasdiqlanishi, ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi zarur bo‘lsa,
u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan tuzilgan hisoblanadi.
Bunday shartnomalarga ba’zi misollar yuqorida keltirib o‘tildi.
2. Taraflarga shartnoma shaklini tanlash ixtiyori beriladi. Ular
qonunda talab etilmagan bo‘lsa ham, shartnomaning yozma shaklini
yoki shartnomani yozma shaklda tuzishning o‘zi kifoya bo‘lgani holda,
notarial tasdiqlangan shaklini tanlashlari mumkin. Masalan,
bir fuqaro boshqa fuqaroga qiymati eng kam ish haqining o‘n
karra miqdoridan ortiq bo‘lmagan ashyoni qarzga bermoqda. Bunday
shartnoma qonunga ko‘ra og‘zaki shaklda tuzilishi mumkin bo‘lsa-da,
ular uni yozma shaklda tuzishlari ham mumkin. Agar ko‘rsatib o‘tilgan
qarzning summasi eng kam ish haqining o‘n karra miqdoridan ortiq
bo‘lsa, shartnomani oddiy yozma shaklda tuzilishi kifoya qilgan holda,
ular notarial tasdiqlangan shaklda tuzishni kelishib olishlari
mumkin. Bunday holatlarda shartnoma tuzilgan hisoblanadi,
faqatgina taraflar belgilagan shaklga rioya etilgan bo‘lsa bas.
3. Sharhlanayotgan moddada shartnomani yozma ravishda tuzish
usullari belgilab berilgan. Yagona hujjatni tuzish yozma shakldagi
shartnomani rasmiylashtirishning asosiy, eng ko‘p qo‘llaniladigan
usullaridan hisoblanadi. Uning mohiyati shundaki, taraflar
o‘zlarining birgalikdagi xohish-irodalaridan tashkil topgan
hujjatni imzolaydilar. Bunday hujjat «shartnoma» (masalan,
pudrat shartnomasi, ijara shartnomasi), «kontrakt», «kelishuv»
deb atalishi mumkin va unda xususan, shartnomaning shartlari va
taraflarning rekvizitlari ko‘rsatiladi.
Shartnomalar, shuningdek, pochta, telegraf, teletayp, telefon,
elektron va boshqa aloqalar yordamida xat yozishmalar, telegrammalar
va boshqa yozma hujjatlar orqali tuzilishi mumkin. Mazkur
aloqa vositalaridan foydalanishga faqat hujjat kelishuv olib
borilayotgan tarafga mansub ekanligini aniq tasdiqlash imkoni
bo‘lsagina yo‘l qo‘yiladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, xat,
77027-bob. Shartnoma tuzish
telegramma, boshqa hujjatlar faqat tegishli shaxslar tomonidan
imzolangan bo‘lishi shart (agar u yuridik shaxs bo‘lsa, uning
rahbari tomnidan yoki ishonchnoma asosida harakat qiluvchi boshqa
shaxs tomonidan), muhimi ular taraflarning o‘zaro kelishilgan
irodalarini ifoda etishi zarur, chunki turli taraflarning
irodasini ifodalovchi shartnoma shartlari taraflar tomonidan
alohida-alohida imzolanadi.
Keyingi vaqtda shartnoma tuzish chog‘ida elektron hujjat aylan
masi keng tarqala bormoqda. «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»,
«Elektron hujjat aylanmasi to‘g‘risida» va «Elektron tijorat
to‘g‘risida» maxsus qonunlar qabul qilindi. Elektron hujjatning
majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat: elektron raqamli
imzo; elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi,
jismoniy shaxsning ismi, otasining ismi, familiyasi; elektron
hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili; hujjat
tuzilgan sana. Elektron hujjat qog‘ozda ifodalanadigan hujjatga
tenglashtiriladi va u bilan teng yuridik kuchga egadir.
4. FKning 370-moddasi 4-qismiga muvofiq ofertani akseptlash
uchun belgilangan muddatda olgan shaxsning unda ko‘rsatilgan
shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari
(tovarlarni jo‘natish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish,
tegishli summani to‘lash va h.k.), agar qonun hujjatlarida yoki
ofertada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoki ko‘rsatilmagan
bo‘lsa, aksept hisoblanadi. Bunday holatlarda shartnoma tuzilgan va
shartnomaning yozma shakliga rioya etilgan deb hisoblanadi. Boshqacha
aytganda, oferta yuborilgan taraf tomonidan amalda bajarilgan
harakatlar, agar ushbu harakatlar shartnoma tuzish haqidagi
taklifda bildirilgan shartlar ijrosi bilan bog‘liq bo‘lsa, uning
shartnomani tuzishga rozi ekanligini bildiradi.

Download 130,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish