Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini



Download 130,44 Kb.
bet13/35
Sana02.07.2022
Hajmi130,44 Kb.
#729193
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Bog'liq
shartnoma sharx

27-bob. ShARTNOMA TUZISh
364-modda. Shartnoma tuzish to‘g‘risidagi asosiy qoidalar
Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartla
ri yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda
kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Shartnomaning narsasi to‘g‘risidagi shartlar, qonun hujjat
larida bunday turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur
deb hisoblangan shartlar, shuningdek, taraflardan birining
arizasiga ko‘ra kelishib olinishi zarur bo‘lgan hamma shartlar
muhim shartlar hisoblanadi.
Shartnoma taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish
haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi
(taklifni qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi.
1. FKning 353-moddasida ta’rif berilganidek, ikki yoki bir
necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga
keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuviga
shartnoma deyiladi. Sharhlanayotgan moddada shartnomaning
tuzilishini uning barcha muhim shartlari yuzasidan kelishuvga
erishish bilan bog‘langan.
Muhim shartlar deganda shartnomani tuzish uchun zarur va yetarli
bo‘lgan shartlar anglashiladi, ya’ni agar ana shunday shartlardan
loaqal bittaginasi kelishilgan bo‘lmasa, shartnoma tuzilgan deb
hisoblanmaydi.
2. Muhim shartlarga birinchi navbatda shartnomaning narsasi
(narsasi) to‘g‘risidagi shartlar kiritiladi. Shartnomalar aynan
narsasiga ko‘ra bir-biridan ajratiladi. Masalan, oldi-sotdi
shartnomasi, ayirboshlash shartnomasi, mulk ijarasi shartnomasi,
pudrat shartnomasi va h.k. Shu tariqa shartnomaning narsasi bitta
shartnomani boshqasidan ajratib olishda yengillik yaratadi,
shartnoma doirasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlarning
xususiyatiga qarab ularni ajratib olish esa ancha mushkul. Masalan,
topshiriq shartnomasi bo‘yicha ishonchli vakil vakolat beruvchi uchun
76627-bob. Shartnoma tuzish
va uning hisobidan muayyan yuridik xatti-harakatlarni amalga
oshirish majburiyatini oladi, ammo komissiya shartnomasi doirasida
komissioner komitentning topshirig‘i bilan va uning hisobidan
bitimlarni amalga oshirish majburiyatini oladi. Bu holatda
shartnomalarni narsasiga ko‘ra ajratib olish juda oson: topshiriq
shartnomasi bo‘yicha ishonchli vakil vakolat beruvchi nomidan
harakat qiladi, komissiya shartnomasi bo‘yicha komissioner – o‘z
nomidan harakat qiladi.
Bundan tashqari, u yoki bu shartnomaning muhim va zarur
shartlari qonunchilik bilan belgilab qo‘yilishi mumkin. Xususan,
FKning 488-moddasiga muvofiq sotuvchi sotib olganidan keyin
qonunga muvofiq uy-joy binosidan foydalanish huquqini o‘zida
saqlab qoladigan shaxslar yashab turgan uy, kvartira, uyning yoki
kvartiraning bir qismini sotish shartnomasining muhim sharti bu
shaxslarning sotilayotgan uy-joy binosidan foydalanish huquqlari
ko‘rsatilgan ro‘yxati hisoblanadi. FKning 768-moddasiga binoan
nomiga omonat qo‘yilayotgan fuqaroning ismini yoki yuridik
shaxsning nomini ko‘rsatish bank omonati to‘g‘risidagi tegishli
shartnomaning muhim sharti hisoblanadi.
Shartnomalarning muhim shartlari, shuningdek, FKning 853,
929-moddalarida ham o‘rnatilgan.
3. Shartnoma taraflarning kelishuvi bo‘lib hisoblangani uchun,
taraflar yoki ulardan birontasi u yoki bu masalada kelishuvga
erishish zarurligini talab qilsa, bu ham shartnomaning muhim
shartini tashkil etadi. Bunda tarafning bayon qilish shakli og‘zaki
ham, yozma ravishda ham bo‘lishi mumkin.
Shartnomaning barcha muhim shartlari bo‘yicha kelishuvga
erishish – shartnoma tuzishning zarur sharti, ammo yakka-yu yagona
sharti emas. Shartnoma tegishli holatda talab etiladigan shaklda
rasmiylashtirilgandagina tuzilgan deb hisoblanadi. Qonun
ning shakl borasidagi talablariga rioya etmaslik shartnoma
majburiyatlarining haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Taraflar kelishib olgan shaklga rioya etmasdan rasmiylashtirilsa,
shartnoma tuzilmagan deb e’tirof etiladi. Masalan, FKning
292-moddasida kafillik shartnomasi uchun yozma shakl qo‘llanishi
belgilab qo‘yilgan, tegishincha, bu shartnomaning barcha muhim shart
lari yuzasidan kelishuvlar ham yozma ravishda amalga oshirilishi
shart.
Xullas, sharhlanayotgan moddada «oferta» shartnomani tuzish
borasidagi taklifni va «aksept» taklifning qabul etilishini
767III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
ifodalovchi tushunchalar sifatida ta’riflangan. Oferta va akseptga
maxsus moddalar bag‘ishlangan (qar. FKning 367–375-moddalariga
sharh). Bu tushunchalar shartnomani tuzish jarayoni bilan chambarchas
bog‘liq, zero shartnoma taraflardan biri tomonidan oferta yo‘llashi
va boshqa tomon uni akseptlashi orqali tuziladi.

Download 130,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish