373-modda. Aksept muddati ko‘rsatilmagan oferta asosida
shartnoma tuzish
Yozma ofertada aksept muddati ko‘rsatilmagan aksept oferta
yo‘llagan shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan
muddatlarda, agar bunday muddat belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa – buning
uchun normal zarur bo‘lgan vaqt mobaynida olinsa, shartnoma tuzilgan
hisoblanadi.
777III bo‘lim. MAJBURIYaT HUQUQI
Oferta aksept uchun muddat ko‘rsatmasdan og‘zaki tarzda qilinga
nida boshqa taraf uni akseptlaganini darhol aytgan bo‘lsa, shartnoma
tuzilgan hisoblanadi.
1. Mazkur moddadan aksept muddati nafaqat ofertaning o‘zidan,
balki me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ham belgilab qo‘yilishi
mumkinligi kelib chiqadi. Xususan, FKning 460-moddasiga binoan
davlat kontrakti loyihasini olgan taraf kechi bilan o‘ttiz kunlik
muddatda uni imzolaydi va davlat kontraktining bir nusxasini
boshqa tarafga qaytaradi. Bunday holatlarda aksept muddati
belgilab qo‘yilgani sababli, FKning 372-moddasi qoidalariga
hamda muddatni o‘rnatgan tegishli me’yoriy-huquqiy hujjat
talablariga amal qilish zarur bo‘ladi.
Agar aksept muddati yozma ofertada belgilangan bo‘lmasa, yoki
me’yoriy-huquqiy hujjatlarda ham ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksept
oferent tomonidan ana shunday holat uchun maqbul hisoblangan davr
ichida olinsa, shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi. Bu vaqtning
davomiyligi ko‘plab omillarga, jumladan xabarni yuborish
usuliga (pochta, telegraf, faks va h.k.) bog‘liq. Bu holda, shuningdek,
ofertani ko‘rib chiqish uchun talab etiladigan minimal vaqt ham
hisobga qo‘shiladi, bu esa, shubhasiz, tuzish uchun taklif etilayotgan
shartnomaning xususiyatiga bog‘liqdir.
Ta’kidlash joizki, maqbul hisoblangan (normal) vaqtning
boshlanish davri deb, oluvchi shaxs tomonidan oferta olingan
kun, oxirgi kun deb, oferent tomonidan aksept olingan kun
hisoblanadi. Binobarin, agar shaxs ofertani maqbul hisoblangan
vaqt ichida akseptlagan bo‘lsa-yu, ammo oferent uni birmuncha kechroq
olsa, aksept o‘z vaqtida tuzilgan deb hisoblash uchun asos bo‘lmaydi.
Shu sababli, aksept to‘g‘risidagi bildirishni jo‘natib yuborish
usuli ham katta ahamiyat kasb etadi.
2. FKning 106-moddasiga muvofiq qonun hujjatlarida yoki
taraflarning kelishuvida yozma shakl belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa,
bitim og‘zaki tuzilishi mumkin. Shu kabi, bunday sharoitda oferta
ham og‘zaki bajarilishi mumkin, masalan, shaxsiy uchrashuv vaqtida,
telefonda so‘zlashuv chog‘ida va h.k. Bunday oferta ko‘pincha javobini
berish lozim bo‘lgan muddati ko‘rsatilmagan holda tuziladi. Bunday
holda shartnoma tuzilgan hisoblanadi, faqat shu shart bilanki,
ikkinchi taraf ofertaga o‘sha zahotiyoq aksept berishi zarur.
Og‘zaki ofertani qabul etilgani to‘g‘risida o‘sha vaqtning o‘zidayoq
bayon etilmasa, oferent mazkur oferta bilan boshqa bog‘liq bo‘lib
hisoblanmaydi.
77827-bob. Shartnoma tuzish
Do'stlaringiz bilan baham: |