Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini



Download 130,44 Kb.
bet20/35
Sana02.07.2022
Hajmi130,44 Kb.
#729193
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
shartnoma sharx

371-modda. Akseptni chaqirib olish
Agar akseptni chaqirib olish haqidagi bildirish oferta yuborgan
shaxsga akseptdan oldinroq yoki u bilan bir vaqtda yetib kelgan bo‘lsa,
aksept olinmagan hisoblanadi.
FKning 365-moddasiga muvofiq oferta yo‘llagan shaxs uning
akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shu
sababli aksept to‘g‘risida bildirish yo‘llash orqali, uni yo‘llayotgan
shaxs, o‘zini ana shu aksept bilan bog‘laydi. Aksept ham xuddi
oferta kabi chaqirib olinmaydi.
Shu munosabat bilan akseptni faqat ofertani yo‘llagan
shaxsga, toki u akseptni olguncha bo‘lgan muddat ichida xabar berish
orqali chaqirib olish mumkin. Bu holda akseptni chaqirib olish
to‘g‘risidagi bildirish ofertani jo‘natgan shaxsga akseptning
o‘zidan avval (masalan, aksept oferentga buyurtma xat bilan
jo‘natib yuborilgan, ammo akseptni yo‘llagan shaxs keyinroq
oferentni telegramma bilan akseptni chaqirib olish to‘g‘risida
ogohlantirgan) yoki aksept bilan bir vaqtda yetib kelsa, aksept
olinmagan deb hisoblanadi.
77627-bob. Shartnoma tuzish
372-modda. Aksept muddati ko‘rsatilgan oferta asosida
shartnoma tuzish
Ofertada aksept muddati ko‘rsatilgan bo‘lsa, aksept oferta
yo‘llagan shaxs tomonidan unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida olinsa,
shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Sharhlanayotgan va keyingi 373-moddada gap ofertaning turla
ri – aksept muddati ko‘rsatilgan va aksept muddati ko‘rsatilmagan
akseptlar haqida gap boradi.
Aksept uchun muddat ofertada kalendar sanasi bilan ham,
shuningdek, muayyan vaqt qamrovi bilan ham (masalan, oferta
yuborilgan kundan uch oy mobaynida) ifodalanishi mumkin.
Agar ofertada ana shunday muddat ko‘rsatilgan bo‘lsa, oferent o‘z
ofertasiga javobni ana shu butun muddat ichida kutishi shart. Bunda
agar aksept ko‘rsatilgan muddat ichida olinsa, ofertada taklif
etilgan shartlar asosida shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi. Shu
munosabat bilan, aksept uchun belgilangan muddat ichida, toki
dastlabki kontragentdan rad javobini olmaguncha, oferent boshqa
shaxs bilan xuddi shunday shartnoma tuzishga haqli emas. Aks
holda, ofertani akseptlagan shaxs oferentdan u bilan tuzilgan
shartnomaning bajarilmasligi natijasida ko‘rgan zararni
qoplashni talab qilishi mumkin. Masalan, oferentning ofisini
ta’mirlash ishlarini bajarish to‘g‘risidagi ofertani olgan shaxs o‘z
vaqtida ofertani akseptlab, ta’mirlash uchun zarur materiallarni
sotib oladi. Ammo oferent, ofertada ko‘rsatilgan muddatni kutib
o‘tirmay, ta’mirlash ishlarini bajarish yuzasidan boshqa shaxs
bilan shartnoma tuzadi. Bunday holatda birinchi kontragent mazkur
tayyorgarlik ishlari bilan bog‘liq barcha harajatlarni qoplash
talabini qo‘yishi mumkin.
Ofertada ko‘rsatilgan muddat ichida aksept olmagan holda
oferent o‘zi yuborgan ofertadan kelib chiqadigan barcha majburiyat
lardan to‘liq ozod bo‘ladi.

Download 130,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish