Ijtimoiy siyosat


 Aholi farovonligining o„sishi, omillari va ko„rsatkichlari



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

 
6.1. Aholi farovonligining o„sishi, omillari va ko„rsatkichlari. 
Davlatning 
uzoq 
muddatli 
rivojlanish 
strategiyasida 
aholi 
farovonligini izchil oshirish muhim va ustuvor vazifalardan hisoblanadi. 
Aholi farovonligini oshirish, jumladan aholi bandligi va real 
daromadlarini izchil oshirish orqali, aholining real pul daromadlari va 
xarid qobiliyatini oshirish, kam ta‘minlangan oilalar soni va aholining 
daromadlari bo‗yicha tabaqalanish darajasini kamaytirish; aholini 
ijtimoiy himoya qilish va sog‗liqni saqlash tizimini takomillashtirish 
orqali aholining ehtiyojmand qatlamlari ijtimoiy himoyasini, keksalar va 
imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlashni 
kuchaytirish, ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatish sifatini yaxshilash; arzon uy-
joylar barpo etish bo‗yicha davlatning maqsadli dasturlarni amalga 
oshirish, aholining turmush darajasini yaxshilanishini ta‘minlovchi yo‗l-
transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirish, modernizatsiyalash; ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish 
O‗zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning 
beshta 
ustuvor 
yo‗nalishlari bo‗yicha harakatlar strategiyasida
95
rejalashtirilganligi aholi 
farovonligini oshirish masalasining dolzarbligini tasdiqlaydi. 
Ilmiy adabiyotda farovonlik tushunchasining turlicha talqinlari 
mavjud bo‗lib, aksariyat qarashlarda umumiy holda individ yoki 
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini aks ettirishi ta‘kidlangan. Ushbu 
atama tahlilini lug‗aviy ma‘nodan boshlash tug‗ri bo‗ladi. Farovonlik 
(prosperity, well being) – aholining ijtimoiy holatini rivojlanishi va 
yaxshilanish holatini anglatadi. Aksariat holatlarda farovonlik boylik 
bilan bog‗lanadi. Amalda farovonlik boylikka aloqador bo‗lmagan 
95
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 07.02.2017 йилдаги "Ўзбекистон Республикасини янада 
ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида"ги ПФ-4947-сонли фармони. 


159 
baxtlilik, sog‗lik kabi elmentlarni o‗z ichiga oladi.
96
Boshqa bir manbada 
―farovonlik‖ga ijtimoiy jihatdan emas, iqtisodiy jihatdan rivojlanish va 
muvaffaqiyat holati sifatida ta‘rif beriladi.
97
Britaniyaning eng yirik onlayn lug‗atiga ko‗ra farovonlik (welfare) 
boshqa so‗z bilan ta‘riflanib, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish, 
muvaffaqiyatga erishishi holatini, bir so‗z bilan aytganda, aholining 
fiziologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlanish va muvaffaqiyatining 
umumiy holatini anglatadi.
98
Ushbu ta‘riflar farovonlik atamasining 
umumiy jihatlarini yoritadi.
Turli iqtisodchi olimlarning farovonlikka bergan ta‘riflari uning 
ayrim jihatlarini ochib beradi, jumladan A.Smit farovonlikni shaxs va 
jamiyat manfaatlarining o‗zaro uyg‗un bog‗liqligi sifatida ta‘riflaydi, 
ya‘ni individlar o‗z ehtiyojlarini qondirish uchun olib boradigan faoliyati 
natijasida boshqa individ yoki individlar guruhi ehtiyojlari qondiriladi
shu bois farovonlikka erishish ushbu manfaatlar uyg‗unligi orqali 
aniqlanadi.
99
Iqtisodchi olim A.Pigu farovonlikni faqatgina daromadlar bilan 
bog‗lagan. Uning fikricha farovonlik pul shakliga ega bo‗lishi kerak, 
ya‘ni milliy daromadni taqsimlashda daromadning ma‘lum qismini 
boylardan kambag‗allarga o‗tkazish umumiy farovonlikni oshiradi, biroq 
ushbu jarayon marjinal naflilikning kamayib borish qonuniga 
bo‗ysingani uchun ma‘lum darajagacha farovonlikni oshirish imkonini 
berishini ta‘kidlagan.
100
V.Pareto farovonlikni individning naflilik funksiyasi bilan 
bog‗lagan, uning fikricha farovonlik har bir individ ehtiyojlarini 
qondirishga xizmat qiluvchi omillardan tashkil topgan funksiyaning 
ma‘lum davrdagi holatini ifodalaydi. Individning farovonlik darajasini 
oshirish naflilik funksiyasi omillarini yaxshilash orqali amalga oshiriladi. 
Resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi mavjud bozor 
sharoitida individual farovonlikni oshirishning chegarasi mavjud. Pareto 
fikricha bir individ farovonligini oshirish boshqa individ farovonligini 
kamaytirmasligi lozim. Ushbu daraja fan tilida individual Pareto 
opitimumi deb ataladi. Jamiyat barcha a‘zolari farovonligini boshqa aholi 
qatlami farovonligini kamaytirmaydigan darajaga yetishi umumiy Pareto 
96
Random House, Inc. 09 & Webster's Revised Unabridged Dictionary. February 2009
. Retrieved 1 July 2009
.
97
https://www.merriam-webster.com/dictionary/prosperity 
98
https://www.collinsdictionary.com/dictionary/english/welfare 
99
A.Smith. An enquiry into the nature and causes of the wealth of the nations. /W.Strahan and T. Cadell, London 
1776. 
100
A.C. Pigou. The Economics of Welfare, 1920. 


160 
optimumi deyiladi, ushbu optimumga erishishda aholi o‗rtasida resurslar 
taqsimoti optimal bo‗lishi lozim.
101

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish