Reja: 1. Soliq to‘lovchilar. 2. Soliq solish ob‘ekti, bazasi, soliq stavkalari va imtiyozlar. 3. Soliqni hisoblash, hisobotlarni taqdim etish va budjetga to‘lash tartiblari.
1. Soliq to‘lovchilar. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar — O’zbekiston Respublikasi rezidentlari obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lovchilardir.
Quyidagilar obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lovchilar bo’lmaydi:
- notijorat tashkilotlar. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan daromadlar, shuningdek Soliq Kodeksning 132-moddasi birinchi qismining 2, 3 va 15-bandlarida ko’rsatilgan daromadlar olinganda notijorat tashkilotlar mazkur daromadlarga taalluqli qism bo’yicha obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lovchilar bo’ladi. Bunda Soliq Kodeksning 132-moddasida ko’rsatilgan boshqa daromadlarni olish tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralmaydi.
Soliq Kodeksning XX bo’limida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, Soliq Kodeksga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
2. Soliq solish ob‘ekti, bazasi, soliq stavkalari va imtiyozlar. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i chegirilganidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida qoladigan foyda soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan bazadir. Bunda soliq solinadigan baza quyidagi summalarga kamaytiriladi:
- olinishi lozim bo’lgan (olingan) dividendlar summasiga;
- qo’shimcha foyda solig’i to’lovchilar uchun — sof qo’shimcha foyda summasiga;
- tekin olingan pul mablag’lari summasiga, agar ularni o’tkazib berish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan bo’lsa;
- joriy soliq davrida foydalanilganda xarajatlar vujudga kelmaydigan byudjetdan ajratiladigan subsidiyalar summasiga.
- sug’urta shartnomalari bo’yicha sug’urta tovoni (sug’urta summasi) tariqasida olingan mablag’lar summasiga;
- byudjet va davlat maqsadli jamg’armalari oldidagi qarzning qonun hujjatlariga muvofiq hisobdan chiqarilgan summasiga.
Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag’lardan foydalanishdan olingan foyda summasiga.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining eng yuqori stavkasi soliq solish ob‘ektining 8 foizi miqdorida belgilangan.
3. Soliqni hisoblash, hisobotlarni taqdim etish va budjetga to‘lash tartiblari. Kalendar yil soliq davridir.
Yil choragi hisobot davridir.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Soliq to’lovchilar, hisobot davri mobaynida obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha joriy to’lovlar to’laydi.
Joriy to’lovlar taxmin qilinayotgan sof foyda summasidan hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo’yicha hisobot davrining birinchi oyi 10-kuniga qadar soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ining joriy to’lovlari to’g’risidagi ma’lumotnomada ko’rsatilgan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ining belgilangan stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Joriy to’lovlar hisoblab chiqarilgan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ining yil choragidagi summasining uchdan bir qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay to’lanadi.
Hisobot davrida soliq solinadigan bazasi eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda bo’lgan soliq to’lovchilar joriy to’lovlarni to’lamaydi.
Taxmin qilinayotgan sof foyda summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ining summasi hisobot davri uchun byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i summasiga nisbatan 10 foizdan ko’proq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to’lovlarni obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ining haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ining hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to’lovchilar tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lash mazkur soliq bo’yicha hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.