Ijtimoiy adolat



Download 64,5 Kb.
bet1/3
Sana26.04.2020
Hajmi64,5 Kb.
#47283
  1   2   3
Bog'liq
Soatboyev Jo'rabek 8-mavzu topshiriq


1.Ijtimoiy adolat tushunchasi fanda vujudga kelishiga ta'sir ko'rsatgan asosiy omillarni sanab o'ting? Ijtimoiy adolat – jamiyatning demokratik rivojlanish darajasini, inson huquq va erkinliklariga rioya qilish normalarini, millat hayot tarzining axloqiy timsolini belgilovchi davlat siyosati, aholining ijtimoiy jihatdan kam ta'minlangan tabaqalari manfaatini ko'zlab milliy boyliklarni taqsimlash tartibidir. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyilidan biri, ya’ni, uchinchi tamoyil jamiyat hayotida qonun ustuvorligining ta’minlanishi belgilangan edi. Ijtimoiy yo'naltirilgan madaniy-ma'rifiy bozor xo'jaligini tegishli xuquqiy jihatdan ta'minlamasdan turib bunday xo'jalikni shakllantirish mumkin emas. Avvalo huquqiy davlatning elementlari:

1) qonun ustuvorligi;

2) qonun oldida hammaning tengligi;

3) hamma o'z ish faoliyatini qonun doirasida bajarishi;

4) hokimiyat organlarining bo'linishi tamoyiliga amal qiladi.

Ijtimoiy adolatning vazifasi:

1) ijtimoiy munosabatlarning insonparvarligini ta'minlash;



2) guruh tabaqalarning manfaatini himoya qilish.

Konstitutsiyamizdagi har bir qoida tahliliy fikr va mulohaza uchun alohida mavzu. Lekin shunday konstitutsiyaviy normalar borki, ular deputatlar, xalq vakillari, davlat xizmatchilari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish uchun bosh mezondir. Bunday ezgu g‘oyalardan biri – bu ijtimoiy adolat va qonuniylik tamoyili hisoblanadi.

«Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalq uchun xizmat qilishi kerak» degan ezgu g‘oya zamirida ham aynan Asosiy qonunimizda belgilangan davlatning inson farovonligini ko‘zlab faoliyat olib borishiga oid prinsipial qoidalar mujassam.

Xalq manfaatlarini ko‘zlab, fuqarolar farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan yangiliklar sifatida avvalo Harakatlar strategiyasi atalmish hayotiy dasturning qabul qilinishi, 2017-yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilinib, Davlat dasturining ishlab chiqilgani hamda uning samarali ijro etilayotganini ko‘rsatish lozim.

Davlat organlarining mansabdor shaxslari, deputatlarning hududlarga chiqib, xalq orasiga kirayotgani, aholi ko‘tarayotgan ko‘plab muammolarning hal etilayotgani ham yuqoridagi konstitutsiyaviy normaning amaliy ijrosidir.

Masalan, birgina deputatlik korpusi tomonidan 2017-yil mamlakatimizning 77 tumanida o‘rganishlar o‘tkazilib, xonadonlarga kirilib, xalq bilan bevosita muloqot qilindi. Aholini tashvishga solayotgan masalalarni o‘z joyida hal etishga e’tibor qaratildi. O‘rganishlar jarayonida 452 mingdan ziyod fuqaro, jumladan, 8 ming 512 tadbirkorlik sub’ekti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Bunday muloqotlar chog‘ida aholi tomonidan 25 mingdan ziyod masala ko‘tarilgan bo‘lib, ularning asosiy qismi uy-joy, kommunal soha, transport va yo‘l qurilishi, aholi bandligi, sog‘liqni saqlash, bank-kredit, ta’lim, savdo va maishiy xizmat, tadbirkorlik sohalariga taalluqli bo‘ldi.

Hududlarda parlament a’zolari tomonidan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar tufayli 5 mingdan ortiq masala o‘z joyida hal etildi. Xususan, 557 fuqaro ishga joylashtirildi, 1 ming 280 fuqaroga tadbirkorlikni amalga oshirish uchun 9,6 milliard so‘mdan ziyod bank krediti ajratilishiga ko‘maklashildi. 7 mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan 2 ta hududda suv qudug‘i qazilib, suv nasosi o‘rnatilishida amaliy yordam ko‘rsatildi. Xonadonlarga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi, savdo ob’ektlariga bank terminallari o‘rnatildi. Fuqarolarga davolanish uchun orderlar olish, ularni nogironlik aravasi bilan ta’minlashga va boshqa tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishiga ko‘maklashildi.

Bosh qomusimizning 14-moddasida barcha amaliy ishlar «ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi» deya mustahkamlangan. Umuman, ijtimoiy adolatga intilish kabi ustuvor g‘oya Konstitutsiyamizning muqaddimasidayoq belgilangan. Bu asosiy qonunning barcha normalari adolat tamoyillari asosida shakllanganini ko‘rsatadi.

Adolat va haqiqatga intilish xalqimizning tabiatiga xos. Adolat va haqiqat g‘oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog‘i darkor. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-yanvar kuni prokuratura organlari xodimlari bilan uchrashuvda «odamlar hamma narsaga chidashi mumkin, adolatsizlikka chiday olmaydi. Jamiyatda adolat barqaror bo‘lishida prokuratura organlarining o‘rni katta bo‘lmog‘i kerak» degan fikrlari, nafaqat prokuratura organlari xodimlariga, balki davlat hokimiyati idoralarida xizmat qilayotgan barcha mansabdor shaxslar uchun eng asosiy maqsad, eng muhim vazifa bo‘lmog‘i lozim. Zero, adolat ustuvor bo‘lgan joyda baraka bo‘ladi, tinchlik hukm suradi, fuqarolarning farovonligi ta’minlanadi, mamlakat yanada rivojlanadi.

Prezidentimiz tomonidan sudlar faoliyatini yanada kuchaytirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash borasidagi jiddiy tashabbuslar sud hokimiyati faoliyatiga yangicha mazmun olib kirdi. «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi yangi qonunlar qabul qilindi. Biz fuqarolarning huquq va erkinliklari ta’minlangan huquqiy davlat barpo etar ekanmiz, buning uchun avvalo jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashimiz lozim. Bu borada Prezidentimiz tashabbusi bilan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi alohida qonunning qabul qilinishi katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Shuningdek, 2017-yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida va aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etilgani mamlakatimizda qonuniylikni ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda. Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Asosiy qonunimizni hayotga tatbiq etish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, inson manfaatlariga yo‘g‘rilgan tashabbuslar barchamizni yurtimiz taraqqiyoti uchun xizmat qilishda yanada faol bo‘lishga chorlamoqda. Zero, barchamizning eng asosiy maqsadimiz ham xalqimiz uchun xizmat qilish, qonun ustuvorligi va adolat tantanasi uchun kurashish, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishdir.

2.G'arb olimlari ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoya tushunchlariga qanday ta'rif berishgan?


Download 64,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish