II-Mavzu. MEHNAT BOZORI IQTOSODIYOTI FUNKSIONAL
ELEMENTLARI VA TARKIBIY QISMLARI
Reja:
2.1. Mehnat bozori iqtosodiyoti funksional elementlari va tarkibiy
qismlari
2.2. Mehnat bozorini boshqarishning asosiy yo‘nalishlari
2.3. Mehnat bozorida kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi
2.1. Mehnat bozori iqtosodiyoti funksional elementlari va tarkibiy
qismlari
Mehnat bozori iqtosodiyoti funksional elementlari va tarkibiy qismlari
bo‘yicha quyidagi tizimlarni o‘z ichiga oladi:
Mehnat bozori iqtosodiyoti ning ustqurmaviy elementlari: bunga davlatning
tartibga solish va normativ-huquqiy roli, mehnat shartnomalari va hokazolar kiradi.
Davlatning tartibga solish roli huquqiy normalar va qonunlarning qabul qilinishi,
mehnat munosabatlarini
tartibga solish, investitsiyalar harakatini boshqarish,
ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, ishchi kuchi shakllanishiga ta’sir etishdan iborat.
Mehnat bozori iqtosodiyoti ning tashkiliy tarkibi, ya’ni, makro va mikro
darajalardagi tashkiliy-iqtisodiy va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalari quyidagilarni
o‘z ichiga oladi:
ishga joylashtirish bo‘yicha tashkiliy tuzilmalar, bularga, davlat, munitsipial
organlar, nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari va assotsiatsiyalar kiradi;
ta’lim tizimi, bunga davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatidagi o‘quv
markazlari hamda o‘rta va oliy o‘quv yurtlari kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash
institutlari sifatida, fuqarolarni o‘qitish bo‘yicha ish bilan bandlik xizmati organlari
bilan shartnomaviy hamkorlikda mehnat bozoriga yangi mutaxassislarni tayyorlab
beradi;
rekrut tizimi, bunga rekrut agentliklari va ixtisoslashgan
mehnat birjalari
kiradi;
axborot tizimi-mehnat bozori holati haqida axborotlarni to‘plash;
ijtimoiy tizim – ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lganlarga ko‘rsatiladigan
xizmatlar bo‘yicha markazlar va tashkilotlar;
moliyaviy tizim – bularga davlat ish bilan bandlik jamg‘armasi, tijorat ish
bilan bandlikka ko‘maklashuvchi jamg‘armalar, bitiruvchilarni ishga joylashtirishga
ko‘maklashuvchi o‘quv yurtlarining jamg‘armalari kiradi.
Mehnat bozori iqtosodiyoti tarkibidagi institutsional tuzilmalar va
tashkilotlar o‘rtasida yuzaga keladigan ish bilan bandlikka oid ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar ularning o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi.
Mehnat bozori subyektlari munosabatlari tizimiga maxsus organlarining
qo‘shilishi ular o‘rtasida ziddiyatlar bo‘lmasligini ta’minlash, turli-tuman iqtisodiy
vositalar va usullar, huquqiy normalar yordamida ish bilan
bandlik jarayonlari va
siyosatini tashkil etish hamda tartibga solishni ta’min etish zarur.
Camarali ish bilan bandlikni ta’minlash mehnat bozorining bosh ijtimoiy-
iqtisodiy funksiyasi hisoblanadi. Mehnat bozori iqtosodiyoti bu funksiyani
bajarilishini ta’minlaydi, shunday ekan, Mehnat bozori iqtosodiyoti ning
muvaffaqiyatli shakllanishi va rivojlanishi mezoni sifatida ishchi kuchiga talab va
taklif o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash hisoblanadi.
Shuningdek, Mehnat bozori iqtosodiyoti ning bosh masalasi – mehnat
bozorida ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi samarali hamkorlikni va iqtisodiy
shart-sharoitlarni ta’minlashni nazarda tutadi.
Mehnat bozori iqtosodiyoti ning asosiy funksiyasi ish beruvchi bilan xodim
o‘rtasidagi
ish kuchining narxi, mehnat sharoiti, xodimning muayyan ijtimoiy
muammolarini hal qilish, ish bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan aholini kasbga
tayyorlash va qayta tayyorlash, ish joylarini yaratish va saqlash, aholiga axborot
xizmatlarini ko‘rsatish, ishchi kuchi harakatchanligini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-
mehnat nizolarini tartibga solish xususidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishdan
iboratdir. Odatda bu munosabatlar jamoa shartnomalari
tizimi asosida tartibga
solinadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda jamoa shartnomasi tizimi
mehnat bozorida davlatning tartibga solishdan ko‘ra faolroq rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 29-moddasiga muvofiq jamoa
shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid,
ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ
hujjatdir . Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning
mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning
ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida
tuziladi.
Binobarin, unda bevosita shartnomada mustahkamlangan
normalar yoki
tegishli lokal hujjatga havola etish yordamida mehnat jarayonida taraflarning o‘zaro
munosabatlarini tartibga soluvchi barcha tub masalalar mavjud bo‘lishi kerak.
Jamoaviy shartnoma mehnat munosabatlari barqarorligiga erishishda muhim
ahamiyatga ega. Jamoaviy shartnoma tizimi mehnat bozoridagi xo‘jalik
subyektlarining o‘zaro munosabatlaridagi mojarolarni o‘zicha bartaraf eta olmaydi.
Chunki, ushbu mojarolar asosini ijtimoiy manfaatlar, maqsadlar, intilishlar,
talablardagi farqlar tashkil etadi. Garchi, jamoaviy bitimlar tizimi manfaatlarni
kelishib, o‘zaro bir qarorga kelish va mojarolarni tezlik bilan bartaraf etish
jarayonlarini ko‘zda tutsada, muzokaralar jarayoni ancha maqbul natijalarga erishish
jarayonini ham yaratadi. Ayni paytda bitim shartlari shartnoma
shaklini olib, ikki
tomonni mazkur shartlar asosida ijtimoiy va iktisodiy barqarorlikni ta’minlash
maqsadida oxirgi choralarni ko‘rmasdan, ya’ni ish tashlash yoki ishdan bo‘shatishga
yo‘l qo‘ymay, harakat qilishga majbur etadi.
Shuni qayd etib o‘tish kerakki, asosan jamoaviy mehnat shartnomasi tizimi va
bevosita davlatning tartibga solib borishi amal qilishiga qaramay, xodim bilan ish
beruvchi o‘rtasidagi munosabatlar yakka tartibda ham hal etilishi mumkin.
Xodim bilan tuzilgan shaxsiy shartnoma ish beruvchi uchun ancha foydalidir.
Shaxsiy shartnoma tizimi mehnatchining mehnat sharoiti va unga to‘lanadigan ish
haqini shu odamga qarab belgilash imkonini beradi. Jamoaviy bitimlarga ko‘ra esa,
bunday qilib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, tuziladigan shaxsiy bitim ko‘p hollarda
mehnatkashlarni ijtimoiy kafolatlarning kattagina qismidan mahrum etadi va bir
qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Jumladan rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bozorlarida doimiy ishchi
kuchlarini vaqtincha yoki to‘liqsiz ish vaqtida ishlovchi shaxslar bilan almashtirish
qoyda tusiga kirmoqda.
Tabiiyki, mazkur ijtimoiy guruhlarning vakillari ijtimoiy
jihatdan kam muhofazalangan va jamoaviy shartnomalar bilan qamrab olinmagan.
Shu bois davlat ayniqsa, xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlariga o‘tish
sharoitlarida yollashning shaxsiy shartnoma shakllari rivojini nazorat qilib borishi
kerak. Aks holda norozilik kuchayishi natijasida davlat ishsizlik bo‘yicha ijtimoiy
to‘lovlarni ancha ko‘paytirishga majbur bo‘lib qoladi.
Mehnat bozori iqtosodiyoti funksiyalariga xodimni va ish beruvchini
shartnoma tuzishga va o‘zaro yordam ko‘rsatishga tayyorlash, shartnoma tuzishda
ko‘maklashish, mehnat bozoriga chiquvchilarni himoya qilish va ularning o‘zaro
yordam ko‘rsatishini har tomonlama ta’minlash kiradi. Rivojlangan mehnat bozori
ish beruvchilar bilan yollangan xodimlarning o‘zaro yordam ko‘rsatishidan tashqari,
u yoki bu jamoat tuzilmalarining (kasaba uyushmalari, tadbirkorlar va ishsizlarning
birlashmalari, ijarachilar ittifoqlari va hokazolarning) jamoa manfaatlarini himoya
qilish institutsion
tuzilmalaridan tashqari, ijtimoiy hamkorlik masalalarida
davlatning vositachiligini ham nazarda tutadi.
Maxsus davlat idoralarining mehnat bozori subyektlarining munosabatlari
tizimiga kirishi ular o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lishining oldini olish, turli
iqtisodiy vositalar, usullar va huquqiy normalar yordamida aholini ish bilan bandlik
jarayonlari siyosatini tashkil etish hamda tartibga solishni ta’minlamog‘i lozim.
O‘tish davri iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan bozorni boshqarish
(tartibga solish) siyosati uchta asosiy maqsadga erishishni nazarda tutadi:
tarkibiy qayta qurishni rag‘batlantirish va bo‘shab qolgan xodimlarni qayta
taqsimlash jarayonini jadallashtirish;
ishsizlarni mehnat hayotiga juda tezlik bilan jalb qilish;
ish qidirayotganlarning har birini ish bilan ta’minlash.