shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Shuningdek, ushbu dasturga muvofiq mehnat
bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy
xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta’limini
qayta tashkil etishga
kirishildi.
Bandlikka ko‘maklashish markazlari va ayrim korxonalarda o‘tkazilgan
tadqiqotlar ishchilarning, ayniqsa, yosh ishchilarning kasb-hunar malakasi, mehnat
va ishlab chiqarish intizomi ancha pasayib ketganligi, tez va ishtiyoq bilan ishlash
layoqatining yo‘qligini ko‘rsatdi. Talab va taklif orasida mutanosiblik mavjud
emasligini e’tiborga olish, ishlab chiqarish sohasida qayta o‘qitishning quyidagi
turlarini tashkil etishga kirishilgan:
yangi ishchilarni tayyorlash;
ishchilarni qayta tayyorlash (qayta o‘qitish);
ishchilarni ikkinchi kasblarga tayyorlash;
ishchilarning malakasini oshirish.
Mamlakatimizda mehnat bo‘limlariga murojaat qilganlarning aksariyat
qismini
erkaklar tashkil qiladi, ammo ayollar miqdori asta-sekin o‘sib bormoqda,
2009 yilda u 48,8 foizni tashkil qildi. O‘zbekistondagi joriy mehnat bozori yuqori
darajada faollashganligi bilan tavsiflanadi, bu aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha
mehnat bo‘limlari faoliyatining samaradorligi oshganligidan dalolat beradi.
O‘z navbatida yuqori malakali va serg‘ayrat kadrlarni davlatning ishtirokisiz
tayyorlash ancha mushkul ishdir. Faqat davlat yetarli darajada qudratli moddiy,
moliyaviy resurslarga va huquqiy omillarga ega bo‘lib, ular yordamida
moslashuvchan ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga
davlat
bozor tuzilmalari tashabbusini, bozorning o‘z-o‘zini tashkil etishini
bo‘g‘masligi lozim. O‘zgaruvchan bozorning qaror topishini tartibga solish tizimi
boshqaruvning murakkab davlat va bozor sohalarini qamrab oladi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, malakali kadrlarni
tayyorlash bo‘yicha nodavlat tuzilmalarning shakllantirilishi mehnat bozorida
raqobatchilik muhitini kuchaytiradi. Bu esa, mehnat bozorida sifat ko‘rsatkichlar
o‘zgarishiga olib keladi.
Mehnat bozoridagi raqobatbardoshlik taklif qilinayotgan ish kuchi sifatining
ish beruvchi talabiga mos kelishidir. Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik
yuritish mehnat bozorida raqobat
kurashini kuchaytirish, qaytadan tayyorgarlikdan
o‘tishi lozim bo‘lgan kadrlar sonini ko‘paytirish, ularning malakalarini oshirish
uchun ta’lim masalasi bilangina emas, balki ijtimoiy sabablar va mehnat bozori
ehtiyojlari bilan ham bog‘liq.
Ta’lim tizimini qayta qurishning asosiy maqsadi
ishchi va mutaxassislarning
bilim darajasini jahon standartlariga moslashtirishdir. Bu qayta qurish ta’lim tizimi
sifatini shunday darajaga ko‘tarishi lozimki, u ishlab chiqarishni ilmiy-texnika
jihatidan yangilanadigan mos kadrlarni tayyorlay olsin. Iqtisodni ko‘tarish mehnat
bozorida ishchining raqobatbardoshligini ta’minlay olishga erishilishi kerak.
Ta’lim xizmatlari imkoniyatlari davlat va nodavlat o‘qitish maskanlari
tarmog‘ining rivojlanishi bilan bog‘liq.
Qayta qurilayotgan ta’lim tizimi ishlab chiqarish tarmoqlari talablariga
hozirgi kun tuzilmaviy
tarkibidan kelib chiqib emas, balki yanada ilgarilashni
ta’minlash hisobiga, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining bundan keyingi
tezlashishiga ham mos bo‘lishi lozim bo‘ladi.
Xo‘jalik yuritishning yangi usuliga o‘tish davrida oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlarining samara bilan ish olib borishini ta’minlash uchun ularga ma’lum darajada
ijtimoiy-iqtisodiy mustaqillik berish lozim bo‘ladi.
Xo‘jalik yuritishning kadrlarni tayyorlash borasida
olib boradigan ishlari
samarali bo‘lishi uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur bo‘ladi:
mutaxassislar tayyorlash va ular malakasini oshirish ishlarini olib borishga
qodir bo‘lgan o‘quv ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish va ularga moliyaviy va moddiy
imtiyozlar berish;
o‘quv yurtlari faoliyatini boshqarishda iqtisodiy uslublardan kengroq
foydalanish;
mutaxassislarni qayta tayyorlashning eng maqbul yo‘llarini tanlash va miqdor
jihatidan ularni mehnat bozoridagi talab ehtiyojiga qarab o‘zgarib turishini
ta’minlash.