Iii qism. Musiqa asarlari tahlili 1-mavzu. Musiqiy shakl va uning umumiy asoslari



Download 170,83 Kb.
bet65/105
Sana08.02.2022
Hajmi170,83 Kb.
#436746
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105
Bog'liq
Musiqa asarlari tahlili

Klassitsizm davrida rondo.
Klassik uslubda ronda yangi qirralarni kasb etdi. Oddiy rondolar nisbatan murakkablariga – bog‘lamali, kо‘pincha rivojlovlilariga о‘z о‘rnini bо‘shatib berdi. Yangi, strukturasi belgilangan shakllar.yuzaga keldi va ular cholg‘u, shuningdek vokal musiqaning turli janrlarida tarqalgan
Asosiy turi besh qismli rondo sanalib, u ikki kо‘rinishga bо‘linadi:
1. Ikkita turlicha epizodli – ABACA.
2. Birinchi epizodning takrori, ammo о‘zga tonallikda –ABAB1A.
Bular bilan bir qatorda boshqa alohida shakllar ham uchraydi:
1. Ikkinchi epizodda rivojlov bilan – ABARA (Betxoven. Sonata № 2, II q. Largo) о‘tadi.
2. Birinchi yoki ikkinchi epizod refren mavzusi materialida tuzilgan - AA1ACA yoki ABAA1A (Motsart. Sonata № 8, final; sonata № 15, final).
3. Kamdan-kam hollarda kо‘p qismli «qadimiy» (ABACADA tipdagi), ammo о‘z rivojlanishida anchagina murakkablashtirilgan shakllardan ham foydalaniladi.
Klassik uslubda ABACA ronda juda keng tarqalgan. ABAB1A rondo sezilarli darajada kam uchraydi (u birinchi marta Motsart tomonidan kiritilgan).
Bu shakl ohista sur’atlardagi asarlarda ham qо‘llana boshladi (Motsart. Sonata № 14, Adajio; Betxoven. Sonata № 8, II q.).
Vena klassiklari kо‘pincha rondo shaklida raqs intonatsiyalari orqali ulkan insoniy quvonch, tantana, kо‘tarinkilik tuyg‘ularini umumlashma ifoda etadilar (masalan, Betxoven. So­nata № 21, final). Rondo – sonata- simfonik turkumining final qismi bо‘lib qoladi.
Klassik rondo bо‘limlari soni qisqarganda bо‘limlarning hajmi ortadi, yanada kengaytiriladi. Refren va epizodlar tuzilmasi kо‘pincha davriya emas, endi oddiy ikki-uch qismli shakldan iborat bо‘ladi.
Refren bilan epizodlar orasida mavzuiy kontrast kuchaytiriladi. Ikki epizodli rondolarda,ayniqsa, ikkinchi epizod kontrastlanadi (Betxoven. Rondo C-dur, op. 51).
Rondo shaklining alohida bо‘limlari orasida kontrastning ortishi klassik kompozitorlar ijodida keng о‘tuvchan rivojlanishga intilish va shakl qismlari tarqoqligini bartaraf etishga urinish bilan birlashib ketadi. Bunga rondo bо‘limlari orasidagi bog‘lov-о‘tishlar kо‘maklashadi. Besh qismli rondo uchun refrendan birinchi epizodga, undan refrenning ikkinchi о‘tkazilishiga,hamda ikkinchi epizoddan refrenning oxirgi о‘tkazilishga bog‘lovlar eng xarakterli xususiyatdir (L. Betxoven. Rondo, op. 51 №1).
Kontrast kuchaytirilgani va nisbatan murakkab rivojlovning paydo bо‘lishi tufayli katta umumlashmaga, shaklning qо‘shimcha tugallanishiga zarurat yuzaga keladi. Shundan klassik rondoda kodaning ahamiyati ortdi.
Koda – rondo mazmun xarakteri, shaklda kontrast va rivojlanish darajasiga bog‘liq tarzda turlicha: katta bо‘lmagan tugalmadan (Betxoven. Sonata № 20, final) rivojlov belgilarga ega kengaytirilgan tuzilmalargacha (Betxoven. Rondo C-dur, op. 51) bо‘lishi mumkin.
Koda – alohida bо‘lim, rondoning asosiy qismidan ajratilgan tarzida bо‘lishi mumkin, ba’zida unda,hatto, yangi mavzu materialidan foydalaniladi.
Shunday qilib, yetuk klassitsizm davrida rondo shaklining asosiy farqli xususiyatlari bо‘lib kontrastning kuchaytirilganligi, о‘tuvchan rivojlantirishning paydo bо‘lishi sanaladi, ular dinamizmning ortishi, shaklning birligi va yaxlitligi ortishiga olib keladi.

Download 170,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish