Rondo shaklining kelib chiqishi. Rondo – eng qadimiy shakllardan biri. Uning ildizlari naqoratli xorovod (davra) qо‘shiqlari, raqslarga borib taqaladi.
«Rondo» italyanchadan tarjima qilganda, “davra” degan ma’no anglatadi. Rondo shakli nomining kelib chiqishi bilan bog‘liq ikkita taxmin (faraz) mavjud. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, rondo nomi aynan davra qо‘shiqlaridan (xorovod, davra) kelib chiqqan. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa, rondo aynan bitta mavzu tinimsiz takrorlanadigan, gо‘yo yopiq doira hosil qiladigan shakl xususiyatlarini aks ettiradi, degan fikr bildiradi.
Professional musiqada rondo shakli XVII asrda paydo bо‘ldi.
Tarixan rivojlanib, bu shakl turli uslublarda strukturaning ayniqsa katta rang-barangligiga ega bо‘ldi. Shu sababli rondoni boshqa shakllarga qaraganda aynan ma’lum davr uchun xarakterli bо‘lgan xususiyatlari va qirralarini hisobga olgan holda о‘rganish kerak bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |