6 - MAVZU . RONDO SHAKLI
1.Umumiy tavsifi
Rondo – refren deb yuritiladigan asosiy mavzu bilan epizodlar deb yuritiladigan boshqa mavzularning almashinuviga tuzilgan shakl. Rondoning asosiy sharti refrenning kamida uch marta о‘tkazilishi sanaladi.
Rondo sxemasi quyidagicha kо‘rinishga ega:
A+B+A+C+A+D+A…
Refren asarning umumiy xarakterini belgilaydi va kо‘pincha qо‘shiq-raqs xarakteriga ega bо‘ladi. Refren butun asar tonalligini ham belgilab beradigan aynan bitta tonallikda о‘tkaziladi. Garmonik jihatdan refren yopiq tuzilma bо‘lib, asosiy tonallikdagi tо‘liq kadensiya bilan tugaydi. Refren strukturasi – ikki jumladan iborat davriY.
Epizodlar о‘zining refren tonalligidan farq qiladigan tonalligiga ega. Odatda, epizodlarda birozgina mavzuiy kontrast kiritadi. Epizodlar strukturasi rang-barang bо‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |