Mavzu: “Dehqon bilan jin” ertagi
Maqsad: Bolalar ertak asosida tarbiyachining savollari bo’yicha yoki suratlarga qarab mazmunan hikoya qilib beradilar. Berilgan savollar orqali bolalarning mustaqil fikrlash va fikrini erkin bayon etish ko’nikmalari shakllanadi.
Bolalar so’zlarni to’g’ri talaffuz etadilar va aniq, shoshilmay, yetarlicha baland ovozda gapirishga odatlanadilar.
Bolalar mehnat qilib kun ko’rishning afzalligi haqida tushunchaga ega bo’ladilar: insoniyat uchun mehnat qilish, kasb-hunarning qanchalik muhim ekanligi, uning inson hayoti uchun suv va havodek zarurligi, o’zbek xalqi qadim-qadimdan mehnatni ulug’lashi, mehnatsevar xalq ekanligi, kasb-hunarlilik, mehnatsevarlik, halollik va rostgo’ylik oila farovonligining belgisi ekanligi haqida tushunchaga ega bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |