16-mavzu. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 70,96 Kb.
bet1/10
Sana14.01.2022
Hajmi70,96 Kb.
#365236
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
16-Мавзу. Маъруза матни


16-MAVZU. ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.
Bugungi murakkab va tahlikali zamonda, milliy, mintaqaviy va global miqyosda kechayotgan jarayonlar, hamda, mamlakatitmizda olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi chuqur islohatlar davrida, fanlarning, shu jumladan, klassik fanlarning fundamental nazariy asoslarini bilmasdan turib jamiyat barqarorligiga erishish mumkin emas.

Insoniyatning taraqqiyoti ta’lim va ilm-fanning yuqori darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Estetik tafakkur taraqqiyotining tarixi, nazariyasi va amaliy jihatlarini shakllanish, ularni samarali va taalluqli ta’lim tizimiga oqilona tadbiq etish bugungi kunda davr talabiga aylanib bormoqda, chunki kishida estetik faoliyat paydo bo‘lishi bilan asta-sekin go‘zallik, nafosat, ulug‘vorlik, uyg‘unlik kabi ijobiy fazilatlar yuzaga keladi va estetik faoliyat davomida inson go‘zallik va nafosat qonuniyatlarini yaratadi, o‘zlashtiradi va ularga amal qila boshlaydi.

Zamonaviy G‘arb estetikasida ta’kidlanadiki: “Estetika bu insonlar uchun suv va havodek zarur bo‘lgan bizni fikrlashga undaydigan mahorat, did, saviya va fahmimizni oshiradigan fandir. Agar insonda estetik salohiyat did farosat bo‘lmasa u dunyo go‘zalliklarini ko‘ra olmaydi1.

Hozirgi kunda estetika ilmi jamiyatning ma’naviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy sahalariga ham keng ta’sir ko‘rsatmoqda. Jamiyatda vujudga kelayotgan yangi talablar, g‘oyalar va estetik ehtiyojlar, innovatsiyalar, fan va texnika yutuqlari, yangi ifoda usullari, yangicha fikrlash tarzi buning yorqin ifodasidir. Jamiyatning estetik didi va estetik ehtiyojini o‘rganish-bu inson ma’naviyati, madaniyatini kamol toptirish bilan birgalikda, bozor iqtisodiyotining talab, taklif bozor muvozanati qonuniyatlarini va marketiningni rivojlantirish, raqobatbardoshlikni oshirish, uning barobarida hayot sifatini yaxshilash demakdir. Hozirda estetik bilimlar doirasi shu qadar kengayib bormoqdaki, u ijtimoiy taraqqiyotning deyarli barcha sohalarida; san’atda, sportda, tibbiyotda, badiiylik bilan bog‘liq barcha faoliyat turlarida, dizaynda, keng qo‘llanmoqda va ular estetikaning obyektini toboro kengaytirmoqda.

Bugungi kunda estetika fanining kelib chiqishi xususida bir qancha qarashlar mavjud. Bizningcha ushbu fanning kelib chiqishi insoniyatning go‘zallikka bo‘lgan estetik ehtiyojining natijasidir. Uning kelib chiqishida esa, sinergetika, (xaosdan garmoniyaning yaralishida), ratsional aql hamda intuitiv omillar (aqliy va hissiyotga asoslangan), xalqlarning an’ana va marosimlari, odatlari, ijod jarayoni va buyuk shaxslarning asarlari, arxetiplar(jamoaviy onglanmaganlik), o‘yin nazariyasi, mimemsis (taqlid) va mehnat salmoqli o‘rinni egallagan deb hisoblaymiz. Shuningdek, sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, ko‘nikmalar, bilimlar orqali estetika fani shakllanib bordi va rivojlandi.

Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq u o‘zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. «Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714—1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi G. Laebnits (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi Laebnits inson ma’naviy olamini uch sohaga – aql-idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg‘uga bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aql–idrokni o‘rganadigan fan – mantiq, iroda-ixtiyorni o‘rganuvchi fan esa – axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. Biroq his-tuyg‘uni o‘rganadigan fan falsafiy maqomda o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi2.

Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko‘p o‘tmay, u goh «go‘zallik falsafasi», goh «san’at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi, chunki estetika go‘zallikni san’atni, badiiy ijodni boshqalarni o‘rganadi.


Download 70,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish