16-mavzu. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari


Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tavsifi



Download 70,96 Kb.
bet5/10
Sana14.01.2022
Hajmi70,96 Kb.
#365236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
16-Мавзу. Маъруза матни

Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tavsifi.

Har bir fanda “kategoriya” uning mezonini anglatadi. Kategoriyalar (yun.belgi, izohlash)falsafiy tafakkur uchun nihoyatda muhim, olamdagi o‘zgarish, rivojlanish, aloqadorlik va uzviy bog‘liqlikka xos umumiy jihatlarning in’ikos; narsa va hodisalarning o‘ziga xosligi, o‘xshashligi va farqlarini, barqarorligi va o‘zgarishini anglatuvchi, bilishning asosini tashkil etuvchi umumiy tushunchalar.11

Estetika fanida deyarli har bir kategoriyaning qarama-qarshi kategoriyasi mavjuddir. Masalan, go‘zallik-xunuklik, ulug‘vorlik-tubanlik, fojeaviylik va kulgililik. Umuman, qarama-qarshiliklar birligi san’atni ham harakatga keltiruvchi mexanizmdir desak adashmagan bo‘lamiz. Falsafa fanida ham, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni-dialektikaning muhim qonunlaridan biri bo‘lib, u tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotida amal qiladigan yalpi umumiy qonundir.

Ayniqsa, Qadimgi yunon falsafasida Pifagor va pifagorchilarning qarashlarida o‘ziga xosdir. Ular olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini raqamlar orqali tushuntiradi. Xususan, 1-raqam olamdagi hamma narsa va hodisalarning nafosat olamining asosidir, 2 - raqam tabiatdagi qarama-qarshiliklar, ya’ni go‘zallik va xunuklik, yorug‘lik va zulmat, erkak va ayol kabi tushunchalarning asosidir.

Esxil esa o‘z tragediyalariga ikkinchi aktyorni olib kirdi va shu bilan fojiaviy to‘qnashuvlarni ancha teran ishlash va hatti harakat jihatlarini kuchaytirish imkoniga erishdi. Bu teatr san’atida yuz bergan chinakkam burilish nuqtasi edi: bittagina aktyor bilan xor ishtirok etuvchi eski tragediya o‘rniga sahnada o‘zaro olishuvlar orqali personajlarning fe’l atvori ochiladigan yangi xildagi tragediya paydo bo‘ladi. Demak, qarama-qarshilik insonning estetik madaniyatida har xil vaziyat va kayfiyatlarni aks ettirib, hamisha undagi ijtimoiy o‘zgarishlarga hamohang ravishda yangilanib boradi.

Ijodkorlar uchun har bir davrda, o‘z davrining ziddiyatlari, odamlar orasidagi munosabatlar, rivojlanib borayotgan dunyo illatlarini ochib tashlash, hayotni go‘zallik qonunlari asosida qayta qurish ishtiyoqi yetakchi mavzu bo‘lib kelgan.

Estetik idealga intilish - estetikada yangidan-yangi estetik me’yorlarni, mezonlarni, go‘zallikni,uyg‘unlikni, nafosatni, ulug‘vorlikni, hayratni yaralishiga asosiy omil bo‘lib hizmat qilgan.

Estetik ideal eng avvalo-g‘oyadan boshlanadi, g‘oya esa har bir davrning estetik ehtiyojlaridan kelib chiqadi. G‘oyalar o‘z ibtidosi va intihosiga ega. Ular ham ma’lum makon va zamonda paydo bo‘lishi, jamiyat rivojiga muayyan hissa qo‘shishi, kishilar ongi va qalbidan joy olishi, o‘z umrini yashab, joziba, kuch-quvvatini yo‘qotgach, tarixiy xotiraga aylanishi mumkin.

G‘oyalar ezgulikka yoki yovuzlikka, ozodlikka yoki istibdodga, ma’rifatga yoki jaholatga xizmat qilgan. G‘oyalar bilan bir qatorda qadriyatlarda ham shunday parallel holatni kuzatamiz.

Ijtimoiy jarayonlar ta’sirida kishilarning qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvuri, qarashlari o‘zgaradi, bu esa taraqqiyot jarayonida odamlarning turmush sharoitlari, hayoti va ma’naviy qiyofasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Turli xil jihatlar har qanday qadriyatlarning qarama-qarshi tomonlarini tashkil qiladi. Ijobiyligi va salbiyligi, baholanishi va ahamiyatiga ko‘ra bir-biriga mutlaqo zid ko‘rinadigan “yaxshilik” va “yomonlik”, “haqiqat” va “haqsizlik”, “baxt-saodat” va “g‘am-kulfat”, kabi tushunchalar hayotning bir-biri bilan qarama-qarshi bog‘langan jihatlarini ifodalaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda estetika fanining go‘zallik, xunuklik, ulug‘vorlik, tubanlik, fojeaviylik, kulgililik singari mezoniy tushunchalarining vujudga kelishida ham g‘oya, qadriyatlarning va ulardagi qarama-qarshilik prinsiplari bilan uyg‘unlik mavjud. G‘oya va qadriyatdan farqli o‘laroq estetika ushbu tushunchalarning estetik tuyg‘ular orqali vujudga keladigan insonning kechinmalarini ham o‘rganadi.

Aristotel: ”San’atkorlar, - deb yozadi u, - muayyan shaxslarni tasvirlaydilar, ular esa yaxshi va yomon bo‘lishi mumkin. Ular bizdan yaxshiroq yoki bizdan yomonroq, yoki hatto bizdek bo‘ladilar . Tragediya va komediya orasida ham xuddi shunday tafovut mavjud: komediya hozirgi vaqtda yashayotganlardan ko‘ra yomonroq, ikkinchisi esa, yaxshiroq kishilarni tasvirlashga intiladi”.12

Farobiy ham she’riyat san’atiga to‘xtalib ta’kidlaydi: She’riy so‘zlarga kelsak, ular suhbat vaqtida tilga olingan narsani yo holatni, afzallik yoki pastlikni yanada aniqroq, ravshanroq tasvirlash, kuchaytirish uchun qo‘llaniladi. Bunda (she’riy tafakkur ham) go‘zallik va chirkinlik, yuksaklik va tubanlik (olchoqlik)ni yoki shu kabi (hayot hodisalarini) tasvirlashdir.13

Estetik tafakkur tarixida ko‘pgina mutafakkirlar go‘zallikning idealga nisbatini tadqiq etganlar, yoki go‘zallikni mezon, komillik, ideallik deb bilganlar.

Qadimgi Yunonlar tartibsizlik, xunuklikni Xaos so‘zi bilan, tartiblilik, xushbichimlik, koinot uyg‘unligini va idealni Kosmos so‘zi bilan belgilaganlar. Go‘zallikning qonuniy prinsipi –estetik me’yor bo‘lib, u saqlangan joyda hamisha go‘zallik mavjud bo‘ladi. Xunuklik esa estetik me’yorning buzilishi, asosida yuzaga keladi. Tarixiy manbalarda ushbu fikrlar ifoda etilgan ko‘plab manbalarni keltirish mumkin. Anandavardxana (Hindiston XIasr)ning mashhur “Dxvanyaloka”(Poetik javhar yog‘dusi) asarida she’rni barkamol va go‘zal qiluvchi fazilatlar-ravshanlik, fikr kuchi, bog‘lanish, malohat (tatimlilik), mutanosiblik, uyg‘unlik, ma’nodorlik, nafislik (nafosat), ohangdoshlik, go‘zallik (dilbarlik), olijanoblik fazilatlarini hosil qilishda qanday qoidalarga amal qilish zarurligi tushuntiriladi.Buning ziddi, teskarisi bo‘lgan, she’rni zaiflashtiruvchi (sayozlik, siyqalik, dag‘allik, befarqlik, beodoblik, xunuklik, qabihlik kabi ) illatlarning kelib chiqish sabablari ham uqtiriladi14.




Download 70,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish