16-mavzu. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari


Estetika fanining obyekti va falsafiy mohiyati



Download 70,96 Kb.
bet2/10
Sana14.01.2022
Hajmi70,96 Kb.
#365236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
16-Мавзу. Маъруза матни

Estetika fanining obyekti va falsafiy mohiyati. B.Husanovning ta’kidlashicha “Estetika predmeti, obyekti va tadqiqot doirasiga ega fan. Ma’lumki, barcha fanlar o‘z predmetiga ega bo‘lib, olamning mohiyatini bilish, borliqning mazmunini tushunish, voqelikni tasavvur qilishga qarab har bir fan o‘z predmetini belgilaydi. Mohiyatan insonni paydo bo‘lishi va voqelikni idrok qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha qadriyatlar estetikaning predmeti bo‘la oladi. Jumladan, tabiat va uning estetik xususiyatlari, san’at va uning badiiy obrazlardagi ifodasi, ijod jarayoni va uning qonuniyatlari, jamiyat va uning rivojlanish prinsiplari estetikaning predmeti bo‘lib xizmat qiladi”.

Estetika fani etika, psixologiya sotsiologiya, dinshunoslik, pedogogika, semiotika san’atshunoslik fanlari bilan uzviy aloqador va falsafiy fan hisoblanadi.Ma’lumki, bilish nazariyasida, bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obyektiv reallikka munosabatini o‘rganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqqoniyligi shartlari va asosiysi mezonlarini tadqiq etadi3.

Estetika fanining qonuniyatlarini kelib chiqishida ham badiiy bilim muhim o‘rin egallaydi. Badiiy bilim borliqni tushunib yetish refleksiyasining o‘ziga xos shakli bo‘lib, u san’at borlig‘ining barcha bosqichlarida, asar g‘oyasidan boshlab uning odamlar tomonidan qabul qilinishigacha, o‘ziga xos tarzda ro‘yobga chiqadi. Shuningdek, o‘yin vositasidagi bilim ham san’atning kelib chiqishida muhim ahamiyatga ega. O‘yin jarayonida shaxs qizg‘in bilish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarning katta qismini o‘zlashtiradi, madaniy boyliklar yaratadi.

Farobiy yozgan edi: «Inson o‘zining alohida xususiyatlari bilan barcha hayvonlardan farq qiladi, chunki unda jon bor, undan tana a’zolari vositasida ta’sir etuvchi kuchlar paydo bo‘ladi, bundan tashqari, unda tana a’zolarining vositasisiz ta’sir etuvchi kuch ham bor; bu kuch aqldir»4.

Ong – odamning, uning miyasi va psixikasining tashqi dunyoni ideal aks ettirishidir; insonning ma’naviy dunyosidir, o‘zining dunyoda borligini anglab yetishidir; uning tashqi dunyoga munosabatidir. Ong, tafakkur, psixika – bu materiyaning eng asosida, negizida yotgan aks ettirish layoqatining muqarrar oqibatdir.

Suqrot-san’at taqlid orqali hayotni in’ikos (aks ettirish) ettirish ekanligini ta’kidlaydi. San’at asari tabiat asari singari shakl va materiya (modda) birligidan iborat. San’at tabiatga taqlid qiladi va ana shu taqlid natijasida tabiatga o‘xshab organizm yaratadi.

Kishining, aytaylik, biron-bir voqeani boshidan kechirishi esa uning taqqoslashini, o‘ylashini, ideallashtirishini, abstraktlashtirishini, chalg‘ishini, ya’ni tafakkur amaliyotidan foydalanishini bildiradi.

Eng qadimgi odamlar (arxantroplar) faoliyatining dastlabki mahsulotlariyoq ulardan o‘z mehnati natijalarini anglab olishlarini talab qiladi. Masalan, eng qadimgi mehnat qurolini – qo‘l rubilosini yasash uchun bir qator barqaror tasavvurlar, bo‘lg‘usi qurol shaklining ideal obrazi, mezoni mavjud bo‘lishi, tafakkurda eng oddiy sabab-oqibatli aloqalar aniqlab olinishi talab qilinadi. Paleoantroplar (qadimgi odamlar) bosqichida, chamasi, umumlashgan tasavvurlar, eng oddiy muhokama va xulosalar paydo bo‘ladi. Shu davrda diniy va estetik tasavvurlarning kurtaklari paydo bo‘ladiki, neandertal odamlar ko‘milgan joylardagi topilmalar bundan dalolat beradi. Ong shaxs ma’naviyatini, uning emotsiyalari, kechinmalari, tashvish va orzu-umidlarini, fantaziya va hayollarini, insonning subyektiv, ichki borlig‘i dunyosini, uning ruhini keltirib chiqaradi va shakllantiradi.

A.Sher ta’kidlaydiki, “Inson o‘ziga ato etilgan ongning turli qirralari bilan olamning turli tomonlarini, har xil jihatlarni nurlantiradi, o‘zida aks ettirib tahlil etadi, xulosalar chiqaradi. Natijada, bir inson bitta hodisani o‘nlab, balki yuzlab rakkursda mushohada qilish va anglashi mumkin. Ongning ana shunday faoliyat turlaridan biri estetik anglashdir. Estetik anglash, aytib o‘tganimizdek, estetik jarayonni tashkil etishi barobarida estetik munosabatni yuzaga keltiradi, ongning ana shu faoliyati ichki nafosatni shakllantiradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, estetik anglash faqat estetik qadriyatlar yohud obyektlarni idrok etishda emas, balki yangi estetik qadriyatlar yaratishda ham faol ishtirok qiladi, ya’ni u estetik faoliyat jarayonida o‘zining doimiy ulushiga ega: san’at asarining dunyoga kelishida, turmush sharoitini, ishlab chiqarishning go‘zallashuvida va shunga o‘xshash holatlarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”5.

Demak, dunyoni bilish nafaqat qonunlarni aks ettiruvchi kategoriya va tushunchalar, balki san’atda yaratiladigan obrazlar, oliy shakllar, ya’ni badiiy obrazlar orqali ham amalga oshiriladi. Har qanday bilish insonning ikkita bilish qobiliyati: ratsional (aqliy), mavhum-mantiqiy (abstrakt-mantiqiy) va his etish, obrazli-ta’sirchanlik (obrazli-emotsional)dan iborat. San’at olamida har bir badiiy asar yaxlit holda bilish, falsafiy, estetik mohiyatning mujassamligini talab qiladiki, ushbu mohiyatsiz musiqa quruq tovushlar yig‘indisi, tasviriy san’at quruq ranglar yig‘indisi, she’riyat esa so‘zlar yig‘indisi bo‘lib qolaveradi. Ayniqsa, maqom janri, simfoniya, roman, doston, portret janrlari murakkab falsafiy tizimdir.

Geraklit inson ma’naviy kamolotida hissiy va mavhum bilim to‘plash sodir bo‘lishini, estetik madaniyat esa har ikkalasini birga olib borishni taqozo etishini ta’kidlaydi. Chunki, hissiyot jismning tabiati haqida uzul - kesil bilim berolmaydi. To‘liq bilimni faqat tafakkur bera olishini ta’kidlaydi6. Demak, tafakkur ustunligi, tafakkur orqali hissiyot ma’nosini, ahamiyatini idrok etish shaxsning haqiqiy nafosatni ajratib olishiga imkon beradi.

Nafosat-obyektiv voqelik sifatida narsa-hodisalarning estetik xususiyatlarini anglatsa, subyektiv voqelik tarzida insonning ana shu estetik xususiyatlarini anglash va idrok etish borasidagi botiniy faoliyatidir.

Ma’lumki estetika fani «San’at falsafasi» iborasi bilan ham yuritiladi. Estetika fani esa falsafiy fan bo‘lib uning nazariy va uslubiy asoslarini falsafiy tafakkur nazariyasi va tarixi tashkil qiladi.

Falsafani qadimda (Aflotun, Arastu) san’at deb atashgan. Falsafa fanmi yoki san’atmi degan muammo o‘shandan buyon bahslarga sabab bo‘lib kelgan. San’at falsafasida, san’atning falsafiy o‘rni, dunyoqarashi, madaniyatshunoslik tizimidagi fundamental aspektlari va ularning turli ko‘rinishlari va o‘ziga xosliklari tadqiq etiladi. Fan tashuntiradi, san’at ko‘rsatadi iborasi bejiz emas.

Estetik tafakkur tarixida nafosat mezonlariga rioya qilish, vazn tuyg‘usi, tenglik aksi, ularni yaratish jarayonidan olinadigan quvonch kabi estetik faoliyatning muhim belgilari mavjud bo‘la borgan. Uyg‘unlik, tartib, me’yor ritm kabi estetikaning fanining qonuniyatlarini shakllanishi uchun insoniyat badiiy faoliyatida uzoq tarixiy davrlar kerak bo‘lgan. Chunki, badiiy faoliyatda tafakkur mezonlari asosan quyidagi jihatlarda o‘z aksini topadi: abadiiy asar g‘oyasida; asarning obraz qurilishida, badiiy asardagi shakl va mazmun uyg‘unligida; kayfiyat va ular ortida turgan fikrlarni o‘ylab ko‘rishda; asarning badiiy to‘qimasi – garmonik tuzilishidagi fikrlar rivojida, kompozitsiya, ritm, faktura, dinamikada, asarning shakllanish mantig‘ini fikrlab ko‘rishda; fikr va hissiyotlarning mujassamlashishining mukammal yo‘llari, usullari va vositalarini topishda; asarning uslubiy jihatlarida.

Verk ta’kidlaydiki: Go‘zallikning asl sabablari sifatida mutanosiblikni ham, manfaatlilikni ham, maqsadga muvofiqlilikni ham, mukammallikni ham ko‘rsatish mumkin emas, chunki bu sabablar ratsionallik bilan bog‘liq. Vaholanki go‘zallik aqlimizni ijodi emas. Go‘zallik idrok etilayotganda sezgilarni hammasi umumlashib, bir yoqadan bosh chiqarib ishtirok etadi. Demak go‘zallik birvarakay barcha sezgi a’zolariga taalluqlidir.

Estetika fanida ong, tafakkur kabi omillar bilan bir qatorda subyektik-ruhiy, estetik va intuitiv omillar ham g‘oyat muhim ekanligini kuzatamiz. Bu o‘rinda ijod va intuitsiya, estetik anglash tuzilmasi, katarsis, empatiya-insoniyat tarixida estetik mezon va qonuniyatlarning yaratilishida asosiy o‘rin tutganligini alohida qayd etish lozim. Estetik his-tuyg‘u, eng avvalo go‘zallik mezonlarini his etish jarayonlarini anglatadi.

Kant san’atning tabiatini aql va hissiyot, mantiq va intuitsiya, kabi qarama-qarshi tushunchalarning yig‘indisi tashkil qilishini ta’kidlagan edi. Kantning fikriga ko‘ra, estetik hissiyot beg‘araz va narsa-hodisaga bevosita maftunlikka borib taqaladi.

Inson yaratilibdiki, o‘z hayoti va faoliyatida intuitiv ravishda dastlab go‘zallik qonunlarini bilmagan holda ham, hayotini ko‘rkamlashtirishga o‘z tassavvuridagi go‘zallikni yaratishga intilib kelgan.

Bizga estetika fani tarixidan ma’lumki, “estetika” so‘zi yunoncha aisthetikos–«oyestetikos» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») so‘zidan olingan bo‘lib, “sezish”, “his qilish”, “his etiladigan” singari ma’nolarni anglatadi.

His-tuyg‘ular intelektual, ma’naviy va estetik turlarga bo‘linar ekan, estetik his-tuyg‘ularga bizning go‘zal, chiroyli, yoqimli narsalardan zavqlanishimiz, shodlanishimiz, huzur kilishimiz, rohatlanishimiz kabilar kiradi. Bu hislarning manbai go‘zal tabiat, san’at, adabiyot, chiroyli turmush kabilar bo‘lishi mumkin. Ular albatta sezgilar orqali insonga etib keladi.

Sezgilarning o‘zaro ta’siri asosan ikki: sensibilizatsiya va sinesteziya jarayonida sodir bo‘ladi. O‘zaro ta’sir jarayonida bir analizatordagi sezuvchanlikning ortib ketishi «sensibilizatsiya» deb ataladi. Sinesteziyaga shunday sezgilarning o‘zaro ta’siri kiradiki, ularda qo‘zg‘alish ta’siri ostida bir analizatordan boshqa bir analizatorga xos bo‘lgan sezgi paydo bo‘ladi. Ular «Go‘zal ohang», «nafis rang» kabi yoki go‘zallik, uyg‘unlikka asoslangan estetik hissiyot va tushunchalarning vujudga kelishiga olib keladi.

Ana shunday nisbiy go‘zallik haqida fikr yuritib, G‘azzoliy ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydigan narsalarda ham go‘zallik mavjudligini aytib o‘tadi. Haqiqatan ham, biz «go‘zal ovoz» deganimizda, faqat qulog‘imiz orqali, «yoqimli hid» deganimizda dimog‘imiz orqali go‘zallikni ajratamiz. Demak, go‘zallikni his etishda besh sezgining hammasi baravar ishtirok etishi shart emas. Ayni paytda, Imom G‘azzoliy go‘zallikni ba’zan besh sezgining birortasi ham ishtirok qilmagan xolda his etish mumkinligini alohida ta’kidlaydi.7.

Estetika fanida estetik intuitsiya, (lot. qattiq, diqqat bilan qarash, ba’zi adabiyotlarda “fahm” deb ham yuritiladi) empatiya (badiiy asarni yaratish va idrok etish jarayonlarida hissiy kechinmalar) katarsis (forig‘lanish) kabi tushunchalar alohida o‘rganiladi, chunki ular estetik hissiyot bilan bog‘liqdir.“Intuitsiya. birinchidan, avlodlarning tajribasiga asoslangan holda sezgirlik, ziyraklik, mantiqiy asossiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqiqatga erishmoqlikdir. Intuitsiya haqidagi fikrlarni avvalo biz Sharq madaniyatida kuzatamiz. Xususan qadimgi hindlarda ta’kidlanadiki: “Intuitsiyaning joylashgan joyi, qoshlarning o‘rtasida va undan salgina teparoqda. Aynan shu yerda insonning uchinchi ko‘zi yoki nigohi joylashgan. Intuitsiya-bu kuch nur yoki lahzalik ma’aviy – ruhiy ishonch”8.

Empatiya (yunon. Empatheia - hamdardlik)da hissiyot me’yorlarining miqdor ko‘rsatgichlarini yuksalishini kuzatamiz. San’atni idrok qilish mexanizmi sifatida empatiya, ya’ni o‘zini obraz bilan tenglashtirish amal qiladiki, bu kuchli ematsional ta’sirlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Ijobiy va salbiy emotsional holatlarning bir-biriga o‘tishi bilan bog‘liq murakkab jarayon shaxsni o‘z tajribasini qayta tushunishga majbur qiladi va uning qadriyatlar tizimida to‘ntarish yasashga qodir.

Ya’ni “Katarsis (yun. Katharsis – tozalanish, poklanish, yangilanish) – ruhiy poklanish, dunyoviy yomonliklardan qalbni tozalash. Birinchilar qatorida katarsis amalini musiqa vositasida qalb (vujud)ni poklab olish lozimligini Pifagor ilgari surgan edi. Katarsis tushunchasini butun bir tizimli ta’limot darajasiga ko‘targan kishi Arastudir, u “tragediya”dan insonning foriig‘lanishini ta’kidlagan edi. Abu Nasr Forobiy katarsisni fozil odamlarni kamol toptirishdagi ahamiyatiga alohida urg‘u beradi va bu borada musiqa muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi.9

Shuning barobarida estetika bilan ruhiyatni bog‘lovchi yangi bir qancha tarmoqlar paydo bo‘ldi. Ulardan biri art-terapiyadir.



Artterapiya- bu psixoterapiya va psixologik korreksiyaning yo‘nalishi bo‘lib, u ruhiyatni davolash uchun ijod va san’atdan foydalanishga asoslangan. Art terapiyaning bir qancha turlari mavjud bo‘lib ular quyidagilardan iborat; rasm bilan davolash usuli;.biblioterapiya-(badiiy adabiyot), musiqaterapiya, dramaterapiya, raqsterapiya, qo‘g‘irchoqlarterapiya, qum bilan surat chizish terapiyasi. Art-terapevt Viktoriya Nazarevich turli ruhiy holatlarda qalam va qog‘oz olib surat chizishni maslahat beradi. Suratning qandayligini ahamiyati yo‘q va ma’lum bir vaqt o‘tganidan so‘ng siz ruhiy xotirjamlikni va o‘zingizda uyg‘unlikni his qilasiz. Charchagan bo‘lsangiz-gullarni chizing, g‘azablanayotgan bo‘lsangiz-to‘g‘ri chiziqlarni chizing. Zeriksangiz-qog‘ozni turfa hil ranglar bilan to‘ldiring va h.k. Zamonaviy ruhshunoslikda internet sahifalarida insonning ruhiy holatini aniqlovchi turli tashhez qo‘yuvchi vizual testlarda ham estetikaning, san’atning omillari-ranglar, suratlar, naqshlar keng qo‘llanilayotganini kuzatamiz. Demak shakl, ranglar va suratlarning ma’lum bir mezonlari ruhiyatda ham o‘z aks sodosiga, mezonlari, simvollariga ega va ular orqali ong ostini kuzatish mumkin. Eynshteyn o‘z asarlarining birida bu borada shunday fikrlar keltirgan: «Biz ko‘p vaqtlar ongsiz holatimizda tafakkurlaymiz va so‘zlar o‘rnida hayolimizda faqat simvollar mavjud bo‘ladi». Bu fikrni ko‘pchilik ma’qullagan. Fransuz matematigi J. Adamar ta’kidlashicha, u tafakkurlaganda doim so‘zlar o‘rniga noma’lum shakllar miyasida gavdalanar va bu shakllarni u doim so‘zlar o‘rniga ishlatar ekan. A.Eynshteyn, N.Bor va boshqa buyuk olimlar san’atning o‘z shaxsiy ilmiy ijodidagi ahamiyatini ta’kidlaganlar.

Biz yuqorida estetika fanida “ong” va “hissiyot”ning o‘rniga qisman to‘xtaldik, endi estetika fanining tarixiga qisqagina bir nazar tashlasak.

Estetika” haqidagi qarashlar tarixi. Estetik tafakkur tarixida avvalambor qaligi Sharq, Shumer, Bobil, Misr “Avesto”, Hindiston, Xitoy katta o‘rin egallagan.


Download 70,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish