16-mavzu. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari


Nafosat tarixida uslub va yo‘nalishlarning o‘rni



Download 70,96 Kb.
bet4/10
Sana14.01.2022
Hajmi70,96 Kb.
#365236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
16-Мавзу. Маъруза матни

Nafosat tarixida uslub va yo‘nalishlarning o‘rni.

Biz, estetika fanining tarixida unda ishlab chiqilgan uslub va yo‘nalishlarga e’tibor qaratishni lozim deb topdik, chunki u estetika fanining kundalik turmushdagi amaliy ahamiyatini anglatadi. Estetikadagi uslub va yo‘nalishlar allaqachon estetika va san’at chegaralaridan chiqib kundalik hayotimizga kirib kelgan. Masalan, dizaynda. Intererlarning, ekster’erlarning, kiyim-kechak, mebel, idish va boshqa maishiy turmush jihozlarining shakli va bezaklariga qarab ularning qaysi uslubda yaratilganligini bilib olish mumkin. Gotika, renessans, barokko, klassitsizm, romantizm va modern va b. madaniyatlarining moddiy yaratilgan buyumlarining har biriga o‘zgacha uslubiy birlik xarakterlidir.

Demak, san’atdagi uslub va yo‘nalishlarining estetik jihatlarini o‘rganish, nafaqat ma’naviy qadriyatlarni o‘zlashtirishda, balki o‘z ichki nafosatimizni anglashimizda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kundagi jamiyatni isloh etish va modernizatsiyalash jarayonida nafosat tarbiyasining va undi estetik did, estetik ideal va estetik bahoning ahamiyati dolzarb bo‘lib bormoqda, chunki inson nimani “go‘zal” deb bilsa uning didi shuni tanlaydi, u idealiga muvofiq kelgan bo‘ladi va yuqori baholaydi. Estetik did, ideal va bahoning darajasi esa nazariy bilimlarni va ma’naviy merosni o‘zlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog‘liqdir.

Bizga ma’lumki, insoniyat tarixida asrlar davomida madaniyat va san’atning juda ko‘plab uslub, maktab va yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan. Ularda tarixan vujudga kelgan g‘oyaviy-badiiy prinsiplar badiiy ifodalangan, g‘oyaviy-estetik qarashlar asosida voqelikni in’ikos ettirishning umumiyligi tashkil etilgan va alohida bir davrga san’atkorlarning turli janrdagi asarlari birlashtirilgan. Xatto tarixan, bir davrda bir necha yo‘nalish bo‘lishi ham mumkin. Masalan, Yangi davrda mumtozchilik, sentimentalizm, romantizm, realizm v.b.

Badiiy uslub – badiiy yo‘nalish, badiiy oqim, “maktab”, ijodiy metod, ijodiy manera, qaysi nom bilan nomlamaylik ular eng avvalo ma’lum bir tarixiy davrning estetik ehtiyojlaridan kelib chiqqan, estetik bilimlar va qarashlar va estetik g‘oyalar tizimidir.

Masalan, klassitsizm vakillari inqilobiy mazmun bilan sug‘orilgan asarlar yaratib, burjuaziya inqilobi g‘oyalarini targ‘ib etishdi. Betxovenning simfoniyalarida Fransuz revolyutsiyalarining erkinlik g‘oyalari kuylanganligi bunga yorqin misol bo‘la oladi.

Romantizm estetikasi, klassitsizm estetikasiga qarshi rivojlangan. Romantiklar milliy demokratik harakatlar bilan qisman bog‘liq bo‘lib, o‘z davri ijtimoiy tuzumini salbiy baholashgan va eng avvalo insonlar munosabatiga yomon ta’sir etgan ishbilarmonlikni xush ko‘rishmagan. Ularning fikricha ishbilarmonlik hissizlik, manfaatparastlik, manmanlik, razillikni keltirib chiqargan va ma’naviy boylik va insoniylikni o‘tmishdan, xalq afsonalari, o‘rta asr rivoyatlaridan qidirishdi.

Modernizmning esa - XIX asr oxiri - XX asr boshlarida ommalashgani, bu davrda jahon ijtimoiy hayotidagi inqilobiy o‘zgarishlar, asr boshidagi jahon urushi va boshqa keskin omillarni misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, san’at tarixida hatto bir terminning bir san’at turida paydo bo‘lib boshqa san’at turlariga yoyilganiga ko‘plab misollari mavjud. Masalan: dastlab adabiyotda rivojlangan romantizm, musiqa va rangtasvirga ham ma’lum ma’noda ta’sir etgan va h.k. San’atdagi yo‘nalishlar davrning estetik ehtiyojidan kelib chiqqan talablari asosida vujudga kelgan deya olamiz. Demak, inson o‘zining ijtimoiy qarashlari asosida vujudga kelgan, estetik hissiyotlarini badiiy aks ettirishga ehtiyoj sezib borgan, chunki anglangan va anglanmagan, tabiiy va madaniy, moddiy va ma’naviyva shaxsiy – ijtimoiy ehtiyojlar kishida faollikning turli shakllarini vujudga keltiradi. Ehtiyoj motiv sifatida ish harakatga turtki beradiyu, ijtimoiy sharoit, talab va tajribalar bilan belgilanadi. Ehtiyoj esa shaxs faolligining manbai sifatida namoyon bo‘ladigan va uning konkret yashash sharoitiga bog‘liqligini ifodalovchi holatdir. Estetikada uslubiy yo‘nalish badiiy asarlar yaratish jarayonini boshqaruvchi ijodiy tamoyillarning yaxlit tizimi sifatida san’atkorning iste’dodi bilan dunyoqarashi o‘rtasidagi dialektik aloqadorlikni aks ettirgan ijodiy tafakkur maxsulidir. Tafakkur muammoli vaziyat, ya’ni ehtiyojlarni qondirish uchun yangi-yangi usullar qidirish jarayonida vujudga keladi.

San’atdagi har bir yo‘nalish, eng avvalo estetika fanining yo‘nalishi bo‘lmish, san’at nazariyasi tadqiq etadi, hamda har bir uslubda asarning mazmuni, shakli, g‘oyasi, mavzusi, syujeti, ishlanish texnikasi usullari, materiali, rangi, kompozitsiyasi singari barcha tarkibiy qismlari orasidagi ichki aloqa tizimi bilan belgilanadi va ularni estetik g‘oya, estetik ideal birlashtirdi. Ideallar - shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegarasidan tashqaridagi orzu-umidlari, ular ongda bor, lekin har doim ham amalga oshmaydi.

Hegel san’at taraqqiyotini uch davrga bo‘ladi:

1. Qadimgi Sharqdagi ramziy san’at; Qadimgi sharqda despotizm hukmron bo‘lgani uchungina go‘zallik g‘oyasi o‘ziga mos ifoda topolmagan, foydalilik tamoyili asosida vujudga kelgan san’at ana shunday taassurot qoldiradi.

2. Qadimgi dunyoning mumtoz san’ati. Agar biz o‘zida mumtoz san’at namunalarini mujassam etgan Qadimgi Yunon san’atini diqqat bilan kuzatsak, antik davr san’ati, Hegel ta’siri bilan aytganda, go‘zallik g‘oyasi o‘ziga mos ifoda shakllari topganini ko‘rishimiz mumkin.

3. Romantik san’at. San’atning romantizm shaklida yana g‘oya o‘ziga mos shakl topolmaydi, lekin bu gal san’atkorning mahorati yetmaganligidan emas, balki aksincha, inson qalbining tasviri hech qanday shaklga sig‘may qolishi (ortib ketishi) natijasida ro‘y beradi.

Biz yuqorida estetikada ong va hissiyotning o‘rniga to‘xtalgan edik. XVII asr Fransuz falsafiy tafakkurining cho‘qqisi hisoblanadi. Dekart falsafada ratsionalizm oqimining asoschisi, unga ko‘ra, haqiqatning bosh mezoni va manbai ongdir. Ya’ni Dekart haqiqat manbai borliqda yoki tajribada emas, balki tafakkur qurilmalarida deb biladi. Demak, klassitsizm estetikasida ong birlamchi deyishimiz mumin.

Romantizmda aqldan ko‘ra hissiyot birinchi planda turgan. Oliy tuyg‘ular ulug‘lanib, inson ustidan hukmronlik qoralangan. Romantizm sahnalarida voqeani so‘z bilan izohlashga o‘rin berilmagan, sahnada jonli harakat kuchli bo‘lgan. Romantizm dramaturgiyasi yangi aktyor tipini talab etgan. Chiroyli harakatlanadigan, mantiqiy so‘zlashadigan kiborlar didiga mos aktyorlar o‘rnini qat’iy va keskin harakatlanib, tashqi effektlikni unutib, o‘z qahramoni kuchli hayajonini tomoshabinga yetkazib bera oladigan aktyorlar egallagan.

Ma’lumki, nafosatning bir tomoni, uni shartli ravishda tashqi nafosat yoki obyektdagi nafosat deyishimiz mumkin. Nafosatning ikkinchi tomoni ham borki, o‘zini ichki nafosat yoki subyektdagi nafosat tarzida namoyon qiladi10. Ana shu ikkinchi jihat estetik jarayonni vujudga keltirish xususiyatiga ega bo‘lgan falsafiy hodisa-voqelikni estetik anglash bilan belgilanadi. Modernizmda idrok etuvchidan ko‘proq ichki, subyektdagi nafosat talab qilinadi. Ba’zi zamonaviy tadqiqotchilar uslub muallifning emas, balki tomoshabinning badiiy idroki, tafakkur toifasiga tegishli va uslub – bu tomoshabin tasavvurida mavjud bo‘lgan qandaydir badiiy tarkibdir deb hisoblashlari bejiz emas.

Shuningdek, milliy uslub ham estetikadada muhim o‘rin tutadi. Badiiy uslubning tarixiy shakllaridan biri-milliy uslub bo‘lib, unda u yoki bu millat, xalq badiiy madaniyatiga xos bo‘lgan eng umumiy qoidalari mujassamlashgan bo‘ladi. Milliy uslub xalq hayotining ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlari asosida shakllanadi. Milliy uslubda milliy ruh, milliy madaniyat, urf-odat xususiyatlari bo‘rtib ko‘rinadi. Xalq hayotining turg‘un va doimiy tarzda amal qiladigan omillari mujassamlangan bo‘ladi. Uning shakllanishida badiiy an’analar, avvalo, xalq og‘zaki ijodi ulkan ahamiyat kasb etadi. Milliy uslub san’atning milliy xususiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Agar milliy xususiyat san’atning barcha sohalarini qamrab olsa, milliy uslub xalq hayotini, milliy ruhini aks ettiruvchi badiiy shaklning asosiy qoidalarini anglatadi. Milliy uslubga xalq hayotining eng turg‘un mazkur badiiy madaniyatga xos bo‘lgan musiqaviy ohang, nazm yo‘llari, ijrochilik, bezakli san’at naqshlari, ranglar jilosi, mavzu ohanglari, milliy syujetlar, badiiy tuzilma, xalq badiiy madaniyatiga xos janrlar, masalan, g‘azallar, ertak-afsonalar, latifalar, dostonlar, maqol-matallar, xalq qissalari, qo‘shiqlar, marsiyalar va boshqalar kiradi.

Biz yuqorida uslublarning eng asosiylarini keltirdik xalos, chunki estetika fanida va insoninyat taraqqiyotida yaratilgan deyarli barcha uslublar ularning asosiga qurilgan.


Download 70,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish