Ii bob. Maktabgacha ta’limi tizimida bolalarni



Download 386,5 Kb.
bet9/10
Sana15.02.2022
Hajmi386,5 Kb.
#449256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 боб (2)

Birinchi mashg’ulot: Qiyinchilikdan qo’rqmaslik.
O’tkazish shakli: yakka, juft va kichik guruh holida ishlash.
Tarbiyalanuvchilar belgilangan vaqt ichida ular uchun qo’rqinchli bo’lgan voqealar haqida o’zaro fikr almashadilar hamda qo’rquv va xavotirning o’xshash-farqli tomonlarini tahlil qiladilar. Ishtirokchilar to’rt guruhga bo’linadi. Har bir guruh ichki kelishuv asosida ma’lum bir filmdagi (yoki multfilm) qo’rqinchli holat, qahramonning bu holatdan qanday chiqqanligi, qiyinchilikdan chiqib ketishda unga yordam bergan omillarni rolli o’yinlar orqali ko’rsatib berishadi. Ijro etilgan rolli o’yinlar tahlil qilinadi va hamkorlikda umumiy xulosaga kelib, qiyinchilik hamda turli kutilmagan vaziyatlardan chiqib ketish yo’llari ishlab chiqiladi. Har bir guruh javobi va tarbiyachi xulosasi asosida qiyinchilik tushunchasi ta’riflanadi.
«Men turli vaziyatlardan chiqib keta olaman, agarda ...» mashqi bajariladi.
Ikkinchi mashg’ulot: Millat taqdiriga daxldorlik.
O’tkazish shakli: «Daryo» mashqi.
Videolavha namoyish etiladi, tarbiyalanuvchilar bilan muhokama qilinadi. Namoyish etilgan voqea asosida millat manfaatlariga zid, uning qonun, talab va belgilangan me’yorlarini buzgan yoki bajarishdan bosh tortganlar xatti-harakatlarini tahlil etish, ularning sabablarini o’rganish va bunday xatti-harakatlarning barham topishiga ko’mak beruvchi chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Shu tariqa tarbiyalanuvchilarda millat taqdiriga butun jamiyatning har bir a’zosi javobgar ekanligi, jamiyatdagi eng kichik hodisa esa har birimizga birdek daxldorligi anglatiladi. Daxldorlik tushunchasiga izoh berilib, namoyish etilgan videolavha orqali asoslanadi. Zimmalaridagi rolni ijro etish jarayonida ishtirokchilarning nutqi hamda madaniyat qoidalariga rioya qilishlari tarbiyachi tomonidan nazorat qilib boriladi.
«Daryo» mashqini o’tkazish uchun flipchart qog’ozga daryoning tasviri tushiriladi va oldindan tayyorlab qo’yilgan kartochkalar ishtirokchilarga tarqatiladi. Ishtirokchilar o’zlariga berilgan kartochkalarga millat taqdiriga daxldorlik burchi va vazifalaridan kelib chiqqan holda o’zlarining shaxsiy daxldorliklarini yozadilar. Tarbiyachi har bir ishtirokchining daxldorlik haqidagi fikrini o’qib eshittiradi. Yig’ilgan kartochkalardan daryo qirg’oqlarini birlashtiruvchi ko’prik yasaladi.
To’rtinchi mashg’ulot: Vatandan faxrlanish tuyg’usi.
O’tkazish shakli: yakka tartibda, kichik guruhlarda ishlash, «Rasmlar o’rtasidagi bog’liqlik» mashqi.
Tarbiyalanuvchilar y akka tartibda «Vatan mening faxrim, g’ururim» mavzusida Vatan timsollariga tavsifnoma yozishadi. Tavsifnomalar tahlil etiladi. Har bir timsol (gerb, madhiya, bayroq) bo’yicha kichik guruhlar shakllantiriladi. Bu bosqichda kichik guruhlar bilan «Rasmlar o’rtasidagi bog’liqlik mashqi» o’tkaziladi. tarbiyachi mavzu mohiyatini mantiqiy ketma-ketlikda yorituvchi tushunchalarni ifodalagan maxsus rasmlar tayyorlaydi. Har bir guruhga rasmlar beriladi va ularda aks etgan g’oya bilan Vatan tushunchasi o’rtasidagi asosiy bog’liqlikni mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi yuklanadi. So’ng guruhlarning topshiriqni qay darajada to’g’ri bajargani aniqlanadi. Guruhlar o’rtasida o’zaro tahlil o’tkaziladi.
Tarbiyachi fikrlarni umumlashtiradi.

Download 386,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish