Ii bob. Maktabgacha ta’limi tizimida bolalarni



Download 386,5 Kb.
bet6/10
Sana15.02.2022
Hajmi386,5 Kb.
#449256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 боб (2)

Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi - qo’lidagi "Ona quyoncha" obrazida:
Bolalar, mening jajji quyonchamni, Shalponchamni ko’rmadingiz-mi? Do’konga kirib, non olaman degunimcha, chiqib ketibdi. Uni topishga yordam bering. U hali kichkina, uyimizni topa olmaydi deb, qo’rqaman.
Tarbiyachi: Keling, bolalar, Ona quyonchaga yordam beramiz. Qani, atrofni diqqat bilan ko’zdan kechiraylik -Shalponchani izlab topaylik! (bolalar xonani, javon va qutichalarni ko’rib chiqishadi, qo’g’irchoq "Shalponcha"ni topib, tarbiyachiga berishadi)
Tarbiyachi - qo’lidagi "Shalponcha" bilan savol-javob qiladi:
Shalponcha, nima qilib adashib yuribsan? Oyijoning seni izlab, sarson bo’lib yuribdi.
Men faqat mashinani ko’rmoqchi edim, shunda oyijonimni yo’qotib qo’ydim?
Hafa bo’lma, biz bolalar bilan senga uyingni topishda yordam beramiz. Qani
bizga - mahalla va ko’chaning nomini aytginchi?
Bilmayman!
Uying yonida do’kon yoki bog’ bormidi?
Bilmayman!
Ana, holos! Shalponcha uyini bilmas ekan! Bizning bolalarimiz mahallasi, ko’chasi va uy raqamini ham bilishadi, to’g’rimi? Shalponcha, hozir biz senga ertakdagi uch cho’chqa bolasining uylarini ko’rsatamiz va tasvirlab beramiz. (Bolalar uychalarni tasvirlab, ularni somon, yog’och va g’ishtdan qurilganligini, ularning bir-biridan afzalligi va qay biri mustahkamligini aytib berishadi) Tarbiyachi: Juda yaxshi! Endi esa, stolingiz ustidagi qog’ozga o’zingiz yashayotgan uylarning rasmini chizib bering. (Bolalar rasm chizadilar, tarbiyachi har birining oldiga borib, uning ko’rinishi, ko’cha va mahallasining nomini aniqlab oladi. Rasmlarga o’z tuzatish va to’ldirishlarini kiritib boradi)
Keling, endi men barcha rasmlarni guruhimiz bo’ylab joylashtirib chiqaman.
(rasmlarni ilish mobaynida suhbat davom etadi) Bolaning ma’naviy barkamolligi uning aqliy qobiliyatlarining barqarorlashuvi, jismoniy jihatdan sog‘lom bo‘lishi kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Bu yo‘nalishlarning har biri inson ma’naviy qiyofasida o‘ziga xos o‘ringa ega. Olimlarning ta’kidlashlaricha ma’naviy shakllanishda aqliy va axloqiy tarbiyaning rolli beqiyosdir. Aqliy tarbiya orqali nafaqat o‘qish va yozishga, balki, tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalarning mohiyatini anglashga, ularni o‘zlarining maqsadlariga yo‘naltirishga erishadi. Aqliy tarbiyaning natijasi sifatida ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at rivojlanadi. Ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyalari takomillashadi. Shuning uchun ham aqliy tarbiyani ma’naviy shakllanishning boy mezonlaridan biri deb qaraladi. Axloqiy tarbiya tarbiyalanuvchilarning ma’naviy qiyofasini, tashqi ko‘rinishidan tortib, xulq-atvorigacha, xatti-harakati, munosabati, madaniyati bilan birga, yetuk insoniy fazilat egalari bo‘lishlarini taminlaydi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida axloqiy sifatlar atrof-muhitlariga ongli munosabat hosil bo‘lishi bilan shakllanib boradi.
Bolaga kattalar qanday munosabatda bo‘lsalar unga mos holda odob-axloq normalari tarkib topib va shakllanib boradi.
Badiiy adabiyot mashg’ulotlari jarayonida olib borilgan shu xildagi “kichik tadqiqotlar” tarbiyalanuvchilarni tizimli fikrlashga o’rgatishda, shuningdek, muammoning ildizini oldindan ko’ra olish, asosiy g’oyani yordamchi g’oyalardan ajratish va kelajakka yo’naltirilgan tafakkurni rivojlantirishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Barqaror dunyoda yashash uchun insonlar barqaror ilm olmog’i va kelajakni yaqqolroq tasavvur etishlari uchun unga olib boruvchi yo’llarni yaxshi bilishlari zarur. Bunday omil tarbiyalanuvchi shaxsini mustaqil ta’lim olishga yo’naltiradi, badiiy-estetik tafakkurini boyitishga yordam beradi.
Nazariya va amaliyot birligi tamoyili. Mazkur tamoyil egallangan bilimning to’g’riligini amaliyotda sina­b ko’rishga mo’ljallangan bo’lib, bajarilgan mashqlar yordamida tarbiyachi tarbiyalanuvchilar egallagan bilim darajasini baholaydi. Bu tamoyil tarbiyalanuvchini qiziqishlarini ortti­radi, aqliy mehnatning jismoniy faoliyat bilan bog’liq­li­gini anglatadi.
Ta’lim-tarbiya tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi maq­sadli faoliyatida tarkib topib, insoniyat tajribasining muayyan ijtimoiy taraqqiyo­ti negizida takomillashadi. Bu jabhada tarbiyachining faoliyati o’quv materiallarini bayon qilishdan, tarbiyalanuvchilarning fanga qiziqishini tarkib top­ti­rish­dan, mustaqil, ijodiy, do’stona mashg’ulotlarga rahbarlik qilishdan, tarbiyalanuvchi shaxsining bilim, ko’nikmalarini nazorat qilish, baholash, rag’bat­lan­ti­rish kabilardan iboratdir.
Tarbiyalanuvchining faoliyati fan materiallarini o’zlashtirish, fanlararo aloqa va bog’lanishni anglash, izohlash, mus­ta­qil tarzda umumlashtirish, tahlil qilish va xulosalar chiqara olishdan iborat bo’ladi. Mazkur faoliyatlar o’rtasidagi tafovut juda katta bo’lmasa-da, har bir faoliyatning o’z xususiyatidan kelib chiqib tarbiyalanuvchi shaxsiga, uning yoshi, qizi­qish­lari, iqtidori, imkoniyati, kelajagi kabi jihatlariga, shaxsiy o’y-fikrlari, dunyoqarashi, insoniy fazilatlari va xarakteri nuqtai nazaridan yondashish taqozo qilinadi.
Har ikkala faoliyatda ham tarbiyalanuvchi shaxsini ma’naviy axloqiy ruhda tarbiyalashning ta’limiy maqsadi darsda bajarilgan butun faoliyat (o’quv materiallarini o’z­lash­ti­rish, yangi bilim olish, fan xususiyatiga mos ilmiy yangi­liklar bilan tanishish va amaliyotga tatbiq qilish kabilar) asosida ma’naviy-axloqiy tarbiya­ning o’ziga xos jihatlarini kashf qilish bilan belgilanadi. Yuqo­ridagi o’quv faoliyati negi­zi­da tarbiyalanuvchi imon-e’tiqodi, dunyoqarashi, yuksak tuyg’ulari (tarbiyalilik, axloqlilik kabi)ni shakl­lan­tirish ham yota­di. Mashg’ulot (o’quv faoliyati) ning rivojlantiruvchi maqsadi ta’­lim-tarbiya ja­rayo­nida shaxs aqliy kamoloti, bilish qo­bi­li­ya­ti, o’qish­ga va amaliy mehnatga bo’lgan maylini ri­voj­lantirishdan iborat.
Faslda bildirilgan mulohazalar, ilmiy-nazariy kuzatishlar asosida badiiy adabiyot darslarida yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivoj­lan­ti­­rishda umumdidaktik tamoyillarning o’rni haqida quyidagi xulosalarga keldik:
— bu tamoyillar nafaqat badiiy adabiyot, balki barcha fanlarni o’qitish jarayoniga, maqsad va vazifalariga birdek monand tushadi;
— badiiy adabiyot mashg’ulotlarida bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish va rivojlantirishda bir butunlik, yaxlitlik tamoyilini qo’llash tarbiyalanuvchi yoshlarni shaxs kamolotini ta’minlash sohasida olib borilayotgan sa’y-harakatlarga hamkor qiladi;
— madaniyatni anglash tamoyili mamlakatda yuz bergan ma­da­niy o’zgarishlar, erishilgan muvaffaqiyatlar, zamonaviy fan-texnika imkoniyatlari bilan tarbiyalanuvchini tanishtiradi;
— adabiy ta’limda bolalarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda qo’llanadigan eng samarali didaktik tamoyil—insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoy­i­li ekanligi tadqiqot mobaynida ayonlashdi;
— uzluksiz ta’lim tamoyili esa badiiy adabiyotni o’qitish jarayonining doimiy va davomiy bo’lishini belgilaydi.


22. Badiiy adabiyot mashg’ulotlarining bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantiruvchi omil ekanligi

Azaldan Sharq «ada­bi­yot»ni badiiy so’z mahorati haqidagi ta’limot [125, 5], «ilmi adab» [125, 7] tarzida qabul qilib kelgan. Dunyoda yashayotgan barcha xalqlarning o’z milliy adabiyotlari bor. Biroq u chegara bilmas, millat tanlamas umuminsoniy hodisadir. Alisher Navoiy, Z. Bobur, L. Tolstoylarning global tarzda o’qilishi fikrimiz dalilidir.


Har qanday adabiyot, avvalo, ommaviy hodisadir, u muayyan millat va jamiyatning ma’naviy boyligi hisoblanadi. Ikkinchidan, adabiyotni u mansub bo’lgan ijtimoiy-ma’naviy birlikning eng iste’dodli a’zolari yaratadi. Uchinchidan, adabiyotning jozibador, o’ziga mahliyo etuvchi kuchini uning badiiyligi ta’minlaydi.
Badiiy adabiyot yoshlar ma’naviyatini oziqlantiruvchi, tafakkurini kengaytiruvchi, mustaqil faoliyat amallarini tizimli ketma-ketlik asosida, tarbiyalanuvchilar g’ashiga tegmaydigan, hatto ularda moyillik uyg’otgan tarzda bajarishlariga erishishi, barchaga birday tushunarli, yoqishli ekanligi bilan boshqa predmetlardan ustunlik qiladi. Cho’lpon adabiyotning ustunligi u qo’llaydigan so’zlarda ekanligini bir asr ilgari ta’kidlagan edi.
Mamlakatimizning har bir fu­qa­ro­sida ma’naviyat, axloq, deb atalmish ilohiy tuyg’uni shakllantirish, maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarida paydo qilish, uni to’g’ri yo’naltirish, kishining insoniyligini belgilovchi mezon ekanligini singdirish bir­gina fan — badiiy adabiyot zimmasida ekanligi bois shu sohaning o’zidagi yangilik va o’zgarishlarga tadqiqot mobaynida ko’p ahamiyat qaratildi.
Mukammal badiiy qahramonlar, ko’rkam lavhalar, go’zal ifoda tarzi, so’zlarni qo’llash san’ati badiiylikning tarkibiy qismlaridir (2-chizma).


2-chizmadan ma’lum bo’ldiki, «... adabiyot uchun Insondan qiziq, Insondan qadrli, Insondan aziz va insondan vahshiy, yovuz, yirtqich «muammo» yo’q ekan! Va, demak, uning mangu vazifasi ana shuni... yozish, ochish, kashf etish, ha-ha: eng pinhon taraflarini ocha bilish, pirovardi, ana shu tariqa ezgulikka... inson kamolotiga» [154, 7] yetkazish ekan.


Shu jumladan, Maktabgacha adabiy ta’limining bosh vazifasi ham insonlarni — tarbiyalanuvchilarni hassos, estetik zavqqa ega, badiiy jozibani tuyadigan, ma’naviy mas’uliyatni his qiladigan shaxslar sifatida tarbiyalashdan iboratdir. Ammo ba’zi pedagoglar va «metodik qo’llanmalarning mualliflari badiiy adabiyotni faqat o’quv materiali deb hisoblab ,badiiy adabiyot darslari bolalarga faqat plan tuzishni, qahramonga tavsif berish yo’llarini, uning og’zaki va yozma nutqini o’stirishni o’rgatadi deb talqin qiladilar. Ular adabiyotning estetik ta’­si­ri­ni, shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam berishini ikkinchi o’rin­ga qo’ydilar, ba’zan badiiy adabiyotning bu xususiyatini batamom unutib qo’ydi­lar» [103, 52]. Adabiy ta’limda esa bu omillarsiz hech narsaga erishib bo’lmaydi, tarbiyalanuvchilarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash u yoqda tursin, ularda mavjud tuyg’ularni takomillashtirish ham imkonsiz bo’ladi. Maktabgacha ta’limda “tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan o’tka­za­di­gan har bir mashg’uloti o’ziga xos bir «tajriba»dir, chunki tarbiyachi o’z oldiga qan­day­dir bir muammoni qo’yadi va buni tajriba qilgandan so’ng... xulosalar chi­qa­ra­di». Badiiy adabiyot mashg’ulotlarini o’qitishi jarayoniga shakllangan qolip asosida yondashish o’zini oqlamaydi. Adabiyotda hamisha tarbiyachi ijodkorligi uchun imkon va vaqt qolishi kerak, «adabiyot o’qitishga pedagogik qolip emas, ijod deb yonda­shish­­ning oqibatida» [155, 20] ta’limiy maqsad to’la qozonilishi mumkin. Dars berish ijodkorlikning yuk­­sak namunasidir, haqiqiy professional MTT tarbiyachisi faqat mashg’ulot o’tmaydi, balki mashg’ulot jarayonida yashaydi, tarbiyalanuvchilarni odatdagi yashash tarzidan o’zgacha dunyoga olib kiradi, ularni ta’limga qiziqtiradi, bilim olishlarini oson va ixtiyoriy faoliyatga aylantiradi, ta’lim sifati va samaradorligini yuqori darajada ta’minlaydi (3-chizma):



Download 386,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish