Mavzu: energiya almashinuvi. Atf darsning texnologik xaritasi



Download 185,5 Kb.
Sana03.02.2017
Hajmi185,5 Kb.
#1748


9-sinf Biologiya

MAVZU: ENERGIYA ALMASHINUVI.ATF

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI


I.

Darsning maqsadi va vazifasi

  1. Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga energiya almashinuvining organizmga qanchalik muhim ekanligi, ularni organizmdagi ahamiyati to`g`risida tushuncha berish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni organizmdagi energiya almashinuvi haqidagi bilim va ko`nikmalarini rivojlantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning mavjud bo`lgan bilimlari rivojlanadi, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishlari to`g`risida bilim va ko`nikmalari shakllanadi.

  4. Kasbga yo`naltiruvchi maqsad: O`quvchilarni biologiya faniga bo`lgan qiziqish va ko`nikmalarni rivojlantirish. Fanning qiziqarli mavzulari orqali biologiya fanga qiziqtirish bilan o`quvchiga tabiatning xilma-xilligini va qiziqarli ekanligi haqida hayotiy fanlardan biri ekanligiga qiziqtirish

II.

O`quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi.

  1. Darsning shakli: Ma`ruza

  2. Metod: Oddiy test, “Baliq skeleti”. “B/ B / BH jadvali”, “Klaster”, “Insert jadvali”..

  3. Darsni jihozlash: Tarqatma, jadval,

  4. Darsning usuli: Yozma, og`zaki, ko`rgazmali.

5. Baholash: reyting tizimi(5-ball)


III.

Darsning mazmuni

Energiya almashinuvi dissimilatsiya jarayonida tirik organizmlarda moddalarning parchalanish jarayoni bilan bevosita bog`liq bo`ladi. Bu jarayonda kislorod yordamida murakkab organik birikmalar oksidlanishi tufayli ko`p miqdorda energiya ajralib chiqadi.

Ozuqa moddalarda to`plangan kimyoviy energiya organik birikmalar molekulasidagi atomlarni bog`lovchi har xil kovalent bog`larda mujassamlashgan bo`ladi va uning parchalanishi quyidagi reaksiya orqali boradi:

C6H12O6+602 = CO2 + 6H2O + 2800 Kj

Ozuqa moddalardan ajralgan quvvatning bir qismi issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi. Boshqa qismi esa adenozintrifosfat kislota (ATF)ning energiyaga boy bog`larida to`planadi va ATF ning parchalanishi natijasida hujayrada kechadigan barcha jarayonlar energiya bilan ta`minlanadi.



IV.

Kutiladigan natijalar



O`qituvchi

Mavzuga oid yangi malumotlar to`playdi, darsiga yangi texnologiyalarni olib kiradi, qonning shakilli elementlari haqida qiziqarli malumotlar, qonning foydali tomonlari to`g`risida malumotlar beradi, gigiyena qoidalariga rioya qilishga unqaydi.





O`quvchi

Energiya almashinuvi, ularning inson hayotidagi o`rni to`g`risida yangi ma`lumotlar bazasiga ega bo`ladi.




V.

Kelgusidagi rejalar

O`qituvchi

  1. O`tgan darsni tashkil qiladi va o`zini baholaydi.

  2. Kelgusida shu mavzuni o`tish uchun yangi g`oya va istaklarini belgilab oladi.

  3. Shu mavzuga oid internet sahifalaridagi yangi malumotlarni to`playdi.




O`quvchi

Odam organizmidagi energiya almashinuviga diqqatini qaratadi, e`tiborli bo`ladi, energiya almashinuvining inson hayotida qanchalik muhim ekanligi haqidagi malumotlari bilan o`rtoqlari, do`stlari bilan malumot almashinadi.







III.

Darsning bosqichlari




Darsning bosqichlari

Vaqt

(daqiqa)

O`qituvchi faoliyati

O`quvchi faoliyati

1.

Tashkiliy qism

3

1.Sinf o`quvchilarini darsga tayyorlash

2. Salomlashish

3.Davomatni aniqlash


1. Darsga tayyorlanadi

2. Salomlashadi



2.

O`tilgan mavzuni so`rash, va xulosalash

12

O`qituvchi o`tilgan mavzuni 3 ta nazorat topshirig` yordamida so`raladi.

1-Nazorat topshirig`: “Oddiy test”

2-Nazorat topshirig`i: “Baliq skeleti”

3-Nazorat topshirig`i: `”B/ BX/B -jadvali”




O`quvchilar

O`tilgan mavzuni so`rash texnologiyalari bilan tanishadilar va bajaradilar

1,2, va 3-nazorat topshiriqlariga javob beradilar.

3.



Yangi mavzu bayoni

10


Reja:

1. Energiya almashinuvining ahamiyati.

2. Energiya almashinuvining bosqichlari.

3. ATF. Uning parchalanishi.



Yangi mavzu va uning rejasini daftariga yozib oladilar. O`qituvchi hamkorligida yangi mavzuni o`zlashtiradilar.


4.

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

O`qituvchi o`quvchilarni yangi mavzu bo`yicha o`zlashtirgan bilimlarini quyidagi texnologiyalar asosida mustahkamlaydi.

4-nazorat topshirig`i: “Klasster”

5-nazorat topshirig ”Insert jadvali”


O`quvchilar o`qituvchi tomondan berilgan topshiriqlarni bajaradilar, darsda faol ishtirok etadilar.

5.

Darsni yakunlash

5

1.O`quvchilarni dars jarayonida erishgan yutuqlarini izohli e’lon qiladi va kundaliklariga qo`yadi.

2.Uyga vazifani tushuntiradi va uni kundaliklariga yozib olishini ta’minlaydi.




O`quvchilar erishgan yutuqlarini eshitadilar, topshiriqlarini kundaliklariga yozib oladilar, ballarini qo`yib oladilar.

2-BOSQICH. O`TILGAN MAVZU (“PLASTIK ALMASHINUV. OQSILLAR BIOSINTEZI. GENETIK KOD”) NI SO`RASH VA XULOSALASH.

1-Nazorat topshirig`i: “Oddiy test”

1. Energiya almashinuvining qaysi bosqichida fermentlar ishtirok etadi?

A. birinchi. B. ikkinchi. C. uchinchi. D. to`g`ri javob B, C.

2. Bir molekula glyukozaning parchalanishi tufayli ATF da to`planadigan energiya miqdori (kJ) ni belgilang.

A. 2800; B. 5600; C. 1120; D. 4200.

3. Energiya almashinuvining birinchi bosqichida yog`larning parchalanishidan hosil bo`ladigan moddani belgilang.

A. glyukoza. B. glitserin. C. yog` kislotalari. D. to`g`ri javob B, C.

4. Oqsillarga xos biror hususiyatning o`zgarishi ………….ning o`zgarishga olib keladi.

A. hujayra; B. hujayraviy hususiyatlar;

C. moddalar almashinuvi; D. barcha javoblar to`g`ri.

5. Fotosintezning uchinchi bosqichi - ……….. .

A. suvning parchalanishi; B. ATF sintezi.

C. uglevod sintezi. D. Fotoliz.

6. Kimyoviy energiya organik moddalarning ……….. bog`larida to`planadi.

A. vodorod; B. disulfid; C. fosfat; D. kovalent.

7. O`simliklar bargida hosil bo`ladigan asosiy organik moddani belgilang.

A. glyukoza. B. sellyuloza. C. kraxmal. D. glikogen.

8. Hosil bo`lgan oqsil zanjiridagi ketma-ketlikni ……...aniqlaydi.

A. r-RNK; B. t-RNK; C. DNK; D. Genotip.

9. Oqsil to`g`risidagi axborotning DNK molekulasidan i-RNK lar orqali ko`chirib olinib, ribosomalargacha yetkazilishi - ……….. .

A. oqsil biosintezi. B. transkripsiya. C. translyatsiya. D. to`g`ri javob A, B.

2-Nazorat topshirig`i: “Baliq skeleti”

O`qituvchi namunasi



O`quvchi namunasi

Bir qator muammolarni tasvirlash va uni yechish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish va tahlil qilish ko`nikmalarini shakllantiradi. Alohida/kichik guruhlarda baliq skeletining “yuqori suyagi”da kichik muammoni ifodalaydilar. Pastda ushbu muammoning mavjudligini tasdiqlovchi dalillar yoziladi.



3-Nazorat topshirig`i: `”B/ BX/B -jadvali”

O`qituvchi namunasi


Bilaman

Bilishni hohlayman

Bilib oldim

Oqsil biosintezi genetik kod asosida ro`y beradi

Oqsil biosintezining bosqichlari

Oqsil sintezi transkripsiya, translyatsiya bosqichlaridan iborat

Fotosintez,

Avtotrof, geterotrof



Energiya almashinuv bosqichlarini

ATF molekulasi azot asoslaridan adenin, riboza shakari va uchta fosfat kislota qoldig’idan tashkil topgan

“Mavzu bo`yicha nimalarni bilasiz?” va “Nimani bilishni hohlaysiz?” degan savollarga javob beradilar. (Oldindan ish uchun yo`naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning 1-2-bo`limlarini to`ldiradilar. Mustaqil o`qiydilar. Mustaqil/kichik guruhlarda jadvalning 3-bo`limini to`ldiradilar.

O`quvchi namunasi

Bilaman

Bilishni hohlayman

Bilib oldim



















3-BOSQICH: YANGI MAVZU BAYONI

Mavzu bayoni: Dissimilyatsiya jarayonida tirik organizmlarda moddalarning parchalanishi ro’y beradi. Bu assimilyatsiyaning teskarisidir. Yuqori molekulali birikmalarning parchalanishi energiya ajralishi bilan boradi. Shuning uchun dissimilyatsiya jarayoni hujayraning energiya almashinuvi deb ham yuritiladi.

Tirik organizmlarda sodir bo’ladigan barcha muhim jarayonlardan biri, ularning aerob, ya’ni kislorodli nafas olishidir. Bu jarayonda kislorod yordamida murakkab organik birikmalar oksidlanishi tufayli ko’p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Bu jarayon hayvon organizmlarida maxsus nafas olish tizimi orqali amalga oshiriladi. O’simliklarda esa nafas olish organlari bo’lmaydi. Ular to’qima va hujayralar orqali nafas oladi.

Ozuqa moddalarda to’plangan kimyoviy energiya organik birikmalar molekulasidagi atomlarni bog’lovchi har xil kovalent bog’larda mujassamlashgan bo’ladi. Bir molekula ya’ni, 180 g. glyukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog’larda to’plangan potensial energiya miqdori 2800 kJga teng. Fermentlar yordamida parchalanadigan glyukozadagi energiya bosqichma-bosqich ajraladi:
C6H12O6+ 6O2 → 6CO2+6H2O + 2800 kJ
Ozuqa moddalardan ajralgan quvvatning birqismi issiqlik eneigiyasi sifatida tarqalib ketadi. Boshqa qismi esa adenozintrifosfat kislota (ATF)ning energiyaga boy fosfat bog’larida to’planadi.

Hujayrada kechadigan barcha jarayonlar: biosintez, mexanik ish (hujayra bo’linishi, muskullarning qisqarishi), moddalarning membaranalar orqali faol ko’chirilishi, asab impulslarining o’tkazilishi va boshqalarni energiya bilan ta’minlash ATF orqali amalga oshiriladi.

ATF molekulasi azot asoslaridan adenin, riboza shakari va uchta fosfat kislota qoldig’idan tashkil topgan. Agar bu murakkab birikma tarkibida faqat bitta fosfat kislola bo’lsa adenozinmonofosfat (AMF), ikkita fosfat kislota bo’lganda esa adenozindifosfat (ADF) hosil bo’ladi. Uchta fosfat kislota tutuvchi (ATF) molekulasi eng ko’p energiyaga egadir.

ATF tarkibidagi uchinchi fosfat kislotaning ajralishi 40 kj energiya chiqishiga imkon beradi. ATF molekulasida energiyaga boy bog’larning mavjudligi hujayraning kichik bir qismida katta miqdordagi energiyani to’plashga va uni ehtiyojga qarab ishlatishga imkon yaratadi. ATF hujayraning maxsus organoidlari mitoxondriylarda sintezlanadi. Bu organoidlar hujayraning turli qismlari uchun zarur bo’lgan ATF molekulalarini yetkazib beradi va hayot faoliyati jarayonlarini energiya bilan ta’minlaydi.





A



B

ATF molekulasining struktur(A) va molekulyar(B) tuzilishi



4-BOSQICH. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH

Mavzuni mustaxkamlashda o`qituvchi tomonidan quyidagi texnologiyalardan foydalanadi

4-Nazorat topshirig`i “Klasster” metodida tushuncha yoziladi va tarmoqlanib ketadi, o’quvchilarni to`g`ri fikrlashga o`rgatadi.

O`qituvchi namunasi

“Klasster” metodida tushuncha yoziladi va tarmoqlanib ketadi, o’quvchilarni to`g`ri fikrlashga o`rgatadi.



O`quvchi namunasi

5-Nazorat topshirig`i: “Insert jadvali”. O`quvchilar dars jarayonida olingan ma`lumotlarni alohida o`zlari tizimlashtiradilar va quyidagi belgilarga muvofiq jadval ustunlariga kiritadilar:

“V”- men bilgan ma`lumotlarga mos;

“-“ – men bilgan ma`lumotlarga zid’

“+” – men uchun yangi ma`lumot;

“?” – men uchun tushunarsiz yoki ma`lumotni aniqlash, to`ldirish;



O`quvchi namunasi

V


+

-

?


Bir molekula ya’ni, 180 g. glyukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog’larda to’plangan potensial energiya miqdori 2800 kJga teng.

ATF molekulasi azot asoslaridan adenin, riboza shakari va uchta fosfat kislota qoldig’idan tashkil topgan.

O’simliklarda esa nafas olish organlari bo’lmaydi.

ATF molekulasida energiyaga boy bog’larning mavjudligi hujayraning kichik bir qismida katta miqdordagi energiyani to’plashga va uni ehtiyojga qarab ishlatishga imkon yaratadi.

Dissimilyatsiya jarayonida tirik organizmlarda moddalarning parchalanishi ro’y beradi.

ATF molekulasi azot asoslaridan adenin, riboza shakari va uchta fosfat kislota qoldig’idan tashkil topgan

Uchta fosfat kislota tutuvchi (ATF) molekulasi eng ko’p energiyaga egadir.

ATF tarkibidagi uchinchi fosfat kislotaning ajralishi 40 kj energiya chiqishiga imkon beradi.

O`qituvchi namunasi

V


+

-

?


























5-BOSQICH. DARSNI YAKUNLASH

  1. O`qituvchi dars jarayonida faol ishtirok etgan o`quvchilar natijalarini izohli e`lon qilib baholaydi va kundaliklariga qo`yadi.

  2. Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni o`qib kelishni kundaliklarga belgilab qo`yiladi.




Download 185,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish