5.2 Mitsui kompaniyasining tashkiliy huquqiy tizimi
Xachirobey 1694-yilda vafot etdi. Uning toʻngʻich oʻgʻli Takahira Xatirozmon merosni boshqarishga munosib edi.
Mitsui oilasi faoliyatidagi koʻplab yangiliklar bir-biriga bogʻlangan boʻlib, ulardan asosiysi Mitsui urugʻining barchasini boshqarish va boshqarish tizimini yaratish boʻlib, bu uning barqarorligini ta'minlshdan iborat boʻlgan. Ilgari Mitsui uyining barcha faoliyati Xachirobeyning oʻzi tomonidan nazorat qilingan. U marketing asoslarini yaxshi bilgan deb aytishimiz mumkin u shahar aholisining ehtiyojlarini bilar edi, qayerda va qanday narsa ishlab chiqarish kerakligini, qayerda nimalar ishlab chiqarayotganini va kerakli tovarlarga talab mavjud boʻlgan joyga yetkazib berayotganini va narxlarni qay darajada arzon ekanligini ham bilgan. Ammo endi biznes kengayib ketdi va bir kishi kengaygan iqtisodiyotni boshqara olmay qoldi.
XVIII asr Mitsui oilasi tarixini belgilovchi asrga aylandi. Xachirobey vafotidan keyin uning mol-mulki bolalar oʻrtasida taqsimlanmagan. Ularning barchasi katta oʻgʻilning qoʻlida toʻplandi, qolganlar esa uning irodasiga toʻliq ishonishdi. Keyinchalik kapitalning boʻlinmasligining isboti tariqasida ushbu printsipni bir qator hujjatlarda belgilab uni mustahkamlangan. 1705-1719 yillarda bir qator tashkiliy islohotlar amalga oshirildi, ularning barchasi turli sabablarga koʻra yozib olindi, koʻrsatmalar, ta’limotlar, nizomlar va oʻsha paytda oilaning butun tashkiliy-huquqiy tizimi sustlashib qoldi.
Ushbu tizim omotokata (oilaviy birlikni nazorat qiluvchi tashkilot) nomini oldi va 1710-yil yanvarda ish boshladi. Bu tashkiliy tuzilma, oilalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlarni va barcha moliyaviy faoliyat ustidan nazoratni oʻz ichiga olgan juda katta tushuncha edi. Omotokata Mitsui oilasining eng yuqori tashkiliy yutugʻi deb aytish mumkin. Mitsui oilasining asosiy faoliyati Kiotoga koʻchganligi sababli, oʻsha shahar Omotokata markaziga aylandi. Omotokata va har bir oila a’zolari oʻrtasidagi munosabatlarni, zamonaviy qilib aytganda xolding kompaniyasi va uning shoʻba korxonasi oʻrtasidagi munosabatlar sifatida koʻrib chiqish mumkin. Har bir korxona moliyaviy jihatdan mustaqil boʻlib, unga ajratilgan kapitaldan oʻz xohishiga koʻra foydalangan va berilgan kapitalning 12% ni qaytargan. Qaytarish har olti oyda bir marta amalga oshirilgan. Har bir oila boshligʻi omotokata oldida oʻz oilaviy korxonasining ishlari uchun shaxsan javobgar boʻlgan. Etigoya Xachirbeyni familiyasini meros qilib olgan oila boshligʻi (soryoke) Kioto, Edo va Osakadagi asosiy ishlab chiqarish doʻkonlarini boshqargan va ularning ishi uchun mas'ul boʻlgan. XVIII asr boshlariga kelib, Mitsui urugʻi 9 ta oiladan iborat edi, bular urugʻ asoschisining avlodlari boʻlib ular qadimgi oila hisoblanar edi. Ularning beshtasi yaqin qarindosh oila(bunke) va uchtasi uzoq qarindosh asrab olingan bolalar oilasi(renke)edi, keyinchalik 1740-yil iyuliga kelib, ya’na ikkita asrab olingan oila(renke) ham urugʻga qoʻshildi (rehara uyi va Nagaya uyi). Shunday qilib, Mitsu urugʻiga (Mitsui dodzoku) 11 ta oila urugʻning barcha mulkiga birgalikda egalik qilar edi. Oilaviy kompaniyaning yagona tarkibi va boshqaruvi ostida ushbu tuzilma Ikkinchi Jahon urushi tugagandan soʻng, zaibatsu moliyaviy va sanoat guruhlari majburan birlashtirib yuborilgunga qadar saqlanib qolgan.
1722-yil yanvar oyida Mitsui urugʻining Taka xira tomonidan tuzilgan “Munetakening vasiyati” (“Munetake isyo”) oilaviy nizomi paydo boʻldi. Bu 1900-yilgacha boʻlgan ishlarni boshqaradigan ichki nizomlar edi.
Ushbu nizomga binoan barcha mol-mulk birlashmalari 220 dona ekanligi aniqlandi va har bir uyga oʻz ulushi ajratildi. Xachirobemon uyi 62 donani oldi, bu umumiy sonning 28%ni tashkil etadi; Motono suke 30 dona (13,6%); Saburosuke 27 ta (12,3%); Jiroemon 25 dona (11,4%); Xachirojiro 22,5 dona (10,2%); Sohati ham xuddi shu ulushni oldi; Sokuemon 8 dona (3,6%); Kichiroemon 6 dona, (2,7%); Xatisuke 7 dona (3,2%); qolgan 10 ta birlik (4,5%) urugʻning umumiy mulkiga aylandi.
Mitsui uyining qarindoshlari mas'uliyati cheklangan jamiyat a’zolari edi. Agar uning a’zolaridan biri bankrot boʻlgan boʻlsa, boshqalari uning qarzlari uchun qonuniy javobgar emas edi. Bundan tashqari, har bir oilada ikki xil mablagʻ mavjud boʻlgan.Bular biznes va oilaviy xarajatlar uchun ularni aralashtirish qat’iyan taqiqlangan. Bundan tashqari, biron bir uy oʻz ulushini ololmaydi yoki oʻz ulushini shaxsan sotishi yoki xayr-ehson qila olmaydi, shuning uchun Mitsui urugʻi oʻz boyligini saqlab qolish va koʻpaytirishga muvaffaq boʻldi.
Nizomlar nafaqat tadbirkorlik faoliyatini, shuningdek, urugʻ a’zolarining shaxsiy hayotini ham tartibga solishga urungan. XVIII asrda nikoh litsenziyasini Omotokatadan olish kerak edi. “Munetkaning” vasiyatnomasida toʻyni qanday oʻtkazish kerakligi haqida maxsus boʻlim mavjud boʻlgan. Kiyim-kechak va idishlar quda tomoning mahri sifatida qaraldi va u uni tasarruf etish mumkin boʻlgan shaxsiy mulk boʻlgan. Odatda, boy savdogarlarning oilalarida koʻchmas mulk (u turgan uy va yer uchastkasi) ayol tomonidagi xotiniga va qarindoshlariga oʻtkazilgan. Mitsuining koʻchmas mulki Omotokata vakolatiga kirgan va ayol uni erkin tasarruf eta olmagan. Ushbu qoida erkaklar uchun ham qoʻllanilgan.
1705-yilda Takatomi Konfutsiy axloqi ruhida yozilgan ayollar uchun maxsus koʻrsatmalar yaratdi (“ Fujin kun “), bu yerda ota-onaga hurmat va erga shubhasiz itoat etish ta'kidlangan. Umuman olganda, Mitsui uyidagi ayollarga nisbatan turli xil munosabat mavjud boʻlgan. Ulardan biri, 1744-yilda yozilgan, ayollarning kamtarligi haqida, teatrga borganda yoki yozgi oqshomning salqinligidan bahramand boʻlishda, teatri artistlari yoki koʻzi ojiz qoʻshiqchilar bilan muloqotda ehtiyot boʻlish kerakligi va shuningdek mebel sotuvchilari bilan ishlashda ham ehtiyotkor boʻlishi kerak boʻlgan. Ayollarga Ise ibodatxonalariga tashrif buyurish, Osakani oʻrganish va otalariga yoki erlariga, yoki bolalari va nabiralari bilan issiq buloqlarga sayohat qilishga ruxsat berildi.
XVIII asrda Mitsui uyi faoliyatida koʻplab yangiliklarni aytish mumkin. Bularga iqtisodiyot kitoblari (ie arityou) kiradi. Qizigʻi shundaki, yapon savdogarlari Yaponiyadan tashqaridagi savdogarlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqadan uzilgan boʻlishiga qaramay, Mitsui uyida va boshqa yapon savdogarlar uylarida biznes yuritish uslubi Yevropa savdogarlari bilan bir xil boʻlgan. Ular har qanday vaqtda deposit va kredit oʻrtasidagi toʻliq balansni olish imkoniyatini yaratgan ikki tomonlama buxgalteriya texnikasini oʻzlashtirdilar. Va agar balans 0 ga teng boʻlmasa, darhol xato topilgan boʻlishi, bartaraf etilishi kerak boʻlgan.
Mitsui urugʻidagi hisob-kitoblar ikki turga boʻlingan: birinchisi, olti oylik qisqa muddatli kreditlar boʻyicha bitimlar va shartnomalarni hisobga olgan, ikkinchisi esa har bir 3 yilga tuzilgan yirik bitimlar. Faoliyatning barcha sohalari uchun nazorat va hisobga olish tizimi juda qattiq rejima ishgan. Hudi hozirgi kundagi kompyuter texnologiyalari bilan jixozlangan har qanday zamonaviy kompaniya hisobotlarni tayyorlashdagi puxtaligiga oʻxshash havas qiladigan darajada boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |