I BOB. XRISTIAN DINI Frensis Ksavyening faoliyati ……….……………………………………......4
Xristianlikning ichki siyosiy kurashdagi roli ……………………………….7
1.3 Xristianlarni ta’qib qilishning boshlanishi …..…….………………………10
II BOB. GOLLAND VA INGLIZLARNING YAPONIYAGA KELISHI 2.1. Shimabar qo‘zg‘aloni ………………………………………………………..12
2.2. Ulyam Adams – Yaponiyadagi birinchi ingliz………………………………15
2. Yaponiyada YOPIQ ESHIKLAR SIYOSATI 3.1. Yaponiyada yopiq siyosatning rivojlanishi ………………………….……….23
3.2. Tashqi savdoga yopiq siyosatning ta’siri ……………………………………..25
IV BOB. GOLLANDIYANING YAPONIYADAGI SAVDOSI 4.1. Gollandiyaliklarning Yaponiyadagi dastlabki taassurotlari ………………….27
4.2. Xirado orolidagi Gollandiyalik savdo punkti.………………………………..30
I BOB. XRISTIAN DINI 1.1 Frensis Ksavyening faoliyati 1542-yilda portugaliyaliklarning Yaponiyada bo‘lishganliklarini missioner Frensis Ksavye ham tasdiqlaydi. Aynan Ksavye Yaponiyaga tashrif buyurgan birinchi nasroniy missioner hisoblanadi. U Yaponiyada Portugaliyaning mavqeini mustahkamlashda muhim rol o‘ynagan, shuning uchun uning hayoti haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Malakka ayrim ishlari sababli borib qolgan Ksavye, qotillik qilganligi sababli vatanini tark etishga majbur bo‘lgan samuray Anjero (Yadziro yoki Anzirodan bo‘lgan) ismli yapon bilan uchrashib qoladi. Iezuvit yaponlarni nasroniylikni qabul qilishga va “butparast” Andziro ismini nasroniy Pavlusga o‘zgartirishga ishontirdi. Shu bilan birga, Ksavye nasroniylik ta’limotini targ‘ib qilish maqsadida Yaponiyaga sayohat qilishga qaror qildi. U niyatini 1549-yilda amalga oshirdi.
Yaponiyaga boradigan kema bo‘lmaganligi sababli, Ksavye qaroqchilik bilan shug‘ullanadigan bir Nesedaning xizmatidan foydalanadi. Bu odam taniqli bo‘lgan va missionerlarni qullikka sotilishdan yoki boshqa muammolardan qutqarish uchun Malakka hokimi qaroqchining xotinini garovga olgan. Ushbu chora o'z natijasini ko‘rsatdi va 1549-yil 15-avgustda Ksavye uchta sherigi bilan - Torres, Fernandez va yangi dinni qabul qilgan Pol bilan Kagosimaga yetib oldi.
Dastlab Ksavye Satsuma viloyatida missionerlik faoliyatini olib bordi. U yerda taxminan 150 kishini nasroniylikni qabul qilishga erishdi. Biroq, 1550-yilning yozida taqdir unga qattiq zarba berdi. Satsumaning yirik feodal boshqaruvchisi nasroniylikni qabul qilishni davlat jinoyati deb e’lon qildi. Bunga sabab, u o‘z hududidan Yevropadan tovarlarni kirib kelishini xohlagan edi, ammo Ksavye qanchalik xohlamasin buni amalga oshira olmas edi. Bu qonundan so‘ng Ksavye va uning sheriklari Xidzen provinsiyasiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldilar va Xirado shahrida joylashdilar. U yerda bir muncha muvaffaqiyatga erishgandan so‘ng, ular boshqa hudularga sayohat qilishga qaror qildilar. Shimonoseki, Yamaguchi, Sakai, shuningdek Yaponiyaning o‘sha paytdagi poytaxti Kiotoga ham tashrif buyurdilar va Ksavye o‘z maktublarida bu haqda batafsil ma’lumotlar qoldirgan.
Ksavye Xitoy aholisini xristian diniga o‘tkazishni o‘ylay boshladi. Uning fikricha, agar nasroniylik butun Xitoy bo‘ylab tarqalsa, Xitoydan ko‘p narsalarni olishga odatlangan yaponlar ham xristian diniga o‘tishiga ishongan edi. Ushbu rejani amalga oshirish uchun u oldin Malakkaga qaytishga va u yerda yangi ekspeditsiyani tashkil qilishni boshlashga qaror qildi.
Kiotoda oz vaqt bo‘lgandan so‘ng portugaliyaliklar Yamaguchida ko‘rishishdi va Yaponiyadan ketishdan oldin Ksavyening xatlaridan birida shunday deb yozadi:
“Ikki oy ichida biz Yamaguchida 500 kishini cho‘qintirdik. Yangi dinga kirganlar juda g‘ayratli bo‘lib chiqishdi, ular bizga turli xil usulda hurmat ko‘rsatmoqdalar, chunki Xudo ularga Yevangeliya bilan tanishtirishni va ajdodlarining ajdodlaridan mahrum qilishni juda kech buyurgani yaxshi emas deb hisoblaydilar. Ushbu qarash nasroniylikning tarqalishiga eng katta to‘siqdir.”1 Torres, Fernandes va Andziro-Pavelni Yamaguchida qoldirib, Ksavyer 1551-yil 20-noyabrda Yaponiyani tark etdi. U mamlakat bo‘ylab sayohatlarida unga hamroh bo‘lgan ikkita yapon xizmatkorini olib ketadi. Ksavyer Xitoyga rejalashtirilgan sayohatga tayyorlana boshladi, ammo uni tugatishga ulgurmadi, 1552-yil 2-dekabrda u vafot etdi. U bilan birga bo‘lgan yaponlar Yevropaga yuborilishadi. Ulardan biri Goada vafot etgan, ikkinchisi Lissabonga yetib boradi, keyin Rimga tashrif buyuradi, so‘ng Portugaliyaga qaytib kelib, Iso Jamiyatiga qo‘shiladi va umrini oxirigacha monastirda yashaydi. Bu, ehtimol, Yevropaga kelgan birinchi yapon edi.