Bog'liq Ii bob. Golland va inglizlarning yaponiyaga kelishi
1.2 Xristianlikning ichki siyosiy kurashdagi roli. 1553-yilga kelib Yaponiyada nasroniylarning soni bir necha mingga yetgan edi. 1580-yilda Ksavye (Rim tomonidan avliyolar qatorigan kiritilgan) Kagoshimaga kelganidan keyin 30 yil o‘tgach, ularning soni, missionerlarning fikriga ko‘ra 150 ming kishiga yetgandi. Xristianlikning muvaffaqiyati yaqqol ko‘rinib turgandi. Mamlakatda 200 ta cherkov barpo qilindi. Funai shahrida missionerlar bolalar mehribonlik uyi va moxov kasalligiga chalingan uchun maxsus boshpana, 20 ta ibodatxona va turli xil fanlardan ilm beradigan dargohga asos solishgan.
Yaponiyaga mutlaqo begona dinning bunday tez tarqalishining sababi yetarli darajada edi. Asosan bu mamlakatdagi vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlarining mavjudligidir. XVI asr Yaponiya tarixidagi eng notinch davrlardan biri hisoblanadi. O‘zaro urushlar va daxshatli dehqonlar qo‘zg‘olonlari, feodal qo‘zg‘olonlari va diniy qo‘zg‘olonlar Yaponiyani og‘ir ahvolga solib qo‘ygandi. Ammo, bunday notinch holatga qaramay shaharlarning sezilarli darajada o‘sishi, ichki va ayniqsa tashqi savdoning jadal kengayishi kuzatildi.
XVI asr amalda mustaqil knyazliklarga bo‘lingan mamlakatni, yagona, markazlashgan davlatga birlashtirish davri edi. Shunisi aniqki, ushbu notinch va ziddiyatli davrda Yaponiya jamiyatidagi turli xil qarama-qarshi kuchlar o‘z maqsadlari uchun “janubiy varvarlar”2 ning kuchli qurollaridan ham va ularning diniy ta’limotidan foydalanishga harakat qilishgan. Yaponiyadagi janubiy daymyo nasroniy yevropaliklar bilan eng faol aloqada bo‘lgan janubiy mafkuraviy asosga aylandi. Qisman buddist cherkovlarining iqtisodiy qudratiga qarshi kurash vositasi bo‘lgandi.
Chet elliklarning o‘zlari mavjud vaziyatdan foyda ko‘rish uchun barcha yo‘llarni qidirishdi. Yaponiyadagi faoliyatini boshidanoq missionerlar birinchi navbatda daymyo va eng oliy zodagon oila vakillarini xristian diniga o‘tkazishga harakat qilishdi. Ushbu maqsadga erishish uchun iezuitlar faqat oyatlardan ko‘proq foydalanganlar. Ularning asosiy dalili, birinchi navbatda, qurol bilan bog‘liq bo‘lgan savdo bitimlari edi. O‘zaro urush olib botayotgan feodallar, ayniqsa, bunga muhtoj edilar.
Missinerlar savdo vakillar sifatida juda ko‘p muvaffaqiyatlarga erishishgan. Yevropaliklar bilan qulay savdo sharoitlariga erishish maqsadida Omura ismli Nagasaki hukmdori nafaqat xristianlikni qabul qildi, balki barcha sig‘inuvchilarni yangi e’tiqodga o‘tkazish to‘g‘risida farmon chiqardi. Omuraga hasad qilgan Arima viloyatidan bo‘lgan knyaz yanada keskin qarorga bordi, ya’ni u o‘z ismidan voz kechdi va o‘zini knyaz Endryu deb atashni buyurdi.
Missionerlarning faoliyati mamlakat janubidagi savdoni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan feodallarga asoslangan edi. To‘satdan, u birinchi “Yaponiyani birlashtiruvchi”si Oda Nobunagadan yordam oldi.
Dastlab Nobunaga nasroniylikka befarq edi. “Shundoq ham 30 tadan ortiq sekta mavjud mamlakatda, yana bir dinni paydo bo‘lishi muhim holat emas”3, - deb ta’kidlagan edi.
“Janubiy varvarlar” diniga nisbatan bunday munosabat dastlab odatiy holat edi. Yaponlar katoliklik va turli buddaviy mazhablar o‘rtasida katta farqni ko‘rmadilar. Xristian missonerlariga monastir va cherkov qurish huquqini bergan hujjat saqlanib qolgan. Xristianlikni qabul qilgan feodallar o‘zlarining ma’naviy ustozlari ta’siri ostida, barcha buddaviy ruhoniylarga mol-mulklarini tark etishni buyurgan farmonlarni chiqarishni boshlaganlaridan keyingina, xristianlik haqidagi birinchi taassurotlar o‘zgara boshladi. Shu vaqtning o‘zida Yaponiyaning birlashtiruvchisining ulkan rejalari, o‘zlarining imtiyozlaridan ajralishni istamagan Buddist monastirlarining kuchli qarshiligiga duch keldi.
Nobunaga bu chaqiriqni qabul qildi. 1571-yilda u Kyoto yaqinidagi Xiey tog‘ida joylashgan Enryakuji monastiriga bostirib kirdi va uni barcha yashovchilari bilan birga yoqib yubordi. Nufuzli buddist ruhoniylari bilan kurashga kirishgan Nobunaga ittifoqchilarga muhtoj edi. Shuning uchun u missionerlarga yaxshi muomala qildi va xristianlikni qabul qildi, ulardan buddist ruhoniylariga qarshi foydalanishga umid qildi. Xristian bo‘lgan Bungo provinsiyasining knyazi 300 ga yaqin buddist ibodatxonalarini vayron qildi. “Bu shahzodaning otashin g‘ayrati, - deb yozgan edi bir iezuit pater, - uning nasroniylik e’tiqodi va sevgisining kuchliligini yaqqol isbotlaydi.”4 1582-yilda Oda Nobunaga o‘ldirildi. Uning qo‘mondonlaridan biri Toyotomi Xideyoshi hokimiyatga keldi. U barcha feodal daymyo knyazlarini yagona hukmdorga bo‘ysundirishga qaratilgan siyosatni davom ettirdi.
Dastlab Hideyoshi nasroniy missionerlariga yaxshi munosabatda bo‘lgan va ularga hech qanday to‘sqinlik qilmagan. 1583-yilda Valinya ismli iezuitning tashabbusi bilan Kyusyu orolidan nufuzli daymyo oilalaridan chiqqan to‘rtta zodagon yoshlardan iborat guruh Papa Gregori XIII ga Yaponiya elchixonasi vakillari sifatida yuborildi. Rimga qilingan sayohat 1585-yil davom etdi. Elchilar Yevropa qirg‘oqlariga yetib kelishdi. Ularni Ispaniya va Portugaliya qiroli Filipp II qabul qildi va katolik mamlakatlariga sayohat qilishni davom etishdi. Bu safar ular katta sharaf bilan qabul qilinishdi. Ammo o‘sha paytda Yaponiyada xristianlarning boshlari ustida qora bulutlar yig‘ila boshlagan edi.