Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

7-§. Umumiy mulk huquqi
Qadimgi Rim quldorlik jamiyatida umumiy mulk ham mavjud
bo‘lgan. Rim huquqshunoslari umumiy mulk huquqi bir obyektga
yoki bir ashyoga tegishli bo‘lishi mumkin emas degan dastlabki
tushunchalarga ega bo‘lganlar. Lekin Rim davlati iqtisodiy-ijtimoiy
munosabatlarining rivojlanishi va takomillashishi natijasida hamda
shartnoma amaliyotidan kelib chiqqan holda, ayniqsa shirkat
birlashmalarining va boshqa korporatsiyalarning shartnomali
munosabatlari, umumiy asosda bir necha shaxslarga taalluqli
bo‘lgan merosning bo‘linmaslik tartiblari, har bir shaxsning
umumiy mulkdagi hissalarini aniqlash, mulkning kimga taalluqli
ekanligini e’tirof etish munosabatlari umumiy mulk huquqi
institutining vujudga kelishini taqozo etgan.
Qadimgi Rim huquqshunoslaridan Kvint Mutsiy Ssevola bir
mulkning, ashyoning bir necha shaxslarga taalluqli bo‘lishini tan
olib, har birining ideal hissalarga ega ekanligini isbotlab bergan.
Huquqshunos Selzaning o‘g‘li Selz fikricha, ikkala shaxsning yoki
bir necha shaxslarning bir mulkka nisbatan umumiy mulk huquqi
bo‘lishi mumkin emas. Hech qanday shaxs bir predmetning
ma’lum qismiga mulkdor bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, ammo shu
ashyoga, mulkka har bir shaxsning ideal asosda hissasi bo‘lishi
yoki bo‘linmaydigan mulkka nisbatan mulk huquqi bo‘lishi mumkin
deb hisoblagan.
Umumiy mulk huquqi deb, rim fuqarolik huquqida bir
ashyoning bir nechta subyektga taalluqli ekanligiga tushunilgan.
Umumiy mulkning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lgan,
jumladan ular:
1. Foydalanish maqsadiga munosib bo‘lishini o‘zgartirmaydigan
holda taqsimlanishi yoki qonun bo‘yicha taqsimlanishi mumkin
bo‘lmagan, ikki yoki undan ortiq shaxslarning mulk huquqiga
o‘tgan mol-mulk birgalikdagi umumiy mulk deb atalgan.
2. Mulk huquqi egalaridan har birining, ularga tegishli bo‘lgan
umumiy mol-mulkdagi ulushlari aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lsa,
bunday mol-mulk ulushli (hissalarga bo‘linadigan) bo‘linadigan
umumiy mulk huquqi deb atalgan.


110
Umumiy mulk huquqi barcha qatnashchilar yoki subyektlar
bilan birgalikdagi kelishuv asosida boshqarilgan. Har bir shaxsning
umumiy mulkka qo‘shgan hissalari har xil bo‘lgan. Shu bois
qo‘shgan hissalariga ko‘ra olinadigan foydalarni taqsimlaganlar va
zararlar kelib chiqsa, har bir shaxsning qo‘shgan hissasiga qarab
mutanosib asosda zararni qoplaganlar. Umumiy mulk ikki qismga,
ya’ni  ulushlarga bo‘linadigan va ulushlarga bo‘linmaydigan
mulklardan iborat bo‘lgan.
Umumiy mulk huquqi muayyan mol-mulkka nisbatan bir
nechta subyektlarning mavjudligi hamda tegishliligi bilan ifodalangan.
Bu mulkning subyektlari bir necha shaxslardan iborat bo‘lar ekan,
ular boshqa sheriklari ya’ni, subyektlarning roziligini olmasdan
biror-bir harakatni amalga oshira olmas edi. Lekin har bir subyekt
umumiy mulkdagi ulushidan kelib chiqib, o‘z ulushini qaytarib
olish yoki boshqa shaxslarga o‘tkazish, mulkni bo‘lish kabi
munosabatlarni amalga oshirishni talab qilish huquqiga ega edilar.
Umumiy mulk huquqining qatnashchilari umumiy mulkdan har
biri o‘zining qo‘shgan ulushiga ko‘ra ularga egalik qilar hamda
foydalanish huquqiga ega bo‘lganlar.
Rim quldorlik davlatining sinfiy davriga kelib, umumiy mulk
huquqi subyektlari umumiy mulk asosidagi mavjud bo‘lgan
munosabatlarni qo‘shgan hissalari asosida boshqaruvni amalga
oshirar hamda unga o‘zgartirishlar kiritishi lozim bo‘lsa boshqa
sheriklarining roziligini olgan holda tartibga solinardi. Bu holda
ozchilik ko‘pchilikka buysunardi. Bu haqda mashhur huquqshunos
Sabin shunday degan edi: «Umumiy mulk huquqiga oid mulk,
ashyo bo‘yicha tomonlarning roziligisiz hech qanday munosa-
batlarni amalga oshirish mumkin emas. Chunki bu mulkiy huquq-
ning boshqa subyektlari o‘z roziligini bermasalar, ular taqiqlash
prinsiðini amalga oshirish huquqiga egadirlar».

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish