Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

9-§. Mulk huquqini himoya qilish
Qadimgi Rim quldorlik davlatida mulk huquqini himoya qilish
o‘zining kelib chiqish manbalariga qarab, ya’ni odat huquqlari,
sivil va pretorlar huquqlari, ularning yo‘nalishi va turlariga
asoslanib, himoya qilish usullari har xil bo‘lgan. Mulk huquqini
himoya qilish usullari sinfiy davrda, dominat davrlarida, Yustinian
qonunlariga asosan o‘zgarib, har bir davrning qonun-qoidalariga
moslashtirilib borilgan. Mulk huquqini himoya qilishning eng asosiy
usuli vindikatsion da’vo asosida himoya qilish hisoblangan.
Vindikatsion da’vo, eng avvalo, protsessual huquq normalari
bo‘lib  rei vindicatio («vim dicere» — kuch ishlataman, ya’ni
kuchimni ishlatish to‘g‘risida e’lon qilaman) degan qadimgi tarixiy
ma’nolarni anglatgan. Rim huquqining yanada takomillashib borishi
natijasida protsessual normalar  bilan birgalikda moddiy-huquq
normalari ham rivojlanib, o‘zgarib, oxir-oqibat moddiy-huquqiy
normalardan tashkil topgan, vindikatsion da’voga aylangan va bu
eng asosiy da’vo turlariga kiritilgan.
Vindikatsion da’vo deganda, mulk egasining roziligisiz boshqa
shaxslar tomonidan noqonuniy asosda mulkni, ashyoni egallab
olish tushunilgan.
Bu da’voning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat
bo‘lgan:
— da’vo qilish mulk huquqining subyektidan — kim tomonidan
egallangan bo‘lsa, ushlab turuvchi yoki egalik qiluvchi shaxslarga,
hatto ularning insofli yoki insofsiz egallovchilar bo‘lishidan qat’i
nazar ashyoni, mulkni egallagan shaxsga da’vo qaratilardi;


114
— da’vo ashyoviy xarakterga ega bo‘lib, mulkni egallagan
shaxsga yoki egallab olaman degan maqsadni, erkni izhor etgan
shaxsga qaratilgan;
— da’vogar tomonidan da’vo predmeti, uning obyekti, ko‘ch-
mas va ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan yoki mumkin bo‘lmasligini
aniq ifodalab, da’vo arizasida ko‘rsatishi lozimligi;
— rim davlati sinfiy davrning oxirlaridan boshlab mulkni
«ushlab turuvchi» dan ham talab qilib olishning boshlanganligi;
— javobgarning da’vo arizasini qanoatlantirishi hamda ko‘chi-
rish to‘g‘risida interdiktning qo‘llanilishi, agar da’vo ko‘char va
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, pretor buyrug‘i asosida
ashyoni topshirish yoki ashyoni, mulkni  olib qo‘yish, hamda
obyektni olib ketish munosabatlari;
— da’vogarning protsessni yutib chiqqandan keyin, da’vo
qilgan paytidan boshlab, bo‘lgan mulk yoki ashyolarni shu
paytning o‘zidayoq o‘ziga o‘tkazib olishi;
— insofsiz egallovchidan mulkdan olingan hosil va daro-
madlarini ham qaytarib olish to‘g‘risida talab qilinishi;
— javobgarga nisbatan da’voni yutqizib qo‘ygandan so‘ng
uning ijrosini kechiktirayotganligi uchun jarima qo‘llash huquq-
larining mavjudligi;
— mulk huquqi egasining mulkni egallash elementi yoki
mulkning to‘liq qonunsiz egallovchiga o‘tib ketganligi natijasida
undan foydalana olmaslik, tasarruf eta olmaslik munosabatlarining
chegaralanishi;
— rim davlatining sud protsessida, ya’ni formulalarga asoslan-
gan protsessda hamda pretor da’volariga asosan, javobgarni ashyoni
qaytarib bermasdan, uning o‘rniga ma’lum bir ekvivalent yoki
pul summasi bilan to‘lashning ham e’tiborga olinishi va bundan
da’vogarning qasamyod qilishi natijasida ashyoning qiymati
baholanishi.
Vindikatsion da’voda mulkni noqonuniy egallab olgan shaxs
insofli egallovchi bo‘lsa, uning javobgarligi biroz yumshatilgan
holda amalga oshirilgan. Unda faqat da’vo talablari joriy etilgan
kundan boshlab, insofli egallovchi o‘z qo‘lida bo‘lgan mulki uchun


115
javobgar bo‘lgan.Insofli egallovchi o‘zi tomonidan hazm qilingan
mulklar, ashyolar bo‘yicha javob bermagan. Ammo hosil va
daromadlari saqlanib qolgan bo‘lsa, (masalan, omborxonada ikki
yashik olma saqlanib qolgan bo‘lsa, uni insofli egallovchi qaytarishi
lozim bo‘lgan) o‘zini mulk huquqining egasi sifatida ko‘rib,
keltiriladigan zarar va oqibatni o‘ylab qaytarib berishi lozim bo‘lgan.
Insofli egallovchi tomonidan egallangan mulkni yaxshilash
uchun xarajatlar qilingan bo‘lsa, bu xarajatlarni mulk egasi
qaytarib berishi hamda agar qilingan xarajatlarni ashyoning yoki
mulkning tayinlanishini, mohiyatini buzmasdan, qo‘shilgan
ashyoni olib ketish mumkin bo‘lsa, uni alohida ajratib olib ketishga
ruxsat berilgan.
Noqonuniy asosda egallangan mulkni noinsof (insofsiz) shaxs
bu mulkning kimga taalluqliligini bilib, o‘zining manfaatini
ko‘zlab, balki arzon narxda sotib olib, mulkdan, ashyodan foydala-
nadi. Unga da’vo qaratilgan paytda, da’vo predmetida insofsiz
egallovchi tomondan mulk egallangan kundan boshlab, da’vo
talablari joriy etilgan kunga qadar bo‘lgan mulkning o‘zini, hosil,
daromadlarini to‘liq asosda to‘lattirib olish huquqini amalga
oshirish, hamda javobgar tomonidan mulkni yaxshilash uchun
qilingan sarf-xarajatlarni ham qaytarib bermaslik munosabatlarini
amalga oshiradi. Undan tashqari, agar ashyoni saqlash natijasida
undan maqsadga muvofiq foydalanmagan bo‘lsa, undan keladigan
yoki olinishi mumkin bo‘lgan daromadlarni yoki mulkka yet-
kazilgan zararlarni ham to‘liq qoplashi lozim bo‘lgan. O‘g‘rilarga
esa hech qanday sarf xarajatlar berilmagan, ulardan aksincha,
barcha olingan hosil va daromadlar, hamda mulkdan ehtiyotlilik,
tejamlilik asosida foydalanishi lozim bo‘lgan ashyolarni, mulkni
qaytarish talab qilingan.
Rim davlatida mulk huquqini himoya qilishda vindikatsion
da’vodan tashqari negator,  progibator va publikanlar da’vo turlari
ham mavjud bo‘lgan.
Negator da’vo (actio negatoria) deb, mulk huquqining sub-
yekti o‘z mulkidan foydalanishni o‘z istagi, xohishi va hukmronligi
bo‘yicha foydalana olish imkoniyatidan mahrum bo‘lish yoki uning


116
chegaralanishiga aytiladi. Mulkdor o‘z huquqining elementlaridan
biri, ya’ni foydalanish elementini to‘liq amalga oshira olmaydi.
Shuningdek, negator da’vo — bu mulkdorning egalik qilishdan
mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan huquqbuzarliklardan himoya
qilish munosabatlari bo‘lib, ushbu da’vo mulk huquqining ega-
sidan, qonunsiz ravishda boshqa shaxs tomonidan mulkdorga
tegishli bo‘lgan o‘z mulkidan maqsadga muvofiq foydalanishini
chegaralab qo‘yilishi deb atalgan. Bunday holatda mulkdor bu
chegaralashni bartaraf etish uchun qonunsiz harakat qilib turgan
shaxsga da’vo talablarini joriy etgan. Bu yerda mulkdor o‘z mulkiga
bo‘lgan va mulk huquqining mazmunini tashkil etadigan beshta
elementni ham saqlab qoladi, ammo foydalanish elementini
chegaralaganligi uchun beshinchi element mulk huquqini himoya
qilish elementiga asosan, chegaralangan huquqini qo‘llab uni
dastlabki buzilmagan holatiga keltiradi.
Mulk huquqining egasi foydalanish huquqining chegaralan-
ganligi natijasida keltirilgan zararlarni chegaralagan shaxsdan
qaytarib, to‘lattirib oladi va kelajakda yana foydalanish elementining
chegaralanishiga yo‘l qo‘ymasligini talab qiladi.
Progibator da’vo negator da’vo bilan birgalikda vujudga kelib,
«taqiqlash» degan ma’noni ko‘zlab, o‘z mulkining mustaqilligini
ta’minlashda, o‘zining «taqiqlash», «ruxsat bermaslik», «man
etish» huquqlarini, faqat o‘zi tomonidan amalga oshirishini talab
qiladigan, boshqa shaxslarning bunga aralashishiga yo‘l qo‘ymas-
ligidan iborat bo‘lgan huquqiy munosabatlardir.
Publikanlar da’vosi deganda, bu da’vo miloddan avvalgi I
asrda vujudga kelgan bo‘lib, mulk va ashyoning egasi bo‘lmagan
shaxsdan insofli asosda mulkning boshqa shaxs tomonidan
egallanilishiga tushunilgan. Bu da’vo ba’zan pretor da’volar deb
ham atalgan. Uning asl maqsadi — «huquq haqida»gi da’vodan
iborat. Ular bonitorlar mulkini himoya qilishga qaratilgan da’volar
bo‘lib tanilgan va bu da’vo nihoyatda kam qo‘llanilib, o‘z mohiyatini
asta-sekin yo‘qotib borgan.


117

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish