Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

5-§. Garov huquqi
Boshqalarning mulkiga bo‘lgan huquqning turlaridan biri
garov huquqidir. Garov huquqi qadimgi rim huquqida eng ko‘p
qo‘llaniladigan, turli xil shartnomalar bo‘yicha vujudga keladigan
majburiyatlarning bajarilishini ta’minlovchi usullardan biri hisob-
langan. Garov bilan tartibga solinadigan munosabatlar asosan
ko‘chmas mulklarga va ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan mulklarga,
hamda ba’zi hollarda obyektga nisbatan mulkiy huquqlar yoki
talablardan iborat bo‘lgan. Ko‘chmas mulklar bilan bog‘liq bo‘lgan
garov huquqiga iðoteka deb atalgan. Shuningdek, har qanday
huquqlar ham garov predmeti bo‘lib hisoblanmagan. Garovning
predmeti bo‘lishi  uchun albatta shartnomada yoki qonunlarda
ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim bo‘lgan.
Qadimgi Rim huquqshunoslari mulk huquqining subyekti
bo‘lmagan, lekin ushbu mulkka nisbatan qandaydir ashyoviy
huquqqa ega bo‘lgan shaxs, mulk huquqi egasining  roziligini
olmasdan, mulkni garovga qo‘yishini qat’iy man qilganlar. Hatto
mulk egasining roziligisiz, garovga qo‘yilgan obyekt boshqa
shaxslarning mulkiga taalluqli bo‘lsa, bu haqda tuzilgan bitim
haqiqiy hisoblanmagan.
Rim huquqining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri mulk huqu-
qining egasi tomonidan majburiyatni bajarishni ta’minlash nuqtai
nazaridan garovga qo‘yilgan mulk, mulk egaligi boshqa shaxsga
o‘tgan holatda ham, garov huquqining predmeti sifatida qolaveradi.
Ana shu xususiyati garovga qo‘yilgan ashyoni, mulkni mutloq
huquqiy himoyaga ega ekanligini bildiradi.


125
Rim quldorlik davlatida garovning dastlabki usuli bitimlar
hisoblangan. Qarzdor mansiðatsiya orqali o‘z qarzini to‘lash uchun
boshqa shaxsga mulk huquqi egaligiga ma’lum talablarni qo‘ygan
holda, ya’ni majburiyatning bajarilishini ta’minlagandan so‘ng
garovga qo‘yilgan mulk qarzdorga qaytarilishi lozim degan asosda
bitimlarni tuzgan. Bu qo‘yilgan talab qadimgi Rim davlatida faqat
ma’naviy xarakterga ega bo‘lib, ya’ni mulkni qaytarib berish
ishonchini sinab ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan. Keyinchalik esa
majburiyat bajarilgandan so‘ng qarzdor kreditorga garov narsani
qaytarish to‘g‘risida da’vo talablarini joriy etadigan huquqlar kelib
chiqdi.
Bitimlardan tashqari garovning usuli sifatida pignus («qo‘l bilan
garov narsasini qo‘yish» yoki «qo‘lda ushlab turish») degan tu-
shuncha vujudga kelib, bunda garov predmeti garovga oluvchiga
faqat egallash, foydalanish va foydali xususiyatlaridan bahramand
bo‘lish uchun topshiriladi, lekin mulk huquqi o‘z egaligida qoldi-
riladi hamda majburiyatning bajarilishi bilan darrov mulk o‘z egasiga
tezda qaytariladi.
Rim davlatining sinfiy davriga kelib garovning usuli sifatida
iðoteka vujudga keldi. Ipoteka usuli Greklar va Yegiðet davlatlarining
huquqi ta’sirida rivojlanib, takomillashib, garov predmeti garovga
qo‘yuvchi shaxsda qoldirilib, unga agar majburiyat bajarilmagan
taqdirda, garov narsasini talab qilib olib, uni sotish va garov
bilan ta’minlanishi lozim bo‘lgan summani kreditor olishi lozim
bo‘lgan.
Ipoteka usuli ko‘chmas mulkka nisbatan qo‘llanilgan. Rim
huquqi iðoteka (ko‘chirilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar) deb
belgilangan garov mulki to‘g‘risida imperativ normalarni qo‘lla-
gan, ya’ni iðoteka hech qachon garovga oluvchiga topshirilmaydi
degan qoidani mustahkamlagan. Lekin ularni asrash, qo‘riqlash
va ta’minlashni qanday usullar asosida amalga oshirish uchun
ma’lum shartnomalar tuzilgan va bu shartnomalarda ma’lum
qoidalar belgilangan.
Ko‘chmas mulklarni iðoteka qilish, ularni ta’minlash va ijaraga
berilgan qismlari joylashgan yer uchastkasini iðoteka qilish bir
vaqtning o‘zida bir asosiy shartnoma bo‘yicha amalga oshirilgan.


126
Ayniqsa, yer uchastkasini iðotekaga qo‘yish chog‘ida garov
huquqi, agar shartnomada boshqacha shart nazarda tutilmagan
bo‘lsa, garovga qo‘yuvchining ushbu uchastkada bo‘lgan yoki
qurilayotgan binolari va inshootlariga joriy qilinmaydi. Shartnomada
bunday shart qo‘yilmagan bo‘lsa, undiruv garovga qo‘yilgan yer
uchastkasiga qaratilgan taqdirda garovga qo‘yuvchi yer uchastka-
sidan, uning bino yoki inshootdan o‘z o‘rnida foydalanish uchun
zarur bo‘lgan qismidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut)
huquqini saqlab qoladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan usullardan tashqari qonunning o‘zida
ham garov huquqlari ko‘rsatilib boshqa usullarga qaraganda, u
ustunroq, afzalroq, imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan.
Mutloq monarxiya davrida imperator tomonidan reskriðt qabul
qilinib, unda uchta ishonchli guvohning qatnashishi natijasida
tuzilgan yozma ravishdagi iðoteka boshqa usullarda tuzilgan garov
bilan ta’minlash huquqlaridan ustun turgan. Bu iðoteka qonunlari
asosida qabul qilingan munosabat bo‘lib hisoblangan.
Garov quyidagi hollarda bekor qilingan:
— garovga qo‘yilgan ashyo yoki predmet nobud bo‘lganida;
— garovga qo‘yilgan huquqning bekor bo‘lishi natijasida;
— garovga qo‘yilgan mulkning mulk huquqini egallovchi shaxs
bilan qo‘shilishi (bir shaxsga taalluqli bo‘lishi) natijasida;
— garov bilan ta’minlangan majburiyatning bajarilishi
natijasida.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish