Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

2-§. Majburiyatlarning turlari
Rim huquqshunoslari majburiyat huquqiy munosabatlarining
kelib chiqish asoslariga hamda ahamiyatiga ko‘ra, ularni quyidagi
turlarga bo‘lganlar:
— XII jadval qonunlarida va boshqa qonunlar tomonidan e’tirof
etilgan fuqarolik majburiyatlariga (sivil majburiyatlari);
— pretorlar tomonidan himoya qilinadigan majburiyatlarga
(pretorlar majburiyatlari);
— natural majburiyatlarga.


130
Rim fuqarolik huquqida majburiyatlarni o‘z vaqtida  va lozim
darajada bajarmaslik salbiy oqibatlarni keltirib chiqarib, uni majburiy
asosda bajarishga hamda keltirilgan zararlarni da’vo asosida undirib
olishga qaratilgan. Lekin da’vo himoyasi bilan ta’minlanmagan
munosabatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ham ular hech qanday
samara bermaydi yoki huquqiy tomondan himoya qilinmaydi degan
ma’noni keltirib chiqarmasligi lozim bo‘lgan.
Majburiyat bo‘yicha to‘langan ashyolar yoki mulklarni
qaytarib olish biroz murakkablikni keltirib chiqargan. Xuddi shun-
day huquqiy himoya bilan ta’minlanmagan majburiyatlar, hamda
majburiyat asosida to‘langan ashyolarni qaytarib olishi mumkin
bo‘lmagan majburiyatlarga natural majburiyatlar deb tushunilgan.
Natural majburiyatlar ko‘pchilik holatlarda ota humronligi instituti
va unga bo‘ysunuvchi qullar, farzandlar tomonidan, oila boshli-
g‘ining roziligisiz tuzilgan bitimlarga aytilgan. Chunki ota butun
oilasi tarkibi va ota hukmronligi ostida bo‘lgan qullar uchun ham
javobgar bo‘lgan, hamda oila nomidan ota shartnomalarni tuzgan
va mulkiy javobgarliklarni o‘tagan.
Natural majburiyatlar, asli grek faylasuflari tomonidan butun
olamda bo‘lgan voqeliklarni ikki qismga, ya’ni tabiat tomonidan
berilgan tabiiy huquqlarga hamda insonlar, davlat tomonidan
qonunlar asosida beriladigan hukmronlikka, hokimiyatga bo‘lganlar.
Yustinian Digestlarida ko‘rsatilishicha, natural majburiyatlar adolat
tamoyillariga asoslangan va u bilan doimo bog‘liq bo‘lgan.
Natural majburiyatlardan tashqari sivil (fuqarolik) majbu-
riyatlari hamda pretorlar majburiyatlari ham harakatda bo‘lgan.
Sivil majburiyatlariga doimo natural majburiyatlarni qarama -
qarshi qo‘yish rim huquqining o‘ziga xos xususiyatidir. Rim
huquqshunoslari pretorlarning huquqiy holatini belgilaganda,
ularning «faqat da’vo qilish vakolatlari bor» degan tushunchani
ilgari surganlar. Ammo pretorlar pretorlik majburiyatlarini
pretorlarning kelishuvlari yoki paktlari deb tushunmasligi va
pretorlar majburiyatlarining keng ma’noga ega ekanligini tasdiqlab
berganlar.
Majburiyat huquqiy munosabatlari bo‘linadigan va bo‘linmay-
digan, alternativ va fakultativ majburiyatlardan ham iborat bo‘lgan.


131
Bo‘linishi mumkin bo‘lgan majburiyatlarga ashyoning mohiyati,
mazmuni, qiymati buzilmasdan, zarar yetkazilmasdan bo‘linadi-
gan tovarlar, ashyolar, ekvivalentlar, valutalar va qimmatbaho
qog‘ozlar va shunga o‘xshash moddiy qiymatliklarni o‘zida saqlab
qoluvchi narsalardir, deb hisoblaganlar. Masalan, 5 ming sestersiy
pulni to‘lash, bu majburiyatni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinligi
bo‘linadigan majburiyatlarga kiritilsa, servitut huquqi esa asosan
qat’iy belgilangan joydan hayvonlarni haydab o‘tish, bu bo‘lin-
maydigan majburiyat bo‘lib hisoblangan. Alternativ va fakultativ
majburiyatlar bir-biriga o‘xshasa-da, lekin rim fuqarolik huquqida
tuzilgan shartnomaning bajarilishini shartnomada ko‘rsatilgan
asosda ya’ni, qat’iy belgilangan tovarni, ashyoni yetkazib berish-
ning o‘rniga boshqa ekvivalentni yetkazib berishga ham yo‘l qo‘yilgan.
Bu yerda majburiyat predmeti bitta, ammo qarzdorga imtiyozlar
berilib, asosiy yetkazib beriladigan ashyo o‘rniga boshqa ashyoni
berishning o‘zi o‘sha shartnomani bajarganlik  hisoblanib,  bu
fakultativ majburiyat deb atalgan.
Alternativ majburiyatlar fakultativ majburiyatdan biroz
bo‘lsa-da farq qilgan. Bu majburiyat shartnomada ko‘rsatilgan bir
necha  harakatning birortasini bajarish deb tushunilgan. Masalan,
ukalarim Olim va Haydar shu xizmatni qilib beradi. Demak,
ularning qaysi biri tomonidan majburiyat bajarilsa, u majburiyat
lozim darajada bajarilgan deb hisoblangan. Xullas, xizmat kim
tomonidan bajarilgan bo‘lsa ham, majburiyat bajarildi deb
tushunilgan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish