Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

1-§. Majburiyat tushunchasi
Rim huquqida majburiyat huquqi instituti markaziy institut
sifatida eng ko‘p tuziladigan shartnomalarni tartibga solishi bilan
asosiy o‘rinlardan birini egallagan. Rim huquqida quldorlik davla-
tining  ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi bosqichida, ayniqsa
fuqarolik huquqiy munosabatlarning yanada takomillashib borishi
natijasida majburiyat tushunchasining to‘liq ma’nosi vujudga keldi.
Rim huquqshunoslari tomonidan ishlab chiqilgan institut-
siyalar va digestlarda «majburiyat» deganda, kreditor va qarzdor
o‘rtasidagi  huquqiy aloqalar tushunilib, unga asosan bir shaxs
qarzdor ikkinchi shaxs kreditor foydasiga muayyan harakatlarni
qilish, biror bir ekvivalentni berish yoki undan foydalanish imko-
niyatini yaratib berishga aytilgan. Dastlab XII jadval qonunlarida
ta’kidlangan «huquqiy aloqalar» tushunchasi keyinchalik «jismoniy
aloqalar» iborasi bilan ham boyitilgan. Rim huquqshunoslari
majburiyat tushunchasini aniqlashda, majburiyat bu shaxslar
o‘rtasidagi huquqiy aloqalardan iboratdir, deb tan olib, unga asosan
davlatimiz qonunlariga binoan, biror-bir harakatlarni bajarishimiz
majburiydir, degan tushunchadan ham kelib chiqqanlar.
O‘zining huquqiy merosi va asarlari bilan jahonda mashhur
bo‘lgan huquqshunos Pavel majburiyatning mohiyatini quyidagicha


128
ta’riflaydi: majburiyatning mohiyati biror-bir ashyoni (predmetni)
jismoniy narsaga yoki servitutlarga aylantirish bilan bog‘liq emas,
balki shu munosabat asosida boshqa shaxsni huquqiy asosda bog‘lab
uni bizga biror-bir narsani (predmetni) berishi yoki harakat
qilishi, taqdim etishi va imkoniyat yaratib berishiga tushunilgan.
Bu ifodani quyidagicha ta’riflash mumkin bo‘lgan: ya’ni, birinchi
harakati  biror-bir narsani «berish» deganda, mulkni, ashyoni
yoki majburiyatda ko‘rsatilgan predmetni (obyektni) majburiyat
subyektiga o‘tkazishiga tushunilgan va bu qoida majburiy hisoblangan.
Ikkinchi harakati «qilish» deb tushunilib, bu so‘zning ma’nosi
«ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, ekvivalentni olib kelib  berish
yoki pullarni to‘lash» kabi munosabatlarni qamrab olgan. Uchinchi
harakati «imkoniyat yaratib berish» yoki «taqdim etish» ifodasi
bo‘lib, majburiyatda qatnashuvchi shaxsning muayyan harakatni
sodir etishdan to‘xtab turish yoki moddiy baza bilan ta’minlash
kabi harakatlarni amalga oshirish yoki amalga oshirish uchun biror
ashyoni taqdim etishdir.
Albatta, bu tushunchalar Rim davlatining ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi bilan doimiy ravishda o‘zgarib, mazmunan to‘ldirilib,
takomillashib borgan. Keyinchalik esa, Rim huquqshunoslari
majburiyat huquqiy munosabatlari bir tomondan «talab  qilish
huquqiga» ega bo‘lgan shaxsning harakati, ikkinchi tomondan esa
uni «bajarish» majburiyati  yotganligini e’tirof etganlar va shunga
qarab majburiyat munosabatlarida qatnashuvchi va uni amalga
oshiruvchi shaxslarni «qarzdor» va «kreditor» deb ataganlar. Ular
majburiyat tushunchasini har tomonlama talqin qilib, shu muno-
sabatda qatnashuvchi subyektlarning bir-biri bilan bog‘liqligini hatto
avval «ozod, mustaqil» bo‘lib yurgan shaxsning majburiyatga
kirishganidan keyin, uning bo‘yniga zanjir bog‘langanligini bildirib,
endi uning «ozod va mustaqil holatda yurishiga yo‘l qo‘yilmaydi»
degan ifodani yoki tushunchani ham ishlatganlar.
«Talab qilish huquqi» bu qat’iy shaxsiy xarakterga ega bo‘lib,
ko‘pincha ishonchga asoslangan harakatlarni o‘z ichiga olgan,
chunki «kredo» so‘zining o‘zi ham «ishonaman» degan ma’noni
anglatgan. Rim huquqshunoslari majburiyat tushunchasini ifodalar
ekan, ular «qayerda kreditor va qarzdor bo‘lmasa, hech qanday
majburiyatning bo‘lishi mumkin emas» degan xulosaga kelganlar.


129
Qadimgi rim huquqi majburiyatni doimo kreditor va qarzdor
bilan bog‘lab, ular o‘rtasidagi mavjud huquqiy munosabatlarni
ashyoviy va shaxsiy da’volar asosida o‘rganganlar. Bu bo‘linishlar,
ya’ni ashyoga bo‘lgan huquq va talab qilish huquqi doimo ashyoviy
huquqiy  hamda majburiyat huquqiy normalari bilan tartibga
solinib, ashyoviy da’volarga hamda shaxsiy da’volarga bo‘lingan.
Ashyoviy da’volar deganda, mutloq munosabatlar e’tiborga olinib,
ularni mulk huquqining subyektiga taalluqli bo‘lgan ashyoning
yoki servitutning boshqa shaxslarga o‘tib ketganligini talab qilib
olish uchun berilgan da’vo deb tushunilgan. Bu da’voning predmeti
ashyoviy huquqlardan, obyektlardan iborat bo‘lgan.
Shaxsiy da’volar nisbiy munosabatlar bo‘lib, mulk huquqi-
ning egasi tomonidan tuzilgan shartnomaga muvofiq, ikkinchi
tomondan majburiyatni bajarish uchun muayyan harakatni amalga
oshirishni yoki biror bir ekvivalentni berishni (o‘tkazishni) talab
qiladigan munosabatlarga tushunilgan va bu da’vo faqat qarzdorga
qo‘llanilgan.
Mashhur huquqshunos Pavel majburiyatlarni tahlil qilishi
natijasida, u majburiyatning mazmunini to‘liq asosda yoritib
berishga muvaffaq bo‘lgan. Majburiyat tushunchasining mazmunini
aniqlashda qarzdor tomonidan «bermoq», «qilmoq», «taqdim
etmoq» kabi harakatlarning amalga oshirilishi majburiy bo‘lgan.
Mana shu uch tushuncha yoki elementlar majburiyat tushuncha-
sining mazmunini ochib bergan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish