Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev


-§. Majburiyatlarning vujudga kelishida



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

5-§. Majburiyatlarning vujudga kelishida
yuridik faktlar
Majburiyat huquqiy munosabatlarining vujudga kelish asoslari-
dan muhim bir qismini yuridik faktlar  tashkil etadi. Yuridik faktlar
— hayotiy holatlar asosida vujudga kelib, u huquqiy munosabat-
larni vujudga keltiradigan, o‘zgartiradigan va bekor qiladigan
ijtimoiy munosabatlardan iborat bo‘lib, qonunlar tomonidan
tartibga solinadigan va davlat organlari tomonidan himoya qilinadigan
munosabatlardir. Fuqarolik huquqiy munosabatlarini vujudga
keltiruvchi asos sifatida yuridik faktlar yuridik hodisa va yuridik
harakatlardan iborat bo‘lgan.
Rim huquqshunoslari yuridik faktni fuqarolik huquqiy muno-
sabat-lari hamda huquqiy normalarni bir-biri bilan bog‘laydigan
munosabat deb tan olganlar. Ular yuridik faktlarsiz hech qanday
huquqiy norma kelib chiqmasligi hamda barcha yuridik faktlar
fuqarolik huquqiy munosabatlarini keltirib chiqarmasligini to‘g‘ri
tushunib yetganlar.
Rim huquqshunoslari yuridik faktlarning huquqiy normalarni
vujudga keltirishini, hamda ularni o‘zgartira olish layoqatiga va bekor
qila olish munosabatlariga  ega ekanligini e’tirof etgan holda—bu
munosabatlar fuqarolik huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruv-
chi asos deb tushunganlar.
Fuqarolik huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish uchun
bitta yuridik faktning namoyon bo‘lishi yetarli, ya’ni oldi-sotdi
shartnomasini tuzish uchun o‘zaro uning predmeti, bahosi va
boshqa asosiy shartlari bo‘yicha tomonlarning o‘zaro kelishuvi
(konsensus)ning amalga oshirilishi kifoya. Demak, sotib oluvchi
va sotuvchi  o‘rtasida tuzilgan shartnomaning o‘zi yuridik fakt bo‘lib
hisoblanadi. Lekin Rim huquqshunoslari ba’zi hollarda fuqarolik
huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish uchun bir nechta yuridik


136
faktlar yoki murakkab bo‘lgan bir nechta harakatlarning namoyon
bo‘lishining taqozo etilishini isbotlab  berganlar va o‘zlari ham
shunga amal qilganlar. Uy-joyni ijaraga olish yoki mahalliy
hokimiyatdan uy-joyga bo‘lgan orderni olish uning bilan uy-joyda
yashaydigan shaxslar o‘rtasida uy-joydan foydalanish majburiyatini
va murakkab bo‘lgan yuridik tizim yoki yuridik faktni vujudga
keltiradigan holatni paydo qiladi. Albatta, bu murakkab bo‘lgan
holat.
Yuqorida qayd etilganidek, Rim huquqshunoslari fuqarolik
huquqida yuridik faktlarning vujudga kelishini e’tiborga olib, ularni
hodisalar va harakatlarga bo‘lib o‘rganganlar.
Hodisalar — insonning ongi, erki va irodasi bilan bog‘liq
bo‘lmaydigan holatlar (masalan, tabiat hodisalari: yong‘in, yer
qimirlashi; insonning tug‘ilishi, o‘limi va shunga o‘xshash holatlar).
Lekin Rim huquqshunoslari hodisalar faqat inson bilan bog‘liq
bo‘lmagan holatda vujudga keladi deb tushunmasdan, balki uning
onggi, erki orqali ham vujudga kelishini isbotlab berganlar.
Qadimgi Rim quldorlik davlatida fuqarolik huquqiy munosabat-
larni vujudga keltiruvchi asoslardan yana biri—bu harakatdir.
Harakatning o‘zi qonuniy va  noqonuniy harakatlarga bo‘lingan.
Rim huquqshunoslari harakatlarni  erk asosida vujudga keladigan
munosabat deb, uni doimo huquqiy munosabatda qatnashuvchi
subyektlar erki, irodasi va manfaati bilan bog‘liq holda ko‘rganlar.
Noqonuniy harakatlar — bu huquqbuzarliklar hisoblanib,
huquqqa xilof bo‘lgan, qonunga yoki boshqa normativ hujjatlarga
qarama-qarshi amalga oshiriladigan munosabatlardir. Shuning
uchun rim fuqarolik huquqi bunday harakatlarni qonunga zid,
adolat tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydigan munosabatlar deb, bu
harakatlar natijasida keltiriladigan zararlarni miloddan avvalgi I—IV
asrlarda to‘liq rim fuqarolik huquqi normalari asosida, keyinchalik
esa hatto jinoiy javobgarlikka tortish orqali buzilgan huquqlarni
dastlabki holatga keltirish uchun harakatlarni amalga oshirgan va
buzilgan huquqlarni tiklaganlar.
Qonuniy harakatlar deganda, qonun yoki boshqa normativ
hujjatlar asosidagi ixtiyoriylik, ya’ni huquq yo‘l qo‘ygan harakat-
larni amalga oshirish tushunilgan.


137

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish