7-kazus.
Ma’lumki, huquqiy munosabat obyekti – bu huquqiy munosabat
subyektlarining huquq va majburiyatlari qaratilgan narsalar, ya’ni huquqiy
munosabatlar nimaga qaratilgan bo‘lsa, shu narsalar uning obyektini tashkil etadi.
Huquqiy munosabatning obyektiga quyidagilar kiradi: moddiy qadriyatlar,
nomoddiy qadriyatlar, ma’naviy ijod mahsullari, huquqiy munosabatlar
ishtirokchilarining faoliyati natijalari, qimmatbaho qog‘ozlar va hujjatlar.
Salimjonov Karim ismli kinorejissyor o‘zi yozgan “Chamanbog‘” nomli
badiiy filmni suratga olishni tamomladi. Mazkur film hali kinoekranlarga
chiqmasdan turib, turli viloyat va shaharlarda videodisklari tarqalib ketdi.
Ushbu holatga huquqiy baho bering. Huquqiy munosabatlarning tarkibiy
qismi sifatida huquqiy munosabatning mazmunini tahlil qiling va fikrlaringizni
amaliy misollar yordamida asoslang.
1
Biz yuqorida berilgan kazusga javob berishdan oldin huquqiy munosabat
tushunchasiga ta'rif berishimiz kerak.
Huquqiy munosabat tushunchasiga ta'rif beradigan bo'lsak, bu o'zaro
subyektiv huquq va majburiyatlar bilan bog'liq shaxslar (ya'ni, jismoniy va yuridik
shaxslar) o'rtasidagi huquq normalari va muayyan yuridik faktlar asosidagi
aloqadir.
1
Shunday qilib, huquqiy munosabatlar qonun bilan tartibga solingan
munosabatlar tushuniladi.
Endi e'tiborimizni kazusga qaratadigan bo'lsak, undan quyidagilarni ajratib
olishimiz kerak:
1.
Huquqiy munosabatning tarkibiy qismi amaliy misollar bilan;
2.
Salimjonov Karim ismli kinorejissyorning badiiy filmi hali teleekranga
chiqmasdan turib, vidiodisklarda tarqalib ketishi huquqqa xilofmi.
Biz bu kazusga javob berishda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlardan
foydlanamiz:
⦁
Fuqarolik Kodeksi;
⦁
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonun;
Huquqiy munosabatlarning tarkibi: obyekt, subyekt, subyektiv huquq va yuridik
majburiyat.
Huquqiy munosabat sybyekti - subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega
bo'lgan ishtirokchilar hisoblanadi. Ishtirokchilar ikkiga bo'linadi: jismoniy shaxs
va yuridik shaxs. Shuningdek, hozirgi texnologiyalar rivojlanayotgan davrda
2
1
Odilqoriyev X. Davlat va huquq nazariyasi. Darsklik. - T.:Adolat, 2018.
sun'iy intellektlar(robot)ni ham huquqiy munosabatlar subyekti sifatida e'tirof
etishmoqda. Biz bu fikrga qo'shilmaymiz. Birinchi sabab - ularni subyekt sifatida
qabul qilish robotlarning ishlab chiqaruvchilari va foydalanuvchilaridan barcha
mas'uliyatni olib tashlaydi va bu shabhasiz taaluqli shaxlarning foydasiga.
Ikkinchi sabab esa, robotlar insonlar kabi ong, shaxsiy fikr, his-hayajon va
tuyg'uga ega emas. Shu sabablarga ko'ra, robotlar ishlab chiqaruvchi korxona
yoki foydalanuvchining shaxsiy mulki hisblanishi kerak deb o'ylamiz.
Jismoniy shaxs - huquq va muomala layoqatiga ega bo'lgan, muayyan
davlat fuqarosi, chet el fuqarosi, ikka fuqarollika ega bo'lgan shaxs yoki
fuqaroligi bo'lmagan shaxs tushuniladi.
Yuridik shaxs - fuqarolik huquq va majburiyatlarining subʼyektlari hisoblanuvchi
davlat, davlat organlari, korxona, muassasa, tashkilotlar. OʻzR fuqarolik
qonunchiligiga koʻra, Yuridik shaxs oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ
boshqaruvida alohida molmulkka ega boʻlgan hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan
ushbu molmulk bilan javob beradigan, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy
huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni
bajara oladigan, sudda daʼvogar va javobgar boʻla oladigan tashkilotdir. Yuridik
shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega boʻlishlari kerak. Davlatmning o'zi ham
birinchi yuridik shaxs hisoblanadi.
Huquqiy munosabatlar obyekti - huquqiy munosabatda ishtirok etayotgan
subʼyektlarning diqqat-eʼtibori, manfaati, xatti-harakati qaratilgan tayin neʼmat,
narsa, jarayonlar.
2
Demak, subyektiv huquq va yuridik majburiyat qaratilgan,
bizni o'rab turgan olam hodisalari (obyektlari) huquqiy munosbat obyekti
hisoblanadi. Masalan, uy-joy oldi-sotdi munosabitining obyektini uy-joy tashkil
3
2
OʻzME.
Ensiklopediya. - T.: Davlat ilmiy nashriyoti, 2000-2005.
etadi; qasddan odam o'ldirish jinoyatining obyektini insonning hayoti tashkil
etadi.
Subyektiv huquq - bu subyektning sodir etishi mumkin bo`lgan xatti-
harakati turi va o`lchovidir. Subyektiv huquq shaxsning o`z qonuniy
manfaatlarini ro`yobga chiqarish borasidagi mumkin bo`lgan xulq-atvorining
qonunda nazarda tutilgan va davlat tomonidan ta`minlanadigan mezoni.
Subyektiv huquq muayyan subyektga tegishli bo`lgan va faqat uning ixtiyoriga
ko`ra amalga oshiriladi. Demak, jismoniy yoki yuridik shaxsning aniq belgilangan
huquqi.
Subyektiv huquqning mazmunini aks ettiruvchi jihat huquqiy vakolat
hisoblanib, u quyidagi ko`rinishda bo`ladi
3
: o‘z xatti-harakatlarini amalga
oshirish yuzasidan bo‘lgan huquqiy vakolatlar. Bunga misol: mulkdor o‘ziga
tegishli bo‘lgan mulkka nisbatan egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish
huquqlariga ega ekanligidir; o‘z harakatlarini sodir etish huquqi qonunchilik
normalari yoki boshqa shaxslarning subyektiv huquqlari bilan cheklanishi
mumkin;
•
o‘zgalarning xatti-harakatiga bo‘lgan huquqiy vakolat. Bunda subyektiv huquq
javobgar shaxs tomonidan muayyan harakatlar sodir etilgan taqdirdagina amalga
oshadi. Masalan, qarz shartnomasi bo‘yicha pulni qaytarishni talab etish huquqi;
sifatsiz mahsulotni almashtirishni talab qilish huquqi.
•
talab tarzidagi huquqiy vakolat. Bu vakolatli davlat idorasiga murojaat etib,
muayyan majburiyatning bajarilishini talab etish imkoniyatidir. Masalan, sudga
murojaat etib, aliment to‘lanishini talab qilish huquqi.
4
3
Davlat va huquq nazariyasi: Akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun
o‘quv
qo‘llanma/
X.T. Odilqoriyev, -
T.:
O‘zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010.
–
336 b.
Yuridik majburiyat - subyektning sodir etishi lozim bo'lgan xatti-harakati turi va
o'lchovi. Yuridik majburiyat o'z mazmuniga ko'ra muayyan harakatlar sodir
etishdan yoki, sodir etishdan o'zini tiyishdan iborat bo'lishi mumkin.
4
Bu vakolatli
shaxs uchun belgilangan va sub'ektiv qonunni tartibga solish uchun qaratilgan
huquqiy munosabatlar subyektining zarur xatti-harakatidir.
Yuridik majburiyatlarning quyidagi belgilari mavjud
5
:
▪
zarur bo'lgan choralar;
▪
huquq normalari talablariga ko`ra yoki yuridik faktlar asosida
o`rnatiladi;
▪
majburiyat vakolatli tomonning manfaatlarini ko`zlab o`rnatiladi;
▪
majburiyat nafaqat majburiy hol bo`libgina qolmasdan, balki u majburiyat olgan
shaxsning real faktik xulqidir.
Majburiyatga ega shaxsning oldida tanlash imkoniyati bo'lmaydi. Yuridik
majburiyatni bajarmaslik yoki uni to'la bajarmaslik huquqni buzish hisoblanadi
va davlat tomonidan choralar ko'rishni taqozo etadi.
Subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar bir-biri bilan chambarchas
bog`liqdir. Huquq majburiyatsiz mavjud bo`lmaydi va aksincha, biron-bir
huquqqa mos kelmaydigan majburiyat bo`lmaydi. Subyektiv huquqning amalga
oshishi vakolatli huquq egasi bo`lgan shaxsning ixtiyori, istagi va irodasi bilan
belgilanadi va u har doim erkinlik bilan uzviy bog`liq. Mabodo, subyektiv huquq
jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan buzilsa, huquqiy vakolat egasida buzilgan
huquqini muhofaza etilishini talab qilib, murojaat etish imkoniyati paydo bo‘ladi.
5
4
Saydullayyev Sh.A. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. - T.: TDYU. 2021. - 186 b.
5
R. Yusuvalieva, M. Axmedshaeva, M. Najimov va boshqalar. Mas'ul muharrir R. Yusuvalieva. Davlat va huquq
nazariyasi. Darslik . - T.: JIDU, 2019.-308 b.
Aksincha, yuridik majburiyat bajarilmasa, uning oqibatida yuridik javobgarlik
kelib chiqadi. Mazkur vaziyatda davlatning huquqni qo`riqlash faoliyati namoyon
bo`ladi, ya’ni davlat majburlov chorasini qo`llaydi.
Endi e'tiborimizni kazusda berilgan huquqiy vaziyatga qaratadigan bo'lsak,
Salimjonov Karim ismli kinorejissyor o‘zi yozgan “Chamanbog‘” nomli badiiy
filmni suratga olishni tamomladi. Mazkur film hali kinoekranlarga chiqmasdan
turib, turli viloyat va shaharlarda videodisklari tarqalib ketdi.
Salimjonov Karim ismli kinorejissyor o‘zi yozgan “Chamanbog‘” nomli
badiiy filmi Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonunning 5-
modda 2-qismiga ko'ra, mualliflik huquqi quyidagi biron-bir obyektiv shaklda
bo‘lgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq
etiladi: tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, video- yoki
fotokadr va hokazo). Shu asosga ko'ra Salimjonov Karimda mualliflik huquqi bor.
Mazkur film hali teleekranlarda chiqmasdan turib, disklarda tarqalib ketishi
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonunning 62-
moddasi(mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish)ga muvofiq: mualliflik
va turdosh huquqlar obyektlarining takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik
huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda amalga oshiriladigan nusxalari
kontrafakt nusxalardir. Shu asoslarga ko'ra Salimjonov Karimning mualliflik
huquqi buzilgan.
Bu vaziyatga ko'ra, huquqiy munosabat subyekti - Salimjonov Karim ismli
kinorejissyor; Mualliflik huquqiy munosabati obyekti - "Chamanbog" nomli
badiiy film; Subyetiv huquq esa, Salimjonov Karimning keyingi xatti-harakati
bo'ladi. Masalan, sudga murojaat qilishi, yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni
qoplab berishni talab qilish huquqi; yuridik majburiyati - disklarni qonunga xilof
ravishda sotgan shaxsga nisbatan sud tomonidan chiqarilgan hukmda namoyon
bo'ladi. Masalan; huquqbuzar keltirilgan zararni qoplab berishi shartligi, agar
qoplab bermasa davlat majburlov chorasini ko'radi.
6
Xulosa qilib aytganda, Ijtimoiy munosabatlar barcha shaxslar o'rtasidagi
ongli munosbatlarning mahsulidir. Huquqiy munosabatlar esa ijtimoiy
munosabatlarning huquq bilan tartibga solingan turi hisoblanadi. Huquqiy
munosabatlar ham huquq singari u buzilgan taqdirda, davlatning majburlov
kuchiga tayanishi kekak. Hozirgi kunda huquqiy munosabatlarning turli xil
ko'rinishlari paydo bo'lmoqda. Ulami qonunchiliklarga moslashtirib boorish
lozim. Chunki, huquqiy munosabatlar fuqarolar, Jamoat birlashmalari, davlat
idoralari va boshqa yuridik shaxslar o'rtasidagi turli-tuman aloqalarni tartibga
solish orqali jamiyatda qonuniylikni mustahkamlashga, qonun ustivorligini qaror
toptirishga, shuningdek, inson, Jamiyat va davlat manfaatlarini huquqiy jihatdan
uyg'unlashtirishga samarali xizmat qiladi.
7
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1.
Saydullaev SH. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. –Toshkent: TDYUU,
2021. – 220 b.;
2.
Davlat va huquq nazariyasi. Darslik / R. Yusuvalieva, M. Axmedshaeva, M.
Najimov va boshqalar. Mas'ul muharrir R. Yusuvalieva. - T.: JIDU, 2019.-
308 b.;
3.
Davlat va huquq nazariyasi: Akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun
o‘quv qo‘llanma/ X.T. Odilqoriyev, -T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti, 2010. – 336 b.;
4.
Odilqoriyev X. Davlat va huquq nazariyasi. Darsklik. - T.:Adolat, 2018.
Foydalanilgan normativ-huquqiy hujjatlar:
5.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi;
6.
O’zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi
qonun;
Foydalanilgan internet saytlari:
7.
lex.uz
8.
wikipedia.uz
9.
advice.uz
8
Do'stlaringiz bilan baham: |