Uzufrukt asosida qo‘shnilarning mulkidan foydalanayotgan
davr mobaynida, qo‘shnining mulki o‘z daxlsizligini va xo‘jalik
maqsadini, mulkdan maqsadga muvofiq foydalanishini to‘liq
dastlabki holatidagidek saqlab qolishi lozim edi. Uzufrukt asosida
foydalanuvchi shaxs o‘ziga majburiyatlar olib, foydalanilayotgan
mulkka bo‘lgan munosabati, unga qarab turish, ashyoning doimiy
foyda berib turishini ta’minlab berish, o‘z mulkiga bo‘lgan muno-
sabatidek, bu mulkka ham xuddi shunday qarash, tejamkorlik,
zarar yetkazilishidan himoya qilish va mulk egasi qaytib kelganida,
bu mulkdan foydalanish uchun mulkning, ashyoning o‘zi yaroqli
va tayyor holda bo‘lishi lozim bo‘lgan. Uzufruktdan tashqari «usus»
asosida yoki usulida foydalanish ham mavjud bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |