Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev


-§. Servitutlar va ularning turlari



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

2-§. Servitutlar va ularning turlari
Servitutlar (jura praediorum) deganda, dastlabki paytlarda
faqat yer bilan bog‘liq bo‘lgan servitutlar e’tiborga olingan.
Keyinchalik Rim shahrining gurkirab rivojlanishi natijasida shahar
servitutlari, qurilgan uy-joy va hovlilarga bo‘lgan servitut vujudga
kelgan.
Yer servitutlari asosan qo‘shnilar bilan bog‘liq munosabat-
lardan, ya’ni ikki hovli o‘rtasidagi devordan bevosita ikkala subyekt-
ning ham o‘zaro kelishuv asosida foydalanishidan kelib chiqqan.
Qo‘shnilar bu munosabatlarni amalga oshirish uchun shartnoma
tuzib, o‘zlarining manfaatini ko‘zlagan holda foydalanganlar.
Servitutlarni amalga oshirayotgan paytda XII jadval qonunlarida
ko‘rsatilganidek, hovlining devorini qurayotgan vaqtda qo‘shnining
uchastkasidan 1 fut (30 sm.) uzoqroqdan, uy-joy qurilayotgan
bo‘lsa 2 fut (60 sm.) uzoqroqdan fundament tashlashga katta
e’tibor qaratganlar. Ayniqsa, qo‘shnining hovlisiga o‘tib ketgan
daraxtning shox-novdalari 6 futdan oshgan bo‘lsa (1 metr 80
sm.) uni kesish lozim bo‘lgan. Agar mulk huquqining egasi bunday
harakatlarni amalga oshirmasa, qo‘shni uni butunlay kesib tashlash
huquqiga ega bo‘lgan.
 Servitutlar umuman yer servitutlariga va shaxsiy servitutlarga
bo‘lingan. Yer servitutlarining o‘zi ham qishloq va shahar servitut-
lariga bo‘lingan. Bu servitutlar guruhiga yo‘ldan, suvdan foyda-
lanish servitutlari kiritilgan.
Qishloq servitutlari quyidagi to‘rt qismga bo‘lingan:
1) iter — yayov (piyoda), ot-ulovda yoki nosilkalarga solib
o‘tkazish;
2) actus — hayvonlarni haydab o‘tish;
3) via — aravalarda hosil, xashak va boshqa ashyolarni tashib
o‘tish;


120
4) aquae ductus—suvlarni o‘tkazish kabilar.
Bulardan shahar servitutlari ancha farq qilgan va shaharning
o‘ziga mos bo‘lishidan kelib chiqqan, ya’ni:
— uyning oldiga yoki darvozasi ustuniga soyabon qilish va
yopish;
— qo‘shnining devoriga yog‘ochlarni qo‘yish, qo‘shnining
hududidan foydalanish;
— qo‘shnining o‘rta devoridan yoki tayanch ustunlaridan
foydalanish, yomg‘ir suvlarining qo‘shni hovli orqali o‘tishi,
qo‘shnining hovlisidagi jarayonlarni ko‘rib o‘tirish uchun deraza
qurmaslik va shunga o‘xshash kabilar.
Bu servitutlardan foydalanish qo‘shnilarning o‘zaro kelishuvi
yoki tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirilgan.
Rim huquqida servitut boshqalarning mulk huquqidan
foydalanish imkoniyatini yaratuvchi, hamda vujudga keltiruvchi,
ta’minlab beruvchi va mulk egasi bo‘lmagan shaxsga xizmat qiluvchi,
uning manfaatini amalga oshiruvchi huquq bo‘lib, u qonun  yoki
tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida vujudga keladi.
Qadimgi servitutlar asosan quyidagi to‘rt qismga bo‘lingan:
1) boshqa shaxslarning  yer uchastkasidan katta yo‘lga chiqish
uchun kesib o‘tish huquqi;
2) sug‘orish yoki o‘tloqlarga mollarni haydab o‘tish huquqi;
3) aravalarga yuk ortish asosida, boshqalarning hovlisidan
o‘tish huquqi;
4) yer uchastkalarini sug‘orish uchun ariqni qazib, qo‘shni
uchastkasidan suvni o‘tkazish kabi huquqlari mavjud bo‘lgan.
Servitutlar legal qonunlar yoki normalar deb atalgan. Ular
odatiy normalar asosida, interdiktlar yoki da’vo talablarini joriy
etish asosida himoya qilingan.
Yuqorida ko‘rsatilgan da’volardan tashqari, pretorlar tomo-
nidan qo‘llaniladigan ediktlarda ko‘rsatilganidek, yer servitutlari,
ya’ni suv, yo‘l hamda shaxsiy servitutlar bilan bog‘liq huquqlarni
qo‘riqlashni egallash interdiktlariga o‘xshash holda pretorning qabul
qilgan maxsus interdiktlari orqali ham amalga oshirilgan.
Shaxsiy (predial) servitutlar deb, umr bo‘yi boshqalarning
mulkidan foydalanishga tushunilgan. Shaxsiy servitutlar uch qismga
bo‘lingan:


121
1) uzufrukt; 2) uzus; 3) xabitatsio.
Uzufrukt shaxsiy servitut hisoblanib, keng miqyosda qo‘shni-
larning mulkidan foydalanish bilan birgalikda, uning bergan hosil
va daromadlaridan foydalanishga tushunilgan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish